Iqtisodiyot fakulteti



Yüklə 119,93 Kb.
səhifə2/7
tarix25.10.2022
ölçüsü119,93 Kb.
#66224
1   2   3   4   5   6   7
DAVLAT BYUDJETINI TAKOMILLASHTIRISH KURS ISHI

Kurs ishining tuzilishi. Kurs ishi kirish, 2 ta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat bo`lib, jami 34 betdan iborat.

I. BOB. RAQOBAT TASNIFI

    1. Raqobatning mohiyati

Raqobat bozor iqtisodiyotining va umuman tovar xo`jaligining eng muhim belgisi, rivojlantirish usuli hisoblanadi. I.A.Karimov raqobatning bozor iqtisodiyotidagi ahamiyatini ko`ersatib: “Raqobat bo`lmasa, bozor iqtisodiyotini barpo etib bo`lmaydi. Raqobat - bozorning asosiy sharti, aytish mumkinki, uning qonunidir ”, deb yozadilar.2
Bozor iqtisodiyoti raqobat sharoitidagina eng yaxshi faolyat ko`rsatadi. Bu hol ko`pgina ilmiy risolalarda yetarli darajada isbotlangan, shuning uchun aksioma sifatida qabul qilindi. Raqobat siyosati fani raqobat kurashi sharoitida korxonaning xatti - harakatini tadqiq qiladi, raqobat kurashning mohiyati va shakllarini o`rganadi, raqobat sharoitida boshqaruv qarorlarini qabul qilish usullarini, jumladan, korxona rivojlanishi turli strategiyalarni shakllantirish va amalga oshirish xususiyatlarini taxlil qilishni o`rgatadi. Bozor iqtisotisodiyoti sharoitida barcha tarmoqlarning rivojlanish strategiyasini raqobat kurashidan alohida ko`rib chiqish mumkin emas. Raqobat - bu bozor iqtisodiyoti ishtirokchilarining o`z manfaatlarini yuzaga chiqarish uchun bir – biri bilan kurash, ularning o`zaro bellashuvidir. Odamlarni bir - biri bilan kurashi emas balki, manfaatlar to`nashgan joyda vujudga kelgan kurashi raqobat deyiladi.
Raqobat - bozorning asosiy sharti va qonunidir. Unga turli tomondan yondashishni talab qiladi. Mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilar (korxonalar) o`rtasidagi raqobat tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan narxda sotish, umuman iqtisodiyotda o`z mavqeyini mustahkamlash uchun kurashdan iborat. Bunda ular ishlab chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan narxda sotish, umuman iqtisodiyotda o`z mevaqeyini mustahkamlash uchun kurashdan iborat. Bunda ular kerak ishlab chiqarish vositalari, xomashyo va materialllar sotib olish, ishchi kuchini yo`llash uchun ham kurashadi.
Tarmoq sotuvchilarining raqiblari bilan bozordagi eng yaxshi o`rin va raqobat ustunligiga erishish uchun kurashda sarflanayotgan kuch – g`ayrati raqobatning eng yaxshi va yaqqol indikatori hisoblanadi. Firmaning raqobat strategiyasi bozorda muvaffaqqiyatga erishish va imkon boricha raqib firmalar ustidan raqobat ustunligiga erishish bo`yicha faoliyat dasturidan iborat. Ishlab chiqaruvchilar o`rtasidagi raqobat oxir – oqibatda raqobat oxir – oqibatda iste`molchilar uchun kurashdir. Resurslarni yetkazib beruvchilar o`zlarining iqtisodiy resurslarini, (kapital, yer –suv, ishchi kuchi) yuqori baholarda sotish uchun qiladilar. Ishlab chiqaruvchilar va resurslarni yetqazib beruvchilar o`rtasidagi raqobat bozor munosabarlari rivojlangan.
Raqobat iste`molchilar o`rtasida ham yuz beradi; ular tovarlarni arzon va qulay baxolarda sotib olishga harakat qiladilar, ya`ni xaridor har bir sarflangan pul birligi evaziga ko`proq naflilikka ega bo`lishga harakat qiladi. Arzon va sifatli tovarlarni tezroq sotib olish uchun kurashadi.
Shunday qilib, raqobat ko`p qirrali iqtisodiy hodisa bo`lib, u bozorning barcha subyektlari o`rtasidagi murakkab munosabatlarni ifodalaydi.
Yutuqli raqobat strategiyasini ishlab chiqarishda raqiblarning foydaga intilishi quyidagi xususiyatlarga ega shaklantiradi. Raqobatlashuvchi firmalar bozordagi o`z nufuzlarini doimo yaxshilashga xarakat qiladilar. O`z o`rnini yaxshilash uchun kurash ko`proq mijozlarni jalb etishga harakatda namoyon bo`ladi, buning uchun raqiblar o`zlarining boshqadan o`zish va bozorning daromadliroq ulushini o`zi uchun ta`minlashga yo`nalirilgan raqobat strategiyalarini tuzadilar va qaytadan tuzadilar va qaytadan va qaytadan shakllantiradilar.
Raqib korxnalar tomonidan ishlab chiqariladigan raqobat strategiyalari va ular tomonidan belgilanadigan yangi raqobat imkoniyatlarini qidirsh yo`nalishlari bozorda nima foyda berishi (masalan, iste`molchilar – ning cheklanishlari va hatti xarakatlari) aniqlanadi.
Bitta yoki undan ko`p raqiblar o`z ahvollarini yaxshilash maqsadida yangi strategic hujum boshlasalar yoki egallagan mavqeyini saqlab qolish uchun himoyani yangicha tashkil qilganlarida raqobatning yangi yo`nalishlari vujudga keladi. Firmaning o`z strategiyasini to`g`rilamasdan yoki qayta ko`rib chiqmasdan faoliyat ko`rsatush muddadti bozordagi uning muvaffaqqiyatli (yoki muvaffaqqiyatsizligiga), shuningdek raqiblar tomonidan qilingan strategik qarshiliklarga javoban xatti – harakatiga bog`liq. Firma raqobat strategiyasining raqiblar strategiyasiga nisbatan past kelganini aniqlaganda, u bunchalik tez mag`lub bo`lmaydigan yangi strategiyani topishi zarur, yoki o`zining holatiga qanoat qilishi kerak. Faolyatning mumkin bo`lgan yo`nalishlarini ko`rib chiqishda, firma osonlikcha takrorlash ham, barbod qilish ham mumkin bo`lmagan raqobat strategiyasini tanlashi mumkin. Iste`molchilarga raqobatchilar osonlikcha yoki kam xarajatlar bilan ishlab chiqarishi mumkin bo`lmagan mahsulotni taklif qila borib, firma bozorda yaxshi mavqeyini egallabgina qolmay, unikal, hech kimda yo`q raqobat imkonyatiga ega bo`lish mumkinki, bu o`z navbatida, yuqori daromadlarga aylanishi mumkin. Bevosita raqiblar bilan raqobat yo strategik jihatdan muvaffaqqiyat keltirishi, yoki strategik mag`liubiyatga olib kelishi mumkin.
Agar strategik muvaffaqqiyat yetarli darajada bo`lsa, u bozor kuchlarining faoliyat yo`nalishiga va raqobat bosimiga ta`sir qilishi va xatoki ularni (boshqarishi) mumkin. Strategik mag`lubiyat raqobatga nisbatan yaxshi o`ylanmagan, yoki zaif amlga oshirilgan yondashishni, yoki unisini ham, bunisini ham aks ettiradi. Mag`lubiyat firmaning o`z strategiyasini qayta ko`rib chiqishiga, bozordagi o`z mavqeyini yo`qotishga, yoki hattoki uning tarmoqni tark etishiga olib kelishi mumkin.
Raqobat qiluvchi sotuvchilarning hatti – harakatlari va bir - biriga nisbatan qarshiliklari natijasida, firmalar bozor talab va taklifning yangi sharoitlarini
yaratibgina qolmay, unga javob ham qaytarmadilar. Boshqa so`z bilan aytganda, raqiblarning raqobat strategiyalari ma`lum jihatdan bozorda sodir bo`layotgan hodisalarni nazorat qiladilar va ular tomonidan nazorat qilinadilar; faoliyatlar va qarshi faolyatlar ketma ketligini amalga oshirish yo`li bilan, raqib firmalar muvaffaqqiyat qozonish uchun tanlangan strategiyalariga o`z ta`sirini o`tkazadi.
Firmalar o`rtasidagi raqobatning ushbu xususiyatlari firmalarning raqobat o`yinining quyidagi holatini ko`rsatadi. Har kim o`zining muvaffaqqiyatli raqiblar ustidan ma`lum ustunlikka ega bo`lishga imkon beruvchi raqobat strategiyasini shakllantirishga harakat qiladi.
Bu yerda asosiy qiyinchilik shulardan iboratki, har qanday firma strategiyasining muvaffaqqiyati ko`p jihatdan raqobatchilar amalga oshirayotgan strategiyalarga bo`g`liq; lekin firma A o`z strategik qadamini bosganda, raqobatchilar mos ravishda o`z strategik hatti - harakatlarini o`zgartirishlari mumkin.
Porterning “tarmoq raqobatining besh kuchi `` nuqtayi nazaridan tahlil qilinadigan ma`lum tarmoq tarkibi undagi raqobat intensivligi, va demakki, biznesning daromadlik salohiyatini belgilaydi. Muvaffaqqiyatli strategiyalarni ishlab chiqarish uchun zarur bo`lgan ushbu besh kuch tovar yetkazib beruvchilar va xaridorlar (bozor bitimlarining shartlariga ko`ra ularning savdodagi nisbiiy kuchlari), raqobatchilar, tovar - o`rinbosarlar va tarmoqdagi yangi firmalardan iborat. Porter fikricha, firma tarmoqda shunday joylashishi kerakki, ushbu “ besh kuch `` ta`siridan o`zini juda yaxshi muhofaza qilish yoki ularga ta`sir o`tkaza olishi lozim. Firma ichki imkonyatlarining tahlili ham ta`sir o`tkazishi kerak, lekin faqat raqobatchilar tahlilining umumiy sxemasi doirasida. Asosiy maqsad firmani tarmoqqa kirishining kuchli to`siqlari orqasida joylashtirish, bu raqobatning cheklanishiga va chegaraviy xarajatlardan yuqori bo`lgan baho belgilash yo`li bilan kvazimonopol daromadlarning ta`minlashiga olib keladi. 3
Firmalar o`rtasidagi raqobat turli shakllanishi va intinsivlik darajasini olishi mumkin. Ushbu tarmoq firmasining joriy strategiyasi va bozorlar va raqobat kurashining firmalar strategiyasiga ta`sirining va aksincha, firmalar strategiyasining bozorlar va raqobat kurashiga ta`sir jarayonining aksidir. Raqobatchi firmalar strategik choralari va qarshi choralarining cheksiz ketma – ketligi doimiy ravishda raqobatga yangi bosim yaratadi. Shunday qilib, raqobat kurashning shakl va intinsivligining o`zgarishlari qonundir, uning aksi emas.
“Monopolistik faolitat `` va “raqobat” tushunchalari mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun mustaqilik yillaridan keyin keng ishlatiladigan tushunchalar qatoriga kirgan bo`lsada, bozor munosabatlari sharoitida faoliyat yuritib kelgan barcha mamlakatlarda bu tushunchalar uchun qadimdan mavjud bo`lib kelgan. Raqobatga bugungi kunga qadar bir qancha ta`riflar berilgan bo`lib, adam smit uni “ko`zga ko`rinmas qo`l” deb atagan edi. Raqobat iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining o`z extiyoj va manfaatlarini maksimal qondirish, yaxshi daromad olish, bozorda o`z mavqeyini mustahkamlash imkoniyatlarini namoyon etishidir. Raqobat so`zi lotincha “concurerre” so`zidan olingan bo`lib, “to`qnashuv, qaram - qarshi, musobaqalashmoq degan ma`noni anglatadi. Raqobat tovar oldi – sottisi va eng yaxshi ishlab chiqarish uchun bozor tizimim qatnashchilari orasidagi kurash demakdir. Lekin iqtisodiy va huquqiy adabiyotlarda raqobat to`g`risida har hil va qarama - qarshi fikrlar mavjud. Uni ishlab chiqaruvchilar orasidagi asosiy mexanizm, bozorning sifati, chegarasi, belgisi, belgisi, xo`jalik mexanizmining elementi, jamiyatni olg`a intiluvchi kuch sifatida ham ta`sirlashadi. Biroq raqobat kurashining keskinlashuvi natijasida ishlab chiqarish xarajatlarining past bo`lishiga erishgan korxonalar o`z yashovchanligini saqlab qolib, ishlab chiqarish xarajatlari yuqori bo`lgan korxonalar inqirozga uchray boshladi. Raqobat esa kichik korxonalardan yirik korxonalar o`sib chiqishini ta`minlaydi.
Raqobat kurashida yengib chiqish uchun hamfikr bo`lib, texnik yangiliklar ustida yakdillik bilan ishlagan kam sonli tadbirkorlar jamoasining keyinchalik
moliyaviy jihatdan ulkan muvaffaqqiyatga erishgan yirik firmalarga aylanib ketganligiga ko`plab misollar keltirish mumkin. Bugungi kunda butun dunyoga mashxur “Xonda”, “Ford”, “Microsoft” firmalari bunga yaqqol misoldir. Raqobatning asosiy sohasi bozor, chunki unda erkin iqtisodiy sub`yektlarning aohidalashgan manfaatlari to`qnashdi.
Raqobat kurashining mazmuni to`g`risida to`laroq tushunchaga ega bo`lish uchun uning asosiy shakllari va belgilarini ko`rib chiqish zarur. O`z miqyosiga ko`ra raqobat eng avvalo ikki turga: tarmoq ichidagi raqobatga va tarmoqlararo raqobatga bo`linadi. Iqtisodiy adabiyotlarda bir tarmoq ichidagi raqobatning to`rtta shakli alohida ajratilib ko`rsatiladi. Bular erkin raqobat, monopolistik raqobat, monopoliya va oligopoliyadi. Erkin raqobat ikki darajada namoyon bo`ladi: tarmoq ichida, ya`ni bir hil tovarlar ishlab chiqaruvchi korxonalar o`rtasidagi raqobat va tarmoqlararo, ya`ni turli tarmqodagi korxonalar o`rtasidagi raqobat. Tarmoqlar ichidagi raqobatishlab chiqarish va sotishning qulayroq sharoitga ega bo`lish, qoshimcha foyda olish uchun bir tarmoq korxonalari o`rtasida boradi. Har bir tarmoqda texnik bilan ta`minlash darajasi va mehnat unumdorligi darajasi turlicha bo`lgan korxonalar borligi sababli shu korxonalarda ishlab chiqarilgan tovarlarning individual (alohida) qiymati bir hil bo`lmaydi. Tarmoq ichidagi raqobat tovarlarning ijtimoiy qiymatini, boshqacha aytganda, bozor qiymatini aniqlaydi va belgilaydi. Buqiymat, odatda, o`rtacha sharoitda ishlab chiqarilgan va muayyan taroq tovarlarining qiymatiga mos keladi. Tarmoqlararo raqobat turli tarmoqlar korxonalari o`rtasida eng yuqori foyda normasi olish uchun olib boriladigan kurashdan iborat. Tarmoqlar ichidagi raqobat natijasida texnikaviy darajasi va mehnat unum dorligi yuqori bo`lgan korxonalar qo`shimcha foyda oladilar va aksincha, texnik jixatdan nochor korxonalar esa, o`zlarida ishlab chiqarilgan tovar qiymatining bir qismini yo`qotadilar va zarar ko`radilar.
Bunday raqobat foyda normasi kam bo`lgan tarmoqlardan foyda normasi kam bo`lgan tarmoqlardan foyda normasi yuqori tarmoqlarga kapitallarning oqib o`tishiga sabab bo`ldi. Yangi kapitallar ko`proq foyda keltiruvchi sohalarga intilib, ishlab chiqarishning kengayishiga, taklif ko`payishiga olib keladi. Shu asosida, narxlar pasaya boshladi. Shuningdek, foyda normasi ham kamayadi, kam foyda keltiruvchi tarmoqlardan kepitalning chiqib ketishi teskari natijaga olib keladi: bu yerda ishlab chiqarish hajmi o`zgaradi, tovarlarga bo`lgan talab ular taklif qilishidan oshadi. Natijada tarmoqlar aro raqobat obyektiv ravishda qandaydir dinamik muvozanatni keltirib chiqaradi. Bu muvozanat kapital qayerga sarflanganligidan qat`iy nazar, teng kapital uchun teng foyda olinishiga intilishini taminlaydi. Erkin raqobat sharoitida bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchi tarmoqda juda ko`p sonli korxonalar mavjud bo`ladi. Yuqori darajada tashkil qilingan bozorda juda ko`plab sotuvchilar o`zlarining mahsulotlarini taklif qiladilar.Erkin raqobatli bozorda alohida korxonalar mahsulot narxi ustidan sezilarsiz nazoratni amalga oshiradi.4
Chunki har bir korxonada umumiy ishlab chiqarish hajmi uncha kata bo`lmaydi. Shu sababli alohida korxonada ishlab chiqarishning ko`payishi yoki kamayishi umumiy taklifga, demak mahsulot baxosiga sezilarli ta`sir ko`rsatmaydi.
Erkin raqobat sharoitida yangi korxonalar tarmoqqa erkin kirishi, tarmoqda mavjud bo`lgan korxonalar esa uni erkin tashlab chiqish mumkin. Xususan yangi korxonalarning paydo bo`lishi va ularning raqobatli bozorda mahsulotlarni sotishga xuquqiy, texnalogik, moliyaviy va boshqa jiddiy iqtisodiy to`siqlar bolmaydi.



Yüklə 119,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin