Iqtisodiyot fakulteti


Raqobatchilikni rivojlantirishda chet el tajribasi



Yüklə 119,93 Kb.
səhifə6/7
tarix25.10.2022
ölçüsü119,93 Kb.
#66224
1   2   3   4   5   6   7
DAVLAT BYUDJETINI TAKOMILLASHTIRISH KURS ISHI

2.3. Raqobatchilikni rivojlantirishda chet el tajribasi
Bugungi kunda dunyoning 100 dan oshiq davlatida antimonopol qonunchilik mavjuddir. Shunday ekan, hozirgi kunda raqobat muhitini rivojlantirish bo`yicha xorij tajribasini o`rganish hamda iqtisodiy sharoitga mos keladigan jihatlarini tatbiq etish muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu sohada izlanish olib brogan olimlarning umumiy fikrlariga ko`ra raqobat va monopoliya qonunchiliklarini yevropacha hamda amerikacha qonunchiliklarga bo`lish mumkin. Raqobat qonunchiligi dunyodagi mavjud iqtisodiy - huquqiy sohalar ichida barcha qirralari keng tarzda o`rganilmagan yangi soha hisoblanadi. Hozirgi kundagi raqobat bilan bog`liq munosabatlami tartibga soluvchi zamonaviy qonunchiliklar orasida debocha deb hisoblanuvchi qonun 1890 – yilda Amerika Qo`shma Shtatlarida qabul qilingan “Sherman qonuni” dir. Ushbu qonun dunyodagi bir qator mamlakatlar (Kanada va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari) ning monopoliyaga qarshi qonunchiligi uchun asos bo`lib xizmat qilgan. AQSHning trastlarga qarshi siyosati tarixi 1890 - yildagi Sherman aktini qabul qilish bilan boshlanadi.
O`sha vaqtda AQSH da neft, po`lat va transport kabi muhim sanoat sohalarining deyarli barchasida Standart Oyl singari katta kompaniyalar o`z raqobatchilarini yo qo`shib olish, yoki ular bilan birlashish siyosati orqali monopoliya holatini avjga chiqarishayotgan edi. Katta kompaniyalar birlashmasi “tras ” deb nomlanib, unga qarshi bo`lgan dehqon, fermerlar markaziy kuchni egalidan aholi qatlamining harakati esa “ antitrust ” deb nomlangan. Antitrastga oid qonunchilikni ishlab chiqish haqidagi aholinig demokratik talabiga binoan, Kongress bozordagi raqobatni himoyalaydigan Sherman akti (Qonun qabul qilinishiga boshchilik qilgan siyosatchi ismi, AQSH Kongressida bu odat tusini olgan) ni qabul qiladi. Shunday bo`lsada, Sherman aktining asosiy moddalari atigi 2 modda bo`lib, raqobatni qo`llab - quvvatlashga doir juda ham mavhum bolgan so`zlarni qayd etish bilan cheklanadi, xolos. Shuning uchun ham qonun tom ma`noda mukammal bo`Imaganligi, ya`ni ushbu qonunda ayrim tushuncha va tamoyillar e`tibordan chetda qolganligi sababli, Amerikada 1914 - yilda “Kleyton” va “Federal Savdo Komissiyasi to`g`risida”gi qonunlar qabul qilingan. Shuningdek, 1936 – yilda kichik biznes subyektlarini yirik firmalar tomonidan kamsitilishi va ustunlik mavqeyini suiiste`­ mol qilishlarining oldini oluvchi Robinson – Petman qonuni qabul qilingan bo`lsa, 1938-yilda qabul qilingan Uiller Li qonuniga asosan, ommani chalg`itishga olib keladigan yolg`on, noto`g`ri reklamalarni ommaviy axborot vositalarida tarqatilishi ustidan nazorat olib borilishi ham belgilab qoyi`di. 1950 – yilda qabul qilingan Seller – Kevofer qonuni esa bir firma tomonidan bozordagi raqobatga ta`sir qilishi mumkin bo`lgan boshqa firmaning ashyoviy elementlarini sotib olishni taqiqladi. Dastlabki monopoliya va nosog`lom raqobatga qarshi kurashuvchi amerikacha qonunchilik tizimiga asosan, raqobatga ta`sir etishi yoki ta`sir etmasligiga qaramasdan, monopol xatti – harakatlarning aniq belgilangan turlari qonunga zid deb hisoblanadi. Shu bilan birgalikda, 1982 - yilda qabul qilingan “Eksport savdo kompaniyalari to`g`risida”gi qonun xalqaro tadbirkorlik bilan shug`ullanuvchi xo`jalik subyektlariga nisbatan antitrast qonunchiligi talablarini birmuncha liberallashuviga olib keldi.
Raqobat bozor iqtisodiyotining va umuman tovar xo`jaIigining eng muhim belgisi, rivojlantirish usuli hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti raqobat sharoitidagina eng yaxshi faoliyat ko`rsatadi. Raqobat orqali iqtisodiyotda tabaqalashuv yuzaga keladi, ya`ni raqobatda yutib chiqqanlar iqtisodiy jihatdan baquvvat bo`lib ketsalar, yutqazganlar esa iqtisodiy jihatdan inqiroz holatiga tushib qoladilar va ko`pincha yirik korxonalar tarkibiga qo`shilib ketadilar yoki, umuman, yo`q bo`lib ketadilar. Raqobatning ham ijobiy, ham salbiy jihatlari mavjud. Raqobatning ijobiy tomonlari u resurslarni samarali taqsimlanishiga va tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishiga olib keladi. Shuningdek, raqobatda iste`molchilar talabi asosiy o`rin tutganligi sababli resurslaming iste`molchilar talabi yuqori bo`lgan ishlab chiqarish tarmoqlariga yo`nalishiga xizmat qiladi. Raqobat tadbirkorlarni yangi texnologiyalami jalb etishga undaganligi sababli ilmiy-texnikaviy rivojlanishga turtki bo`ladi. Bundan tashqari, raqobatning eng muhim xususiyatlaridan biri shundaki, bunda eng asosiy e`tibor tadbirkorlarning shaxsiy mustaqilligiga qaratiladi. Faqat raqobatgina iqtisodiy faoliyatni ma`muriy boshqarishsiz ham muvofiqlashtirishi mumkin va bu tadbirkorlarga manfaatlarini to`laroq qondirishga imkoniyat yaratib beradi. Raqobatning salbiy tomonlari sifatida shuni aytish mumkinki, raqobat bozorda muvozanatni yuzaga keltirishi yoki o`zi uni buzib qo`yishi mumkin. Chunki talab va taklifning o`zgarishiga qarab narxlarning to`xtovsiz o`zgarib turishi bozordagi subyektlarning mavqelarini bir maromda saqlab turishlariga imkon bermaydi. Shuningdek, raqobatning mavjudligi tadbirkorni foyda olish va bozorda o`z mavqeini saqlab qoilish maqsadida shunday metodlardan foydalanishga majbur etadiki, bu o`z navbatida tabiiy resurslardan nooqilona foydalanishga, o`z raqibini obro`sizlantirishga, iste`molchilarni chalg`itishga olib kelishi mumkin.9


XULOSA
Xulosa qilib aytganda, har bir tadbirkor yoki biznesmen uzoq muddatga mo`ljallab, foyda olish maqsadida korxonasini tashkil qilar ekan, uzoqni ko`zlab yaratilgan strategiyasisiz bozorga kirib bo`lmaydi. Ayniqsa, O`zbekistonda hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobat kundan - kunga kuchayib, mahsulotlar turi ko`payib bormoqda. Bunday sharoitda kelajakni o`ylab tuzilmagan strategic rejalarsiz korxona uzoqqa bormay tanazzulga yuz tutadi. Yuqorida ko`rib o`tganimizdek strategiyaning turlari, uni amalga oshirish bosqichlari, ko`rsatkichlari va hokazolari turlicha, ko`p bo`lgani uchun shunchaki tuzilgan reja hech qanday samara bermaydi. Agarda bozor holatini, biz qanday mamlakatda, qanday bozor iqtisodiyoti sharoitida va ayni damda qanday iqtisodiy davrni boshdan kechirayotganimizni hisobga olib ish ko`rilsa, kompaniya muvaffaqiyatga erishishi mumkin. Har bir mamlakat iqtisodiyotning turli yo`lidan boradi, masalan, Amerika boshqa yo`lni tanlagan bo`lsa, Xitoy boshqa yo`lni tanlagan. Kimdir inqilobiy yo`lni tanlasa, kimdir tadrijiy (bosqichma - bosqich) yo`lni tanlaydi. Korxonalarda ham huddi shunday. Qaysidir korxonada ish bergan strategiya boshqasida ish bermasligi mumkin. Korxona faoliyati boshqaruvini davlat boshqaruviga qiyoslasa bo`ladi. Masalan, O`zbekistonning strategiyasini tarqqiyotning o`zbek modelida ko`rishimiz mumkin. Uni bosqichma – bosqich amalga oshirilishi o`z samarasini amaliyotda ham ko`rsatmoqda. Hozirgi kunda esa O`zbekiston tajribasi qator mamlakatlar uchun namuna bo`lib xizmat qilmoqda va uni o`rganishga bo`lgan qiziqish ortib bormoqda. Birinchi Prezidentimiz aytganlaridek ― Biz hech kimdan kam emasmiz va kam bo`lmaymiz ham!.

Yüklə 119,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin