Academic Research in Educational Sciences Volume 3 | Issue 12 | 2022 ISSN: 2181-1385 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 313 December, 2022 https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal tabiatni asrashga o‟rgatish maqsadida quyidagicha mazmundagi masalalrni tuzishimiz
mumkin.
3-masala. Darsdan keyin sinf xonasida 500 gr qog'oz chiqindilari qolgani
ma'lum bo'ldi, Agar har kuni shunchadan qog'oz isrof bo‟lsa, 210 o'qish kunida
qancha qog'oz isrof bo'ladi? Agar 1 ta daraxtdan 50kg qog'oz olinsa, bu tashlangan
qog'ozlar qancha daraxtni kesilishdan asrab qolishi mumkin edi?
Matematika darslarida iqtisodiy masalalarni hal qilishga o'rgatish kelajakda
oila byudjetini yanada oqilona rejalashtirishga yordam beradi. Asosiysi, iqtisodiy
fikrlashni rivojlantirish: muammoni ko'rish, uni tahlil qilish va oqilona qarorlar qabul
qilish qobiliyatidir.Quyidagicha masalarni tuzish mumkin.
4-masala. Moxlaroyim oilaviy byudjetidagi 1 oylik daromad, sarf-
xarajatlardan ortib qolsa, yangi yil uchun ko‟ylak sotib olib berishlari mumkinligini
o‟yladi va umumiy daromad va sarf xarajatlarni hisoblab ko‟rdi. Dadasi 2200000
so‟m, oyisi 1800000 so‟m oylik maosh olishadi, buvisi va buvasi birgalikda 1600000
so‟m pensiya olishadi. 1 oyga oziq ovqat uchun o‟rtacha 2500000 so‟m, ukasini
bog‟cha to‟loviga 206000 so‟m, kommunal to‟lovlarga o‟rtacha 400000 ming so‟m
sarflashadi, kredit to‟lovlar uchun 1100000 so‟m to‟lashadi. O‟ylab ko„ringchi
Moxlaroyim yangi yil uchun yangi ko‟ylak ololadimi?
XULOSA Iqtisodiy statistik masalalarni yechishga o‟rgatish yuqori sinflarga o‟tganda
iqtisodiy bilim asoslarini o‟rganishga zamin yaratadi.Tadbirkorlik qobiliyatini
rivojlantirish bilan iqtisodiy nazariyani o'rganish kelajakda biznesda muvaffaqiyatga
erishishga yordam beradi. Iqtisod qilishga o‟rganish esa kelajakda oila byudjetini
yanada oqilona rejalashtirishga yordam beradi. O‟quvchilarda zamonaviy ijtimoiy-
iqtisodiy, statistik komptensiyalarni shakllantirish, mantiqiy masalalarni hal qilish
jarayonlari o'quvchilarning kasb tanlash qobiliyatini muammolarni oson hal qilish
usullarini shakllantiradi.