Iv. Glossariy



Yüklə 23,68 Kb.
səhifə4/9
tarix01.12.2022
ölçüsü23,68 Kb.
#71772
1   2   3   4   5   6   7   8   9
glossariy

Insondunyo mehvari - Milliy dunyoqarashimizning tayanch nuqtalaridan biri, ma’naviyat nuqtai nazaridan, har bir insonga, imkoniyat (potensiya) darajasida, bu moddiy olamning markazi deb qarash, chunki u Alloh tomonidan "er yuzining xalifasi" qilib yaratilgan va uning qalbi Borliq haqiqatining mazhari (namoyon bo’lish joyi)dir. SHunday ekan, har bir inson, agar astoydil xohlasa, butun olam holatiga sezilarli ta’sir ko’rsatish imkoniga ega.
Inson - ma’naviy kamolot imkoniga ega bo’lgan (yagona) moddiy (biologik) mavjudot. Qur’oni karim oyatlarida ta’kidlanishicha, har bir inson Alloh tomonidan "er yuzining xalifasi" qilib yaratilgan, shunday ekan, butun moddiy olam uning tasarrufida va u dunyodagi barcha mavjudot taqdiri uchun mas’uldir. Insonning irodasi erkin va shu sababli har bir xatti-harakati uchun Alloh oldida javob beradi. Inson o’z ma’naviy kamolot imkoniyatlarini yuzaga chiqara boshlagan sari tom ma’noda SHaxsga aylana boradi.
Iqtisod - inson va jamiyat hayotining uch asosiy sohasidan (yo’nalishidan) biri, har bir insonning atrof-tabiat (moddiy voqelik)ka amaliy munosabati.
Iqtisod fanlari - Ijtimoiy-siyosiy fanlar tarkibiga kiruvchi ushbu ilm tarmog’i bugungi kunda o’zi ko’p tarmoqli mustaqil tizimga aylangan bo’lib, tabiiy va texnika fan tizimlari ham asli ko’p jihatdan keng ma’nodagi iqtisod sohasi ehtiyojlariga xizmat qiladi.
Iqtisod fanlari - Ijtimoiy-siyosiy fanlar tarkibiga kiruvchi ushbu ilm tarmog’i bugungi kunda o’zi ko’p tarmoqli mustaqil tizimga aylangan bo’lib, tabiiy va texnika fan tizimlari ham asli ko’p jihatdan keng ma’nodagi iqtisod sohasi ehtiyojlariga xizmat qiladi.
Iqtisod, siyosat, ma’naviyat uyg’unligi - milliy dunyoqarashimizning tayanch nuqtalaridan biri, inson va jamiyat hayoti ushbu uch sohadan (uch yo’nalishdan) iborat bo’lib, inson va jamiyat kamolotining asosi ularning o’zaro uyg’un rivojida ekanligi.
Jon – biologik mavjudotlar (hayvonlar va insonlar) uchun xos bo’lgan tiriklik va erkin harakatga qobillikni anglatuvchi timsol-tushuncha.

Yüklə 23,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin