Iqtisodiy aloqalarining rivojlanishi



Yüklə 76,7 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix07.01.2024
ölçüsü76,7 Kb.
#208964
  1   2   3   4   5   6   7
118-124



“PEDAGOGS” 
 international research journal ISSN: 
2181-4027
_SJIF: 
4.995
 
www.pedagoglar.uz
 


Volume-21, Issue-2, November - 2022
 
118
O`ZBEKISTONNING JAHON MAMLAKATLARI O`RTASIDAGI 
IQTISODIY ALOQALARINING RIVOJLANISHI 
 
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
Iqtisod yo`nalishi 1-kurs talabasi 
Yo`ldoshev Bahodir O`rozmamat o`g`li 
Ungboyova Sevinch Kamoliddin qizi 
Tel:+998912281225 
+998975507580 
 
Annotatsiya: 
O`zbekistonning jahon mamlakatlari o`rtasidagi iqtisodiy 
aloqalarining rivojlanishi mavzusi buyicha O`zbekistonning boshqa davlatlar bilan 
tutgan iqtisodiy aloqalari Yevropa Ittifoqi va Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi 
shartnomalariga kirgan davlatlar bilan tutgan iqtisodiy aloqalari haqida qisqacha 
malumotlar. 
Kalit so`zlar;
transport, xalqaro tashkilot, akkreditatsiya, konventsiya, mintaqa, 
integratsion, Yevropa Ittifoqi, memorandum, hamkorlik, bitim, savdo, investorlar
kapital, sanoat, eksport, import, kredit, tranzit. 
O`zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyo mintaqasining markazida joylashgan 
bo`lib, bu yerda mintaqa aholisining 45% yashaydi. O`zbekiston mintaqaning boshqa 
mamlakatlari (Qozog`iston, Qirg`iziston, Tojikiston, Turkmaniston) bilan umumiy 
chegaralarga ega bo`lgan yagona mamlakat, shuningdek u Yevropa bilan Osiyo – 
Tinch okeani mintaqasi va hamda, Janubiy Osiyo, Yaqin va O`rta Sharq 
mamlakatlarini transport va telekommunikatsiya bo`yicha birlashtiruvchi muhim 
transport chorahasi hisoblanadi. 
Oʻzbekiston Respublikasi jahonning 160 mamlakati bilan savdo aloqalarini 
amalga oshirib kelmoqda. TSAning nisbatan salmoqli hissasi Xitoy Xalq 
Respublikasida (16,6 %), Rossiya Federatsiyasida (14,2 %), Qozogʻistonda (7,5 
%), Turkiyada (5,9 %), Koreya Respublikasida (4,8 %), Germaniya (2,9 %) va Qirgʻiz 
Respublikasida (1,7 %) qayd etilgan. 
O`zbekiston asosiy va muhim xalqaro konventsiyalarning ishtirokchisi 
hisoblanadi. O`zbekiston jahon iqtisodiyotida turli darajadagi - global va mintaqaviy 
integratsion jarayonlarda qatnashish bilan bir paytda muhim tamoyilga, ya’ni bir davlat 
bilan yaqinlashish boshqa bir davlat bilan uzoqlashish evaziga bo`lmasligi kerak degan 
tamoyilga amal qiladi. O`zbekistonning jahon hamjamiyati davlatlari bilan 
integratsiyasining tarkibiy qismi turli davlat va xalqaro tashkilotlar bilan ko`p tarmoqli 
aloqalarni o`rnatayotganligidir. Bu o`rinda Yevropa Ittifoqi (YeI) muhim o`rinni 
egallaydi. 



Yüklə 76,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin