Iqtisodiy indekslar to‘g‘risida tushuncha, ularning vazifalari va tasniflash belgilari


O‘zgaruvchan, doimiy tarkibli va tuzilmaviy indekslar



Yüklə 209,67 Kb.
səhifə7/9
tarix24.12.2023
ölçüsü209,67 Kb.
#191840
1   2   3   4   5   6   7   8   9
IQTISODIY INDEKSLAR

5. O‘zgaruvchan, doimiy tarkibli va tuzilmaviy indekslar


O‘zgaruvchan va doimiy tarkibdagi indekslar asosan sifat ko‘r­satkichlarining o‘zgarishini tavsiflashda qo‘llaniladi. Bunga, o‘r­ta­cha hosildorlik, o‘rtacha tannarx, o‘rtacha ish haqi kabi sifat ko‘r­sat­kichlarining o‘zgarishini misol qilib ko‘rsatish mumkin. Shu­lar va shularga o‘xshagan sifat ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi qu­yidagi omillarning o‘zgarishiga bog‘liq bo‘ladi:

  1. O‘rtalashtirilayotgan belgining o‘zgarishi;

  2. Hodisalar vaznlar tuzilmasining o‘zgarishi;

Masalan, donli ekinlar o‘rtacha hosildorligining o‘zgarishi har bir ekin turi hosildorligining o‘zgarishi va donli ekinlar umumiy may­doni tarkibida yuqori hosilli ekinlar maydonining o‘z­ga­ri­shi­ga bog‘liq bo‘ladi. Demak, sifat ko‘rsatkichlari ikki omil ta’siri ostida o‘zgaradi, ushbu o‘zgarish yuqorida ko‘rsatilgan indekslar yordamida aniqlanadi.
Hodisaning o‘zgarishiga ikki omilning ta’sirini birgalikda ko‘r­satuvchi indeks, o‘zgaruvchan tarkibdagi indeks deb ataladi. Bu in­deksni aniqlash uchun indekslashtirilayotgan belgining hiso­bot yi­lidagi o‘rtachasini bazis yilidagi o‘rtachasiga bo‘lish kerak. Bu quyidagi formula bilan ifodalanadi:



Bunda: x – o‘rtalashtirilgan belgilar darajasi;


f – o‘rganiladigan belgilar vazni.

Hodisaning o‘zgarishiga faqat indekslashtiriladigan miqdor­ning ta’sirini ifodalovchi indeks, doimiy tarkibdagi indeks de­yiladi. Ushbu indeksni aniqlashda indeks formulasining surat va max­rajidagi vaznlar (f) o‘zgarmasdan qoladi. Bu indeks quyidagi formula yordamida hisoblanadi:







Doimiy tarkibdan indeksni aniqlash uchun hisobot yilidagi in­dekslashtiriladigan o‘rtacha shartli indekslashtiriladigan o‘rtachaga bo‘linadi.
Sifat belgisining o‘rtacha darajasining o‘zgarishiga vaznlar tu­zilmasi o‘zgarishning ta’sirini ifodalovchi indeks, tuzilmaviy in­dekslar deb ataladi. Bu indeksni aniqlash uchun shartli indekslash­tiriladigan o‘rtachani bazis davridagi indekslashtiriladigan o‘r­ta­chaga bo‘lish kerak. Bu indeks quyidagi formula bilan ifodalanadi:



Ushbu indeks o‘zaro bir-biri bilan uzviy bog‘langan. Doimiy tarkibdagi indeks bilan tuzilmaviy indeks ko‘paytmalarining yi­g‘indisi albatta o‘zgaruvchan tarkibdagi indeksga teng bo‘lishi kerak.





Yüklə 209,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin