Internet jurnalistikasi



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə2/6
tarix20.12.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#76544
1   2   3   4   5   6
( Internet jurnalistikasi) kasb etikasi

Dunyo yangiliklarini shitob bilan yoritadigan (toʻgʻrirogʻi, shunchaki tarjima qiladigan) oʻzbek internet nashrlari mahalliy yangiliklarga kelganda oqsab qolmoqda. Ular Oʻzbekistonning barcha mintaqasiga muxbir yoʻllash imkoniyatiga ega emas, albatta. Mamlakatda nashrlarni yangiliklar bilan taʼminlaydigan axborot agentliklari esa mutlaqo rivojlanmagan. Aytaylik, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi – OʻzAning oʻta rasmiy ohangdagi xabarlari katta auditoriyani qiziqtirishi dargumon(buni agentlik saytining Milliy qidiruv tizimidagi reytingi ham koʻrsatib turibdi). «Turkiston-press» axborot agentligining esa bor-yoʻqligi ham bilinmaydi. Qolaversa, rasmiy organlar matbuot xizmatlari va nashrlar oʻrtasida hamkorlik deyarli yoʻq. Juda kam sonli davlat organlarining matbuot xizmatlari faol ishlaydi, baʼzilari onda-sonda saytida yuzaki, gohida oʻta savodsizlarcha yozilgan press-relizlarni eʼlon qilish bilan kifoyalanadi. Koʻpincha internet nashrlari rasmiy organlardan maʼlumot olish qiyinligidan shikoyat qiladi.

Oʻzbek internet nashrlari dunyo yangiliklarini asosan Rossiya nashrlaridan tarjima qiladi, shuning uchun baʼzida oʻzlari bilib-bilmay biror xalqaro voqea boʻyicha Rossiya nuqtai-nazarini yetkazishga, mazkur mamlakatning manfaatlarini yoyishga xizmat qilmoqda. Bu esa oʻzbekistonlik oʻquvchilarning Rossiya ommaviy axborot vositalariga tobeligini orttirish bilan birga mafkuraviy tahdidni ham paydo qiladi. Oʻzbek nashrlariga bu borada «Jahon» axborot agentligi yordam berishi mumkin edi, ammo mazkur agentlik xorij mamlakatlarida yuz berayotgan voqea-hodisalarni yoritmaydi. Dunyo yangiliklarini yoritishda Oʻzbekistonning nafaqat internet nashrlari, balki barcha ommaviy axborot vositalari xorij – asosan Rossiya ommaviy axborot vositalariga qaram boʻlib qolgan. Hatto baʼzida Oʻzbekistonga oid yangiliklarni rus saytlaridan tarjima qilish yoki Rossiyaning «Sputnik-Oʻzbekiston» saytidan koʻchirib bosish holatlari ham uchraydi. Internet nashrlari xorij voqealarini yoritishda baʼzan notoʻgʻri maʼlumotlarni ham tarqatadi, chunki tahririyatlarda aqalli dunyoning muayyan mintaqasi boʻyicha ixtisoslashgan mutaxassis-jurnalistlar yoʻq, demakki, bu nashrlardan xalqaro sharhlarni kutish befoyda.


Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin