Iv. Glossariy



Yüklə 23,68 Kb.
səhifə2/9
tarix01.12.2022
ölçüsü23,68 Kb.
#71772
1   2   3   4   5   6   7   8   9
glossariy

MAFKURAVIY PROFILAKTIKA- tushunchasi begona, zararli ekstremistik g‘oyalar kirib kelishining oldini olishga qaratilgan tarbiyaviy tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan turli shakldagi g‘oyaviy - mafkuraviy, ma’naviy ishlar majmuini aks ettiradi.
MA`NAVIYAT-insonning butun umri davomida, uning kuchiga kuch qo‘shadigan, idrok va aql-zakovatini kengaytiradigan va mustahkamlaydigan vosita
MENTALITET-aql, tafakkur, fikr yuritish tarzi, fikrlash usuli, kishi ruhiyati tarzi
Milliy ong millatning mavjud bo‘lishi, uning tarixiy taraqqiyoti va istiqboli bilan bog‘liq omil hisoblanadi
XALQARO TERRORIZM tushunchasida turli davlatlar, xalqaro tashkilotlar siyosiy partiyalarni beqarorlashtirish, xalqaro nufuz, obro‘ga ega bo‘lgan arboblarni qotil qilishga yo‘naltirilgan buzg‘unchi siyosiy harakat bo‘lib, hozirgi vaqtda alohida bir davlat yoki mintaqa doirasidan chiqib, xalqaro miqyosdagi uyushgan qo‘poruvchi, jinoyatchi tashkilot darajasiga ko‘tarilgan. (Masalan, «Al-Qoida» xalqaro terroristik tashkilot).
TARBIYA-shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, ma`naviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur bo`lgan xususiyatlarga ega bo`lishini ta`minlash yo`lida ko`riladigan chora-tadbirlar yig`indisi. Tarbiya insonning insonligini ta`minlaydigan eng qadimgi va abadiy qadriyatdir. Tarbiyasiz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham mavjud bo`la olmaydi. Chunki odam va jamiyatning mavjudligini ta`minlaydigan qadriyatlar tarbiya tufayligina bir avloddan boshqasiga o`tadi.
TA`LIM-bilim berish, malaka va ko`nikmalar hosil qilish jarayoni, kishini hayotga va mehnatga tayyorlashning asosiy vositasi. Ta`lim jarayonida ma`lumot olinadi va tarbiya amalga oshiriladi. Ta`lim tor ma`noda o`qitish tuShunchasini anglatadi. Lekin u faqat turli tipdagi o`quv yurtlarida o`qitish jarayonini emas, oila, ishlab chiqarish va boshqa sohalarda ma`lumot berish jarayonini ham bildiradi.
TOLERANTLIK - (lot. CHidamoq, bag‘rikenglik ma’nosida) mamlakatda, jamiyatda ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalish bo‘lib, tinchlik, barqarorlik muhitini yaratish maqsadida boshqa dinlarga bag‘rikenglik bilan do‘stona munosabatda bo‘lishni anglatadi.
FUNDAMENTALIZM- muayyan dinning vujudga kelishdagi ilk davriga qaytish va shu yo‘l bilan zamonaning barcha muammolarini hal qilish mumkin degan fikrni ilgari suradi.

Yüklə 23,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin