Iqtisodiy indekslar to‘g‘risida tushuncha, ularning vazifalari va tasniflash belgilari



Yüklə 209,67 Kb.
səhifə2/9
tarix24.12.2023
ölçüsü209,67 Kb.
#191840
1   2   3   4   5   6   7   8   9
IQTISODIY INDEKSLAR

Birinchi guruh indekslarga yalpi ichki mahsulot, sof ichki mah­sulot, yalpi milliy daromad, qishloq xo‘jaliga va sanoat mahsuloti fizik hajm indekslari kabi indekslar kiradi.
Ikkinchi guruh indekslarga baho indekslari, tannarx, mehnat unumdorligi, mahsuldorlik, hosildorlik indekslari kabi indekslar kiradi.
To‘plam birliklarini qamrab olish darajasi bo‘yicha ham indeks­lar ikki guruhga bo‘linadi:

  1. Individual (yakka) indekslar;

  2. Umumiy indekslar;

Hisoblash usuliga qarab ham indekslar ikki guruhga bo‘­li­na­di:

  1. Agregat indekslar.

  2. O‘rtacha indekslar.

Indekslarni hisoblashda ikkita davr qatnashadi, shundan biri hisobot, ikkinchisi o‘tgan, bazis davri hisoblanadi.


2. Yakka va umumiy indekslar


Indekslar murakkab hodisaning umumiy jami uchun ham, mu­rakkab hodisaning alohida elementlari uchun ham hisoblanadi. Shunga qarab ular yakka va umumiy indekslarga bo‘linadi.
O‘rganiladigan murakkab hodisaning (statistik to‘plamning) alohida elementlarini o‘zgarishini ta’riflovchi ko‘rsatkichlar yak­ka indekslar deyiladi. Masalan, paxta, sabzavot, don, jun, go‘sht, sut miqdorlari indekslari, mehnat unumdorligi, tannarx indekslari va boshqalar.
Yakka indekslar ikki absolut miqdorlarni birini ikkinchisiga nisbati tariqasida aniqlanadi. bularga quyidagilarni misol qilib ko‘rsatish mumkin:
1. Mahsulot miqdorining yakka indeksi. Bu indeks hisobot dav­­rida ishlab chiqarilgan maxsulot miqdorini bazis davrida ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga bo‘lish orqali aniqlanadi va mah­sulot miqdorining o‘zgarishi ta’riflanadi. Mahsulot miqdorining yakka indeksi quyidagi formula bilan ifodalanadi:


;

Bunda: q1 – hisobot davrida yetishtirilgan mahsulot miqdori


(s,t.)
q0 – bazis davrida yetishtirilgan mahsulot miqdori (s,t.)

Masalan, hisobot yilida 10 ming bazis yilida esa 8 ming sentner bug‘doy sotilgan. Mahsulot miqdori yakka indeksi 125% ni



Demak, bazis yiliga nisbatan bug‘doy sotish 25% ga ko‘pay­gan.

Yüklə 209,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin