Internetda ishlash asoslari va elektron pochta



Yüklə 4,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/31
tarix22.12.2023
ölçüsü4,28 Mb.
#190018
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   31
Internetda ishlash asoslari va elektron pochta

SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
AMALIY MASHG‘ULOT


III BOB. 
INTERNETDA ISHLASH ASOSLARI VA ELEKTRON POCHTA
94
20
-dars. 
ELEKTRON POCHTA QUTISINI YARATISH
Internetning bu darajada ommalashuviga sabab – nafaqat uning ma’lumotlarga boyligi, balki u 
orqali xabar almashish, muloqot qilishning oson va qulayligidir. Xabar almashishning eng tezkor 
usullaridan biri – elektron pochta xizmatining paydo bo‘lishi Internetdan foydalanuvchilar sonini 
keskin oshirdi. Biror xabar kimgadir oddiy pochta orqali bir necha kunda yetib borsa, elektron 
pochta orqali dunyoning istalgan nuqtasiga bir necha minutlarda yetib borishi mumkin. 
Elektron pochta
– elektron pochta qutilari yordamida xabar (elektron xatlar) almashish uchun 
mo‘ljallangan Internet xizmati.
Elektron pochta xizmati quyidagi imkoniyatlarni 
taqdim etadi:
• xabarlarni tezkor almashish (bir necha minut);
• xabarlarga qo‘shimcha ma’lumotlarni ilova 
qilish;
• xabarlarga rasm va multimedia ma’lumotlarini 
joylashtirish.
Elektron xatlarni qabul qilish va jo‘natish uchun 
qabul qiluvchi va jo‘natuvchi o‘z shaxsiy elektron 
pochta manziliga ega bo‘lishi lozim.
Har bir elektron pochta manzili unikaldir. Agar 
ikki foydalanuvchining elektron pochta manzillari 
bir xil bo‘lsa, u holda ular bir-birlarining elektron 
pochta manzillariga kelgan xabarlarni o‘qiy olar 
edi. Shu sababli, dunyoda ikkita bir xil elektron 
pochta manzili bo‘lishi mumkin emas.
Elektron pochta manzili quyidagilardan tarkib 
topgan: 
– login – elektron pochta egasining shartli nomi;
– elektron pochta joylashgan tarmoq kompyuteri 
(sayt) yoki pochta xizmati saytining nomi.
Elektron pochta 
(ing. 
Electronic Mail,
E-mail
)
– elektron xabarlarni qabul qilish va 
yuborish bo‘yicha xizmat turi.
Elektron pochta manzili (qutisi) 
– xabar 
yuborish uchun foydalaniladigan unikal 
manzil. U inson istiqomat qiladigan uyning 
to‘liq manziliga o‘xshash bo‘lib, foydalanuvchi 
xabarni ushbu manzil orqali yuboradi.
Unikal 

yagona, boshqa o‘xshashi yo‘q. 
Ikkita bir xil pochta manzili bo‘lishi mumkin 
emas, shu boisdan pochta manzillariga 
nisbatan ushbu so‘z qo‘llaniladi.
Foydalanuvchi nomi 

elektron pochta 
manzili egasining nomi. U lotin harflari, 
raqam va belgilardan iborat bo‘ladi.
Parol 

elektron pochta manzilini 
himoyalash uchun manzil egasi tomonidan 
kiritilgan kalit so‘z.
Akkaunt
(ing. 
account 
– hisob) – 
kompyuter tizimida foydalanuvchi haqidagi 
ma’lumotlar to‘plamini saqlaydigan hisob. 
U foydalanuvchiga tizimga kirish imkonini 
beradi.

Yüklə 4,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin