Sifatli va xavfsiz ovqatlanish salomatligimiz garovidir!



Yüklə 67,62 Kb.
tarix24.06.2023
ölçüsü67,62 Kb.
#134942
5-KALIT SO\'Z


SIFATLI VA XAVFSIZ OVQATLANISH SALOMATLIGIMIZ GAROVIDIR!
OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARINING XAVFSIZLIGINI TA’MINLOVCHI 5 TA ASOSIY KALIT
Tozalikka rioya qiling!
-Oziq ovqat maxsulotlarini qo‘lga olish va taom tayyorlashdan avval qo‘lingizni yuving;
-Hojatxonadan chiqqandan so‘ng qo‘lingizni yuving;
-Ovqat tayyorlash jarayonida foydalaniladigan barcha narsalar yuzasi va oshxona anjomlarini yaxshilab yuving va dezinfeksiya qiling;
Oshxona va oziq-ovqat mahsulotlarini hashoratlar, kemiruvchilar va boshqa jonivorlardan himoyalang.
Xom mahsulotlar va tayyor oziq-ovqat maxsulotlarini bir-biridan ajrating!
-Xom go‘sht, parranda go‘shti mahsulotlarini boshqa oziq-ovqatlardan alohida saqlang;
-Xom mahsulotlarga ishlov berish paytida alohida oshxona anjomlaridan-pichoq, taxtakachlardan foydalaning;
-Xom mahsulotlar bilan tayyor mahsulotlar bir-biriga ta’sir ko‘rsatmasligi uchun ularni og‘zi yopiladigan idishlarda saqlang
Mahsulotlarni yaxshilab pishiring va qovuring!
-Mahsulotlarni ayniqsa go‘sht, tuxum maxsulotlarini yaxshilab qovuring yoki uzoq vaqt pishiring;
-Sho‘rva va qovurdoq kabi taomlarni qaynash darajasiga yetkazing va issiqlik 70 darajaga yetganligiga ishonch hosil qiling. Go‘sht yoki parranda go‘shtini pishirish paytida ularni seli toza bo‘lishi kerak, pushti rang emas. Termometrdan foydalanish tavsiya etiladi
Mahsulotlarni xavfsiz xaroratda saqlang!
-Tayyorlangan ovqatlarni uy haroratida 2 soatdan ortiq saqlamang;
-Barcha pishirilgan va tez buziluvchi oziq-ovqat mahsulotlarini sovutgichda (+50S darajali past haroratda) saqlang
-Tayyor taomlarni dasturxonga tortguncha issiq holda saqlang(+600S daraja);
-Taomni hatto sovutgichda ham uzoq vaqt saqlamang;
-Maxsulotni xona haroratida muzdan tushirish tavsiya qilinmaydi.
Toza suv va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlaridan foydalaning!
-Xavfsiz suvdan foydalaning yoki ishlov berish yo‘li bilan uni xavfsizligini ta’minlang;
-Yangi va buzilmagan oziq-ovqat mahsulotlarini tanlang;
-Xavfsizligini ta’minlash maqsadida ishlov berilgan mahslotlarni, masalan, pasterizatsiya qilingan sutni tanlang;
-Meva va sabzavotlarni yaxshilab yuving, ayniqsa, homligicha iste’mol qilmang;
XORAZM VILOYAT
SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIYA BOSHQARMASI
Yüklə 67,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin