Internetda ishlash asoslari va elektron pochta


UYGA VAZIFA 19-dars. GRAFIK, AUDIO VA



Yüklə 4,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/31
tarix22.12.2023
ölçüsü4,28 Mb.
#190018
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31
Internetda ishlash asoslari va elektron pochta

UYGA VAZIFA
19-dars. GRAFIK, AUDIO VA 
VIDEOMA’LUMOTLARNI IZLASH 
Loyihalarni yaratish jarayonida matnli ma’lumotlarning 
o‘zigina yetarli bo‘lmaydi. Loyihani boyitish uchun 
uning tarkibiga turli rasmlarni o‘rnatish yoki audio va 
videolar orqali loyiha taqdimotlarini yanada jozibador 
qilish mumkin. Buning uchun turli rasm, audio va 
videoma’lumotlarni Internetdan qidirib topish va yuklab 
olish kerak.
Tasvirni veb-saytdan saqlab olish uchun, eng avvalo, undan nusxa olishga ijozat berilgan yoki 
berilmaganligini aniqlash lozim. Internetdagi ayrim tasvirlar ularning egalari, ya’ni mualliflari 
yoki yaratuvchilari tomonidan mualliflik huquqi asosida joylashtirilgan bo‘lishi mumkin. Internet 
tarmog‘ida mualliflik huquqi ko‘rsatilmagan veb-saytlar ham mavjud bo‘lib, loyihalarda ular 
tarkibidagi matn yoki tasvirdan foydalanilganda, ularning manzili ko‘rsatilishi lozim. 
Yuklash 
– Internet tarmog‘idagi 
ma’lumotlardan shaxsiy kompyuterga 
nusxa ko‘chirish. 
TAYANCH TUSHUNCHALAR
Grafik ma’lumotlarni qidirish va yuklash
1. Brauzer dasturini ishga tushirib, u orqali qidiruv tizimlaridan biriga kiriladi.
2. Qidiruv maydoniga kalit so‘z (masalan, Ocean) kiritiladi va “Enter” (yoki lupa tasviri) bosiladi 
(1)

Kalit so‘zni, mikrofonni bosgan holda, ovoz orqali kiritish ham mumkin 
(2)

3. Tasvirli ma’lumotlarni ko‘rish uchun qidiruv tizimining “Images” bo‘limiga o‘tiladi 
(3)
.
1
2
3


III BOB. 
INTERNETDA ISHLASH ASOSLARI VA ELEKTRON POCHTA
90
4. Tasvir ustida sichqonchaning ko‘rsatkichi bosilganda, o‘ng tomondan shu tasvirga o‘xshash 
tasvirlar ro‘yxati chiqib keladi. O‘ng tomondagi oyna orqali tasvir o‘lchamini ko‘rish mumkin 
(4)
.
5. Tasvirni veb-saytdan yuklab olish uchun tasvir ustida sichqonchaning o‘ng tugmachasi bosiladi, 
kontekstli menyudan “Save image as…” tanlanadi 
(5)
.
6. Tasvirni saqlash uchun muloqot oynasida manzil ko‘rsatiladi va “Save” tugmachasi bosiladi.
7. Tasvirdan loyiha ishida foydalanish uchun mualliflik huquqini saqlagan holda uning manzilini ham 
ko‘rsatish lozim. Buning uchun “Copy link address” orqali tasvir manzilini nusxalash va uni loyiha 
ishidagi tasvir tagiga joylashtirish mumkin 
(6)
.
Ma’lumotlarni tasvir orqali qidirish
Internet ma’lumotlari asosida tayyorlangan loyiha 
ishidagi tasvirlar qayerdan olinganligini bilish yoki 
sizdagi tasvir haqida Internetdan ma’lumot qidirish 
uchun “Images”dan foydalaniladi. Buning uchun:
1) brauzer dasturini yuklab, u orqali qidiruv tizimlaridan 
biriga kiriladi (masalan, https://google.uz); 
2) tasvir orqali qidirishni amalga oshirish uchun 
sahifadan “Images” 
(1)
bo‘limiga o‘tiladi;
3) qidiruv maydonidan “Search by image” 
(2)
tanlanadi;
4) tasvirni yuklab olish uchun “Upload an 
image” 
(3)
tanlanadi va “Choose File” 
(4)
orqali tasvir yuklanadi;
5) tasvir yuklanib bo‘lganidan keyin, 
natijalar oynada aks etadi.

Yüklə 4,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin