Ish hujjatlarini yuritish boʻyicha qoʻllanma



Yüklə 204,47 Kb.
səhifə1/28
tarix12.09.2023
ölçüsü204,47 Kb.
#142727
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
3-илова Иш ҳужжатлари 155 YANGI


Maktabgacha taʼlim agentligining 2023 — yil avgustdagi
-sonli buyrugʻiga 3-ilova


Davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagog xodimlarining ish hujjatlarini yuritish boʻyicha
QOʻLLANMA


KIRISH


Mazkur qoʻllanma davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda–MTT) pedagoglarining ish hujjatlarini (Keyingi oʻrinlarda– hujjatlarini) toʻgʻri rasmiylashtirish hamda unga ijodiy yondoshgan holda amal qilish tartibini belgilaydi.
Qoʻllanmani tayyorlashdan maqsad, MTTda olib borilayotgan taʼlim-tarbiya va metodik ishlarni zamon talablari asosida tashkil etish, shuningdek hujjatlar yuritilishida taʼlim mazmuni samaradorligini oshirishga qaratilganligini taʼminlashdan iborat.
Qoʻllanma oʻquv yili boshida MTT direktori tomonidan pedagog kadrlariga tanishtiriladi hamda har bir pedagog mazkur qoʻllanmaga amal qilishga va hujjatlarni yuritishga shaxsan masʼul hisoblanadi.
MTTda faoliyat yuritib kelayotgan pedagoglarda oʻquv dasturlar va metodik qoʻllanmalar boʻlishi lozim.
01 – Maktabgacha taʼlim tashkiloti boshqaruv hujjatlari 01-01. Kiruvchi meʼyoriy–huquqiy hujjatlar:

  1. Tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlim boʻlimi tomonidan

yuborilgan hujjatlar (buyruq, xat b.q).

  1. Turli tashkilot va idoralardan kelgan hujjatlar.

Ushbu indeksda tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlim boʻlimi tomonidan yuborilgan buyruq, xat va hujjatlar va turli tashkilot hamda idoralardan kelgan hujjatlar, shuningdek, ularni roʻyxatga olish daftarlari saqlanadi.

Namuna



Yüklə 204,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin