Ish hujjatlarini yuritish boʻyicha qoʻllanma



Yüklə 204,47 Kb.
səhifə23/28
tarix12.09.2023
ölçüsü204,47 Kb.
#142727
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
3-илова Иш ҳужжатлари 155 YANGI

3. Jismoniy tarbiya yoʻriqchisining oylik ish rejasi
Oylik ish reja har bir yosh guruh uchun “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturiga amal qilgan holda yillik ish reja asosida tuziladi.
Har bir yosh guruhlari uchun alohida oylik ish reja tuzilib, har hafta uchun alohida sahifalarda aks ettiriladi.
Namuna


-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotining
kichik guruhlarda jismoniy tarbiya mashgʻulotlarining oylik ish rejasi



Oʻtkazish sanasi

Yurish yugurish, saflanish, qayta
saflanish



Umumrivojlantiruvchi mashqlar



Asosiy harakat turlari



Harakatli oʻyinlar

Tinch oʻyinlar, nafasni rostlash
mashqlari

















































Rejadan foydalanib jismoniy tarbiya mashgʻuloti shakllantiriladi: Tashkiliy qism: yurish, yugurish, saflanish, qayta saflanish; Asosiy qism:


umumrivojlantiruvchi mashqlar; mustahkamlash (bolalar egallagan harakat turini mustahkamlash);
yangi harakat turini bajarish (oʻrganish);
harakatli oʻyin (bilim beruvchi harakat turiga va bolalar yoshiga mos ravishda).
Yakuniy qism: tinch oʻyin va nafasni rostlash mashqlari.



    1. Sport musobaqalarini oʻtkazish ish rejasi va sport bayramlari ssenariylari yigʻma jildi:

Sport musobaqalari kamida har chorakda bir marta oʻtkaziladi. Unda, bolalarning harakat turlari boʻyicha egallagan malakalarini mustahkamlash, bolalarni epchillik, chaqqonlik, tezkorlik, egiluvchanlik, chidamlilik, muvozanatni saqlay olish sifatlarini rivojlantirish maqsadi koʻzlanadi.
Sport bayramlarini har yarim yilda bir marta (va undan ortiq) rejalashtirish maqsadga muvofiq. Sport bayramlari milliy va anʼanaviy bayramlar sharafiga oʻtkazilishi ham mumkin.
Namuna
_- sonli maktabgacha taʼlim tashkilotining guruhlarda jismoniy tarbiya yoʻriqchisining sport musobaqalarini tashkil etish ish rejasi



T/r

Oʻtkaziladigan sport musobaqalari va bayramlar nomi

Oʻtish vaqti

Guruhlar

Masʼul














































Oʻquv yili davomida MTTda oʻtkazilgan sport bayramlari va sport musobaqalari ssenariylari yigʻma jildda jamlanadi.




08-04. Bolalar bilan yakka tartibda ishlash rejasi:
Jismoniy tarbiya yoʻriqchisining “Bolalar bilan yakka tartibda ishlash” daftarini toʻldirishda, jismoniy tayyorgarlik, harakat koʻnikmalari, malakalari, jismoniy sifatlarning meʼyoriy koʻrsatkichlari past boʻlgan bolalar bilan oʻtkaziladigan yakka tartibdagi ishlar rejasi kiritiladi.



  1. ustunga tartib raqami kiritiladi.

  2. ustunda tarbiyalanuvchining ismi, familiyasi va sharifi hamda tarbiyalanayotgan guruhi qayd etiladi.

  3. ustunda tarbiyalanuvchining oʻzlashtirilmagan yoki past jismoniy sifatlarning meʼyoriy koʻrsatkichlari, jismoniy tayyorgarlik hamda harakat koʻnikmalari aniq qayd etiladi.

  4. ustunda jismoniy tarbiya yoʻriqchisi yakka tartibda ish olib borishda tashkilotda faoliyat yuritayotgan mutaxassislar bilan hamkorlik ishlarini, amalga oshirish usullari hamda harakatli oʻyinlar nomlari qayd etiladi.

  5. ustunga erishilgan natija yoziladi hamda aniq sana koʻrsatiladi.



Namuna
- sonli Maktabgacha taʼlim tashkiloti jismoniy tarbiya yoʻriqchisining yakka tartibda ishlash rejasi






Yüklə 204,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin