Internet jurnalistikasi



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə6/6
tarix20.12.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#76544
1   2   3   4   5   6
( Internet jurnalistikasi) kasb etikasi

Hozirda O‘zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida internet jurnalistika taraqqiyoti borasida Qozog‘istondan so‘ng ikkinchi o‘rinda turibdi. Qozog‘istonda internet foydalanuvchilari soni 10 million kishi bo‘lib, umumiy aholining 56 foizini tashkil etadi. Mamlakat internet segmentida yangiliklar saytlari ommaviy bo‘lib, eng katta xabar portali tengrinews.kz saytiga kuniga 600 000 dan ortiq foydalanuvchi tashrif buyuradi. Markaziy Osiyo davlatlarining barchasida yangiliklar saytlari eng ko‘p kiriladigan saytlardir. Rossiya va boshqa rivojlangan davlatlarda ommabop saytlar ro‘yxatini milliy internet korporatsiyalari egallagan (Rossiyada —Yandex, AQShda — Google, Xitoyda — Baidu). O‘zbekistonda ham ma’lumotlar qidiruvi, elektron pochta, yangiliklar, videoxosting, tarjimon, savdo platformasi, disk, ob-havo, entsiklopediya, ish izlash kabi yuzlab servislarni jamlagan, kuchli himoyalangan va qulay ishlash tizimiga ega bo‘lgan milliy internet korporatsiyasiga ehtiyoj bor. Aks holda axborot xavfsizligi haqida qancha qayg‘urmaylik, boshqa servislarga qaram bo‘lib qolaveramiz.

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, jurnalistning so‘zi, yozayotgan maqolasi, tayyorlayotgan ko‘rsatuv va eshittirishi jamiyatda hal qiluvchi kuchga ega. U davlat va xalqning ayni davrdagi kayfiyatini o‘zida aks ettiradi. Shunday ekan, jurnalist o‘z pozitsiyasiga ega bo‘lishi, jamiyat manfaatini shaxsiy manfaatidan ustun qo‘yishi, savodli, kuzatuvchan bo‘lishi lozim. Jurnalistikaning rivojini nazariyasiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Yuqorida ta’kidlanganidek, internet-jurnalistika sohada yangi davrni boshlab berdi. Mamlakatda internet OAVlar soni ko‘payib borayotgani kishini quvontiradi. Biroq, bu sohada kadrlar tanqisligi sezilayotgani, jurnalistika fakultetlarida onlayn-jurnalistika bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashga e’tiborning sustligi, O‘zMU Jurnalistika fakultetida Internet jurnalistikasi kafedrasi faoliyatining tugatilganligi, nazariy va amaliy bilimga ega bo‘lgan pedagoglarning yetishmasligi, o‘zbek tilidagi o‘quv qo‘llanmalar, sohaga oid adabiyotlarning ozligi sohada qator muammolarni keltirib chiqarmoqda. Shu bois: – jurnalistika fakultetlarida onlayn-jurnalistika kafedralarini tiklab, nazariy va amaliy bilim hamda tajribaga ega mutaxassislarni dars jarayonlariga jalb etish, darslarni saytlar tahririyatlarida tashkil etish; – internet OAVlarida tarqalayotgan xabarlarning chek-chegarasi yo‘qligi, qamrovi kengligi, yolg‘on axborotlar ham yashin tezligida dunyoning narigi chekkasiga yetib borayotganini inobatga olib, bunday axborotlarning tarqalishiga nisbatan vaksina sifatida har bir internet OAV ta’sis hay’ati yoki tahririyat kengashiga jurnalist diplomiga ega bo‘lgan bitta bo‘lsa ham professional jurnalistni kiritish; – O‘zbekiston jurnalistlar uyushmasi OAVlarda muxbir, “kopirayter”, tarjimon reportyorlar bazasini yaratish, ommaviy axborot vositalari uchun professional jurnalistlar taqsimotini yo‘lga qo‘yish; – jurnalistika fakultetlarini tugatgan, ammo ish bilan ta’minlanmagan kadrlar uchun alohida aloqa markazi yoki portal tashkil etish

Foydalanilgan adabiyotlar

Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. –T.: O‘zbekiston, 2017. – 488 b.

Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. 1-jild. –T.: O‘zbekiston, 2017. – 592 b.

Mirziyoyev Sh.M. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir. 2-jild. –T.: O‘zbekiston, 2017. – 508 b.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi (2020 yil 24 yanvar). //vvvvvv.uza.uz


Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin