Iqtisodiy indekslar to‘g‘risida tushuncha, ularning vazifalari va tasniflash belgilari


Tahlilda indeks usulidan foydalanish



Yüklə 209,67 Kb.
səhifə8/9
tarix24.12.2023
ölçüsü209,67 Kb.
#191840
1   2   3   4   5   6   7   8   9
IQTISODIY INDEKSLAR

6. Tahlilda indeks usulidan foydalanish


Iqtisodiy-statistik tahlilda bir qator usullar qo‘llaniladi. Shu­lar orasida indeks usuli alohida o‘rinni egallaydi. Hodisalar ora­si­dagi o‘zaro bog‘liqlik funksional shaklda bo‘lgan hollarda in­deks usu­li­dan foydalanib, tahlilni amalga oshirish maqsadga mu­vofiq bo‘­ladi.
Masalan, mahsulotlarni sotishdan olingan sof tushum hajmi (so­tilgan mahsulotlar qiymati) ning o‘zgarishi bevosita quyidagi ikki omil hisobiga sodir bo‘ladi:

  1. Sotilgan mahsulot fizik miqdorining o‘zgarishi.

  2. Sotilgan mahsulot bahosining o‘zgarishi.

Sof pul tushumi (natijaviy belgi) bilan omilli belgilarning (ikki omilning) o‘zaro bog‘liqligini agregat indekslar orqali ifodalab, sta­­tistik tahlilni amalga oshiramiz:
Mahsulotlarni sotishdan olingan sof tushum dinamikasining o‘zgarishi sof tushum agregat indekslar orqali ifodalanadi:

Bunda: – hisobot yilida mahsulotlarni sotishdan
olingan sof tushum hajmi (summasi);
– bazis yilida mahsulotlarni sotishdan
olingan sof tushum hajmi (summasi);

Ushbu formuladan ko‘rinib turibdiki, sof tushum hajmining o‘zgarishi sotilgan mahsulotlar fizik miqdorlari o‘zgarishi bilan ularning baholarining o‘zgarishi hisobiga sodir bo‘ladi. Shuning uchun ushbu omilli belgilarning ta’sir kuchini ularning indeks­larini aniqlash orqali ko‘rsatish mumkin.


Sotilgan mahsulotlar fizik miqdorining agregat indeksining aniqlash uchun hisobot yilida sotilgan mahsulotlar fizik miqdori (q1) bilan bazis yilidagi bahosi (p0) bo‘yicha hisoblangan qiyma­tini (shartli hajmini – q1p0) bazis yilida sotilgan mahsulotlar qiy­ma­tiga (q0p0) bo‘lishi kerak:

Ushbu indeks, birinchidan, sotilgan mahsulotlar fizik hajmi­ning hisobot yilida bazis yiliga nisbatan o‘rtacha qancha foizga oshganligi yoki kamayganligini ko‘rsatadi. Ikkinchidan, sotilgan mahsulotlar fizik miqdorlarining o‘zgarishi tufayli sof tushum haj­mining qancha foizga oshganligi yoki kamayganligini ifodalaydi.
Surati bilan maxraji orasidagi farq sotilgan mahsulotlar fizik miq­dorlarining o‘zgarishi tufayli sof tushum hajmining mutlaq o‘z­garishini, ya’ni necha ming so‘mga oshgan yoki kamayganligini bildiradi.
Sof tushum hajmi o‘zgarishiga sotilgan mahsulotlar bahosi­ning o‘zgarishining ta’sirini bahoning umumiy (agregat) indeksi yordamida aniqlanadi. Bu indeksni hisoblash uchun hisobot yili­da sotilgan mahsulotlar qiymati (q1p1) ni ularning shartli qiyma­tiga bo‘lish kerak:

Ushbu indeks, birinchidan, sotilgan mahsulotlarning bahosi o‘rtacha hisobot yilida bazis yiliga nisbatan necha foizga osh­ganligini ifodalaydi. Ikkinchidan, baholarning o‘zgarishi tufayli mahsulotlarni sotishdan olingan sof tushum hajmi qancha foizga oshganligi yoki kamayganligini ko‘rsatadi.
Formulaning surati bilan maxraji orasidagi farq sotilgan mah­sulotlar baholarining o‘zgarishi tufayli sof tushum hajmining mut­laq necha ming so‘mga oshgan yoki kamayganligini ifodalaydi.
Sotilgan mahsulotning fizik hajmi (miqdori) indeksi bilan ba­ho indeksi ko‘paytmalarining yig‘indisi mahsulotlarni sotish­dan olingan sof tushum indeksiga teng kelish kerak, chunki ular bir-biri bilan uz­viy bog‘langan indekslardir. Ushbu indekslarning o‘za­­­ro bog‘liqligini quyidagicha ifodalash mumkin:

Ushbu indekslar orqali sof tushum hajmi dinamikasining o‘z­garishiga umumiy xulosa qilinadi, ya’ni sotilgan mahsulot qiy­ma­tining (sof tushumning) necha so‘mga yoki necha foizga oshgan (kamaygan) ligi va shu jumladan, mahsulot fizik miqdorining osh­gan (kamaygan) ligi tufayli sotilgan mahsulot qiymati necha so‘m­ga yoki necha foizga oshgan (kamaygan) ligi hamda bahoning oshi­shi (pasayishi) tufayli mahsulot qiymati necha so‘mga yoki ne­cha foizga oshgan (kamaygan) ligi ko‘rsatilib xulosa qilinadi.
Biz yuqorida sotilgan mahsulot qiymatining bazis yilga nis­ba­tan o‘zgarishining sabablarini o‘zaro bog‘langan indekslar yor­damida ko‘rib chiqdik. Xuddi shu tarzda boshqa qator ijtimoiy ho­disalarning bog‘liqligini o‘zaro bog‘langan indekslar yordami­da iqti­sodiy-statistik tahlil qilish mumkin. Bularga misol qilib, ishlab chi­qa­rish xarajatlar hajmini o‘rganishda tannarx indeksi, ish­lab chiqa­rilgan mahsulot miqdori indeksi va ishlab chiqarish xa­ra­jatlari in­dek­sini keltirish mumkin:

Ushbu indekslarni o‘zaro bog‘liqligini quyidagicha ifodalash mumkin:

Yalpi hosil dinamikasini o‘rganishda yalpi hosil indeksi ( ), hosildorlik indeksi ( ) va ekin maydoni indeksidan ( ) foydalaniladi. Bu­larni o‘zaro bog‘liqligini quyidagicha ifodalash mumkin:






Yüklə 209,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin