Internetda ishlash asoslari va elektron pochta


UYGA VAZIFA AMALIY MASHG‘ULOT



Yüklə 4,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/31
tarix22.12.2023
ölçüsü4,28 Mb.
#190018
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Internetda ishlash asoslari va elektron pochta

UYGA VAZIFA
AMALIY MASHG‘ULOT 
1
2
3


III BOB. 
INTERNETDA ISHLASH ASOSLARI VA ELEKTRON POCHTA
82
18-dars
. QIDIRUV TIZIMLARI VA INTERNETDA 
MA’LUMOT IZLASH
Internetning tezkor sur’atlarda rivojlanib borishi natijasida milliardlab veb-sahifa va fayllar orasidan 
kerakli ma’lumotni topish muammosi paydo bo‘ldi. Hozirda Internetda ma’lumot izlashning uchta 
asosiy usuli mavjud bo‘lib, ular: 
1) veb-sahifa manzili orqali.
Bu usul qidiruvning eng tezkor usuli bo‘lib, undan faqat sahifa yoki 
faylning aniq manzilini bilgandagina foydalanish mumkin;
2) gipermurojaatlar orqali.
Agar qidirilayotgan hujjat yoki ma’lumot ma’no jihatidan joriy sahifaga 
yaqin bo‘lsa, bu ham nisbatan qulayroq izlash usuli hisoblanadi;
3) veb-saytning URL manzili yoki qidirilayotgan ma’lumotni qayerdan izlash aniq bo‘lmagan 
hollarda qidiruv tizimlaridan foydalaniladi.
Qidiruv tizimidan samarali foydalanish, kerakli ma’lumotni xavfsiz va samarali usulda qidirish 
hamda eng yaxshi qidiruv natijalarini tanlay bilish muhim ahamiyatga ega.
Butunjahon о‘rgimchak tarmog‘ida kо‘plab qiziqarli, kо‘ngilochar veb-sahifalar mavjud. Biroq bu 
maydonda turli xavflargа duch kelish ham mumkin. Internetdan foydalanishda mana shu xavflar 
haqida bilish va undan о‘zini himoya qila olish 
xavfsizlikni ta’minlash
deb ataladi.
BUNI BILASIZMI?
Internetda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish lozim. Tahqirlovchi yoki noqonuniy ma’lumotlarga 
duch kelmaslik uchun quyidagi ko‘rsatmalarga amal qilish zarur:
• qidiruv so‘zlari diqqat bilan tanlanganligiga ishonch hosil qiling. Yetarli ma’lumot bermaydigan 
har qanday xato yoki umumiy qidirish so‘zlari zararli yoki foydali bo‘lmagan natijalarni berishi 
mumkin; 
• veb-sahifa ochilganda, zararli ma’lumotlar kirishi mumkinligi to‘g‘risida ogohlantirishlarga 
e’tibor bering;
• qidiruv natijalarining hammasi ham ishonchli bo‘lmasligini unutmang. Faqat taniqli va ishonchli 
veb-saytlar manziliga kiring;
• turli xil reklama ko‘rinishidagi saytlarga kirmang;
• birinchi natijalar doim ham eng yaxshi natijalar bo‘lmasligi mumkinligini unutmang. Ba’zi 
kompaniyalar o‘z reytingini oshirish uchun qidiruv tizimlariga pul to‘laydi; 
• agar zararli ma’lumotlarga ega veb-sahifani topsangiz, darhol o‘qituvchi yoki yoshi kattalarga 
xabar bering.
Xavfsizlikni ta’minlash


83
Qidiruv tizimi 
– butunjahon Internet 
tarmog‘idagi veb-saytlarni o‘z ichiga olgan 
katta ma’lumotlar bazalaridagi axborotlarni 
qidirish uchun ishlatiladigan dastur.
Qidiruv natijalari
qidiruv tizimi tomonidan 
berilgan veb-sahifalarga gipermurojaatlar 
ro‘yxati.
Ma’lumotlar bazasi 
– qidirish va foydalanish 
mumkin bо‘lgan, tartiblangan ma’lumotlar 
to‘plami.
Index 
– barcha kalit so‘zlar yoki qidiruv tizimi 
orqali avval tashrif buyurilgan veb-sahifalar 
ro‘yxati.
Algoritm 
– muammoni hal qilish uchun dastur 
bajaradigan bosqichlar yoki qadamlar ketma-
ketligi.
Qidiruv tizimlari
Qidiruv tizimlari ma’lumotni butunjahon 
tarmog‘idan qidirish imkonini beradi. 
Butunjahon Internet tarmog‘ida mavjud 
barcha veb-saytlar ma’lumotlar bazasida 
saqlanadi. Kerakli ma’lumotni shu baza orqali 
topish uchun qidiruv tizimidan foydalanish 
mumkin.
Bugungi kunda kо‘plab qidiruv tizimlari mavjud 
bо‘lib, ulardan quyidagilari eng ommalashgan 
sanaladi:
1) Google(https://www.google.co.uz/);
2) Microsoft Bing (https://www.bing.com/);
3) Yahoo(https://www.yahoo.com/);
4) Baidu (https://www.baidu.com/);
5) Yandex (https://www.yandex.ru/);
6) DuckDuckGo (https://duckduckgo.com/);
7) Kiddle (https://www.kiddle.co/).

Yüklə 4,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin