Karfagen Reja: Kirish


Qadimgi Rim – Italiyada tarixnavislik



Yüklə 30,75 Kb.
səhifə3/8
tarix08.08.2023
ölçüsü30,75 Kb.
#138891
1   2   3   4   5   6   7   8
Karfagen

4. Qadimgi Rim – Italiyada tarixnavislik. Qadimgi Rim – Italiya o`zining ko`p asrlik tarixiga ega. Bu diyorda ko`p tarixchilar yetishib chiqishgan.
Qadimgi Rimning o`tmish tarixi bilan shug`ullangan tarixchilar qatoriga Tit Liviy, Polibiy, Yuliy Sezar, Galikarnas, Dionisiy, Yusuf Flaviy, Korneliy, Tasit, Appian, Dion Kassiy Katton, Varron va boshqalarni kiritish mumkin.
Avgust davrining (44–14) mashhur tarixchilaridan biri Tit Liviy bo`lib, u 142 jilddan iborat «Rimning ta`sis qilingandan keyingi tarixi» nomli asarini yaratgan.
Miloddan avvalgi I asrda yashagan tarixchi Galikarnass Dionisiy «Qadimgi Rim yodgorliklari» – degan tarixiy asar yozgan. I asrning ikkinchi yarmida yashab ijod etgan tarixchilardan biri Kata Pliniy ham ko`p asarlar yozgan. Uni qomuschi olim ham deyishgan.
Ammo uning asarlari bizgacha yetib kelmagan. Milodiy 54–120-yillar orasida yashagan Korneliy Tasit o`zining «Tarix» kitobida 68–69-yillardagi fuqarolar urushi va Flaviylar sulolasi zamoni tarixini bayon etgan.
Uning «Yilnomalar» nomli asarida Avgust o`limi bilan Neron o`limi orasidagi voqealar bayon etilgan.
Milodiy 155–235-yillarda yashagan mashhur Italiya tarixchilaridan biri Dion Kassiydir. «Rim tarixi» deganysarriing muallifi bo`lib, bu tarixiy kitobda tarixchi zamonida bo`lgan tarixiy voqealar atroflicha bayon etilgan. Mashhur Rim imperatori Yuliy Sezar «Gall urushlari yilnomasi» va «Fuqarolar urushi haqida yilnoma» kabi tarixiy asarlarning muallifidir.
Rim tarixchilarining asarlari Rim – Italiya va qo`shni xalqlar tarixini o`rganishda qimmatbaho manba bo`lib xizmat qilib kelmoqda.
5. Qadimgi Rim – Italiya adabiyoti. Qadimgi Rim – Italiya adabiyoti o`zining uzoq tarixiy o`tmishiga ega. Rim – Italiyada yozma adabiyotning vujudga kelishi miloddan avvalgi VI–V asrlarga borib taqaladi. O`sha davr adabiyotining ko`zga ko`ringan vakillari And-ronik, Enney, Plavt, Katull va boshqalar hisoblanadi. Miloddan avvalgi I asr Rim – Italiya adabiyotining «Oltin davri» hisoblanadi. Bu davrda Vergiliy, Gorasiy, Tibull, Ovidiy Nazon kabi mashhur adib va shoirlar ijod etganlar. Sezarning do`sti, o`z zamonining ma`rifatparvar kishisi Mesanat zamonida yashagan, shoir va adiblarga homiylik qilib, ularni qo`llab-quvvatlagan kishi sifatida mashhurdir.
Saltanatni mustahkamlashda san`atning ahamiyatini tushungan Avgust shoirlarni o`z saroyiga jalb etishga intilgan. Bu davrdagi eng mashhur shoirlardan biri Vergiliy bo`lib, u dehqonchilik to`g`risida «Georgiklar» nomli she`riy doston yaratgan. Uning Gomer dostonlari mavzusida yozgan asarlaridan biri «Eneyda» dir. U bu doston ustida o`n yil ishlab, yozib tugatmay vafot etgan. Dostonda Troyadagi fojia va shaharning afsonaviy himoyachilaridan biri Eney va uning otasi haqida hikoya qilinadi.

Yüklə 30,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin