Internetda ishlash asoslari va elektron pochta



Yüklə 4,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/31
tarix22.12.2023
ölçüsü4,28 Mb.
#190018
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Internetda ishlash asoslari va elektron pochta

TAYANCH TUSHUNCHALAR
Qidiruv qanday amalga oshiriladi?
1. Qidiruv tizimidan foydalanish uchun brauzerning manzil qatoriga qidiruv tizimi manzili kiritiladi. 
2. Qidiruv tizimi ishga tushganidan keyin, qidiruv maydoniga klaviatura orqali kalit so‘z yoki jumlalar 
kiritiladi. Yoki mikrofon rasmini bosgan holda kalit so‘z ovoz chiqarib aytiladi 
(1)

Kalit so‘z yozilganidan keyin, “Enter” yoki “Google Search” tugmachasi bosiladi 
(3)
.
3. Har bir qidiruv tizimida indeks 
(2)
mavjud bо‘lib, u avval tashrif buyurilganda kiritilgan kalit 
sо‘zlarga mos barcha kalit sо‘zlar va veb-sahifalar rо‘yxatini qamrab oladi. 
Qidiruv tizimi indeksini qidirish va qidiruv satri (yoki manzil satri)ga kiritilgan sо‘zlarga mos barcha 
veb-sahifalarni topish uchun murakkab algoritmdan foydalaniladi. So‘ngra natija tanlangan veb-
sahifalar rо‘yxatida kо‘rsatiladi.
4. Rо‘yxatning yuqoridan pastga qarab joylashuvi ham yana bir murakkab algoritm yordamida 
amalga oshiriladi. Demak, turli qidiruv tizimlarida (Google, Yahoo, Yandex, Bing va h. k.) turlicha 
natijalar aks etishi mumkin.
Qidiruv natijalari asosida qidirilayotgan kalit so‘zga mos ma’lumotning URL manzili 
(4)
, sarlavhasi 
(5)
va qisqacha matni 
(6)
keltiriladi.


III BOB. 
INTERNETDA ISHLASH ASOSLARI VA ELEKTRON POCHTA
84
Qidiruv tizimida axborotni izlash
Qidiruv tizimidan foydalanishning asosiy qoidalari:
1) faqat bitta kalit so‘zdan iborat so‘rovni 
yozmaslik kerak, chunki kalit so‘z bitta 
bo‘lsa, so‘rov natijasida olingan millionlab 
Internet sahifalari ro‘yxati ichidan 
keraklisini ajratib olishning o‘zi yana bir 
muammo bo‘lishi mumkin;
2) kalit so‘zlarni bosh harflar bilan 
yozmaslik lozim, chunki bunday hollarda 
kichik harflar bilan yozilgan ma’lumotlar 
qoldirib ketilishi mumkin;
3) agar qidiruv nihoyasida birorta ham natija olinmasa, kalit so‘zlarni orfografik xatolarga tekshiring.
Qidiruv tizimidagi so‘rovlar tili – bu ma’lumotni samarali qidirishda ishlatiladigan maxsus qoidadir. 
Ko‘plab qidiruv tizimlarida axborot izlashning kengaytirilgan usullari mavjud. 
Murakkab ko‘rinishdagi so‘rovlar ma’lumotlarni tez va aniq topishni ta’minlaydi. Bunday so‘rovlarni 
tashkil etishda maxsus belgilar hamda AND (va), OR (yoki), NOT (yo‘q) kabi so‘zlardan foydalaniladi.
Ushbu ma’lumotni ko‘rib chiqish uchun 
sichqonchaning ko‘rsatkichi uning sarlavhasi 
ustiga bosiladi.
5. Kiddle kabi qidiruv tizimlari yoshlarga 
mo‘ljallanganligi bois, foydalanuvchi yoshiga 
mos kelmagan natijalarni filtrlashga yordam 
beradi.

Yüklə 4,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin