Iqtisodiyot fakulteti


II. BOB. RAQOBATDOSHLIK VA RAQOBAT MUHITI



Yüklə 119,93 Kb.
səhifə4/7
tarix25.10.2022
ölçüsü119,93 Kb.
#66224
1   2   3   4   5   6   7
DAVLAT BYUDJETINI TAKOMILLASHTIRISH KURS ISHI

II. BOB. RAQOBATDOSHLIK VA RAQOBAT MUHITI
2.1 Raqobatdoshlik mohiyati
Mamlakatning raqobatbardoshligi erkin va halol raqobat sharoitida mamlakatning jahon bozori talablarini qondiruvchi tovarlarni ishlab chiqarish va xizmatlar ko`rsatish qobiliyati sifatida ta`riflash mumkin. Mamlakatning raqobatbardoshlik ko`rsatkichi, birinchi galda mamlakatning jahon bozoridagi mavqeyini tavsiflovchi, shuningdek, tovar va tovar ishlab chiqaruvchining hamda tarmoqning raqobatbardoshligini birlashtiruvchi umumiy ko`rsatkich hisoblanadi. Firmaning raqobatbardoshligini baholash. Iqtisodiyotni globallashtirish va baynalmilallashtirish davrida uning samaradorligi va ishlab chiqarilayotgan mahsulot talabgirligining yagona mezoni bo`lib, raqobatbardoshlik hisoblanadi. Hozirgi vaqtda “raqobatbardoshlik” tushunchasining yagona ta` rifi mavjud emas. Ushbu tushuncha talqinlarining ko`p bo`Iishi ehtimolini belgilab beruvchi asosiy omillar - bu iqtisodchilarning turli xil boshlang`ich pozitsiyalari hamda ishlab chiqaruvchi sifatida faqat alohida korxona, tarmoq yoki butun iqtisodiyotning ko`rib chiqilishi. Raqobatbardoshlik - nisbiy tushuncha, chunki bir turdagi bozorlarda muvaffaqiyatli raqobatlashuvchi tovar boshqa bozorlarda, umuman, raqobatbardosh bo`lmaydi. Bu hol tashqi va ichki bozorlarda raqobatbardoshlikni chegaralash zaruratini keltirib chiqaradi. Shunday qilib, raqobatbardoshlik sohasida umumiy konsepsiyani shakllantirish uchun mazkur holatning barcha tomonlarini hisobga olish lozim. Biroq qator mamlakatlar tajribasiga ko`ra, ichki bozordagi raqobat xalqaro raqobatning asosi hisoblanadi. Raqobat munosabatlari uchta bosqichda amalga oshiriladi:
- mahsulot, ishlab chiqarish va korxonaning muayyan mikro turlari;
- mezotarmoqlar, korxonalarning tarmoq koorporativ birlashmalari va gorizontal integratsiyalashgan firmalar;
- tarmoqlararo integratsiyalashgan makroiqtisodiy majmualar. Har qanday sanoat firmasi, har qanday tovar ishlab chiqaruvchi u tashkil etilgan vaqtdan boshlab va butun faoliyati davomida o`zi uchun zarur bo`lgan raqobatbardoshlik muammolarini hal etishiga to`g`ri keladi.
Jahonning ko`plab mamlakatlari iqtisodiyoti jahon xo`jaligi aloqalariga jalb etilgan, milliy bozor va uning talablari esa jahon bozori va xalqaro raqobatbardoshlikning faol ta` siri ostida shakllanadi. O `zi uchun yangi hisoblangan bozorga kirib borish, ishlab chiqarishni kengaytirish yoki uni qisqartirish, texnologik jihozlarni modernizastiya qilish yoxud ishlab chiqariladigan mahsulotni yangilash maqsadida investitsiyalarni amalga oshirishda, albatta, ishlab chiqaruvchi yoki korxonaning raqobatbardoshligini baholash talab etiladi
Mintaqaning raqobat jihatdan ustunliklari quyidagilar bilan aniqlanadi: - birinchi bosqichda - ishlab chiqarish omillari: tabiiy resurslar, tovarlar ishlab chiqarish uchun qulay shart – sharoitlar, malakali ishchi kuchi hisobidan; - ikkinchi bosqichda - ta`lim, texnologiya, listenziyaga tajovuzkor investistiyalash asosida; - uchinchi bosqichda - “ romb ” ning barcha tarkibiy qismlarining amal qilishi yo`li bilan mahsulotning yangi turlarini, ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etish, tashkiliy qarorlar va boshqa innovatsiyalar hisobidan;
Raqobatbardoshlikka ta` sir etuvchi omillar:
- Raqobatchi firmalar soni.
- Raqiblar harakatlarining diversifikastiyalashuvi darajasi.
- Bozordagi talab hajmini o `rganish.
- Mahsulotni tabaqalashuvi darajasi.
- Iste`molchining bir ishlab chiqaruvchidan boshqasiga ko`chish harakatlari. - Bozordan chiqib ketish to `siqlari va ularning darajasi.
- Bozorga kirib kelish va uning darajasi.
- Yondosh tarmoq bozorlaridagi vaziyat.
- Raqiblar strategiyasidagi farqlar.
Tarmoq raqobatbardoshligining mazmuni. Tarmoq raqobatbardoshligini baholash. Tarmoq raqobatbardoshligi mazkur tarmoqda ishlab chiqariladigan tovarning raqobatbardoshligiga bevosita bog`liq. Korxonalar raqobatbardoshligi tarmoqdagi holatga va uning mavqeyiga ta`sir ko`rsatadi, lekin aynan tovarning raqobatbat-doshligi, o `z navbatida, korxonalaming raqobatbardoshligiga bevosita ta`sir ko`rsatgan holda, ular uchun ham hal qiluvchi omil hisoblanadi.
Tarmoq va korxona (firma) ning raqobat jihatdan ustunliklari bir - biriga o`xshash bo`lib, ular tashqi va ichki ustunliklarga bo`linadi.
Tarmoq va firmaning tashqi raqobat ustunliklariga quyidagilar kiradi:
- mamlakat raqobatbardoshligining yuqori darajasi;
- kichik va o `rta biznesning davlat tomonidan faol qo`llab – quvvatlanishi;
- mamlakat iqtisodiyoti faoliyat ko`rsatishining sifatli huquqiy tartibga solinishi;
- jamiyat va bozorlarning ochiqligi;
- mamlakat iqtisodiyotini boshqarishning yuqori ilmiy darajasi;
- standartlashtirish va sertifikatlash milliy tizimining xalqaro tizim bilan uyg`uniashuvi;
- fan va innovatsiya faoliyatining davlat tomonidan tegishlicha qo`llab – quvvatlanishi; - mamlakatni boshqarishni axborot bilan ta`minlashning yuqori siffati;
M. Porteming fikricha, raqobatbardoshlik, o`z navbatida, resurslardan samarali foydalanishni aks ettiradi. Korxona raqobatbardoshligini oshirish yo`llaridan biri innovatsiyalami ishlab chiqish va ulardan foydalanish hisoblanadi. Shuningdek, bozor sharoitlarining doimiy o `zgarishi marketingda innovatsiyalami qo`llash zaruratini oshirmoqda. Inqirozli vaziyatlar sharoitida iste`molchilar ehtiyojiga tayangan holda, mahsulot ishlab chiqarish, korxonani bozorda raqobatbardoshligini oshiradi va o`z faoliyatini samarali amalga oshirish imkoniyatlarini beradi. Tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki, texnologik innovatsiyalar uchun moliyaviy resurslar bilan bog`liq muammolar yuzaga kelganda, innovatsion marketing korxonaning raqobat kurashida asosiy dastak bo`lib xizmat qiladi. Korxonaning bozor muhitidagi faoliyati uning mijozlari tomonidan belgilanadi. Agar mijozlar korxona mahsulot va xizmatlarini ularni yaratish uchun ketgan xarajatlarga nisbatan ko`proq baholasa, biznes rivojlanadi, aks holda, unga tashqi yordam zarur bo`ladi yoki bunday korxona inqirozga yuz tutadi. Bu borada P. Druker quyidagi fikrni bildirgan: “Biznesning asosiy maqsadi mijozlarni jalb qilish bo`lganligi sababli, korxonaning ikkita va faqat ikkita asosiy fimksiyasi mavjud: marketing va innovatsiya ”.
Doktor P. S. Zavyalov fikricha, “Raqobatbardoshlik deganda tovarning bozordagi xaridorgirligini ta`minlaydigan iste`mol va qiymat tavsiflari majmuyini, ya`ni o`xshash raqobatchi tovarlarni ayribosh -lashga taklif katta bo`lgan sharoitlarda xuddi shu tovarning pulga ayirboshlanish qobiliyatini tushunmoq lozim ”. Shunday qilib, xaridor -ning xarajatlari ikki qismdan tashkil topadi, uning bir qismini xarid xarajatlari (tovar narxi), ikkinchi qismini uni iste`mol etish bilan bog`liq xarajatlar tashkil etadi. Agar, mabodo, tovar texnikaviy jihatdan murakkab buyum bo`lsa, xaridor bu buyumdan foydalanishda yana xarajatlar qilishiga to`g`ri keladi, aytaylik, yonilg`I, surkov moylari, ehtiyot qismlar va boshqalar sotib olishiga majbur bo`ladi.7


Yüklə 119,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin