Indefinite article– Noaniq artikl Ingliz tilida noaniq artikllar a va an



Yüklə 235 Kb.
səhifə7/29
tarix10.12.2022
ölçüsü235 Kb.
#73622
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29
1 artiklllar (2)

the most + adjective/adverb

This is the most interesting book in the library. – Bu kutubxonadagi eng qiziqarli kitob.
Jack runs the most slowly in the class. – Jek sinfda eng sekin yuguradi.
NOTE: most gapda many va much ning orttirma darajasi bo’lib kelsa oldidan the ishlatiladi va bu yerda most-eng ko’p degan ma’noni anglatadi va undan keyin gapda otlar ishlatiladi.
China has the most population in the world. – Xitoyning aholisi dunyoda eng ko’p.
NOTE: Most olmosh bo’lib kelganda oldidan artikl ishlatilmaydi va olmosh bo’lib kelganda most o’zbek tilida ko’pchilik, ko’pchiligi, ko’pchilik qismi degan ma’nolarni anglatadi. Most olmosh bo’lib kelganda undan keyin otlar ishlatiladi.

Most + noun

Most drivers don’t break traffic rules. – Ko’pchilik haydovchilar yo’l-harakati qoidasini bo’zmaydilar.
Most students learn foreign languages. – Ko’pchilik talabalar chet tillarni o’rganadilar.
NOTE: Most of … oldidan hech qanday artikl ishlatilmaydi.
Most of the students in our group go in for sports. – Guruhimizdagi ko’pchilik talabalar sport bilan shug’ullanadi.
2. Tartib sonlar va tartib sonli birikmalar oldidan the ishlatiladi.
The first – birinchi = the first chapter – birinchi bob
The second – ikkinchi = the second book – ikkinchi kitob
● Lekin sanoq sonlar va sanoq sonli birikmalar oldidan hech qanday artikl ishlatilmaydi.
One - bir = Chapter One – birinchi bob
Two - ikki = Book Two – ikkinchi kitob
● Lekin birinchi gapda ishlatilgan sanoq sonli birikma ikkinchi gapda aynan takrorlanib kelsa ular oldidan aniq artikl the ishlatiladi.
Yesterday on the way to town, two travelers were missed. Today afternoon the two travelers were found. - Kecha shaharga ketayotganimizda ikkita sayohatchi yo’qolib qoldi. Bugun tushda o’sha ikkita sayohatchi topildi.
● Bundan tashqari tartib sonlar gaplarda sanash ma’nosida ketma-ketlikda ifodalanib kelsa, ular oldidan noaniq artikllar ishlatiladi.
I heard a shot, then a second, a third and a fourth – Bir o’q ovozi eshitildi, keyin ikkinchisi, uchinchisi va to’rtinchisi.

Yüklə 235 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin