Internet jurnalistikasi



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə4/6
tarix20.12.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#76544
1   2   3   4   5   6
( Internet jurnalistikasi) kasb etikasi

2017 yilda internet foydalanuvchilarining keskin oshishi o‘tgan yilda mamlakatimizda amalga oshirilgan islohotlar, erkinliklar samarasi hamda ularning internet saytlarida batafsil va tezkor yoritilishi bilan bog‘liqdir. Prezident matbuot xizmatining isloh qilinishi va samarali faoliyat yuritishi onlayn jurnalistikaga ham o‘z ta’sirini o‘tkazdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga murojaatnomasining internetda jonli olib berilishi jurnalistika tarixida katta voqea bo‘ldi. Ilk bor mana shunday oliy darajadagi tadbir o‘sha vaqtning o‘zidayoq xabar saytlarida yoritildi, tahlil qilindi, butun dunyodan munosabatlar bildirildi. Avvallari bunday uchrashuvlar o‘tib bo‘lgandan so‘ng bir qancha “qaychilash”lardan so‘ng efirga uzatilardi. Ba’zi tadqiqotchilarning hisobiga ko‘ra, ushbu murojaatnomani internetda 4 000 000 kishi kuzatdi. Bugun internetning o‘zbek segmentida eng ommaviy saytlar daryo.uz va kun.uz yangilik saytlaridir. 2018 yil 13 fevral holatiga ko‘ra, daryo.uz saytiga bir kunda 349 920 kishi (2 719 266 ta sahifa o‘qilgan), kun.uz saytiga esa 328 412 kishi tashrif buyurgan (1 526 726 ta sahifa o‘qilgan). Ushbu saytlarga o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 30 foiz ko‘p foydalanuvchi tashrif buyurgan.

O‘zbekistonning internetdagi eng katta axborot kanallari hisoblangan daryo.uz va kun.uz saytlariga kuniga 90-110 tadan material kiritiladi. Ularning ijtimoiy tarmoqlardagi kuzatuvchilari soni 1 000 000 kishidan oshadi. Masalan, kun.uz saytini ijtimoiy tarmoqlarda jami 1 265 870 kishi kuzatadi (Telegram — 256399, Facebook — 175971, Twitter — 19500, Instagram — 709000, Youtube — 105000). O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muassisligidagi xabar.uz sayti yangi tashkil etilganiga qaramay, kuniga 40000 kishilik auditoriyani yig‘a oldi. Saytda davlat va jamoat tashkilotlari haqida tanqidiy, tahliliy materiallar muntazam e’lon qilib borilmoqda. O‘zbekiston Milliy axborot agentligining uza.uz sayti TASS va O‘zTAGdan qolib ketgan eski qoliplardan voz kechib, maqolalarni erkin tarzda berayotgani, fikr aytuvchilar uchun minbar-platforma yaratgani, tanqidiy maqolalarni qisqartirmasdan chop etayotgani sababli auditoriyasi ham kengaydi. Ba’zi kunlari sayt o‘quvchilari soni 15-20 000 ga ham yetdi.


Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin