Bosma va electron adabiyotlar bilan ishlash Kitob bilan ishlashning birinchi bosqichi Kitob ustida ishlashning ikkinchi bosqichi



Yüklə 27,69 Kb.
səhifə1/9
tarix22.09.2023
ölçüsü27,69 Kb.
#147243
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
3 Maruza


5-MAVZU: ADABIYOTLAR BILAN ISHLASH VA KURS ISHINI YOZISH TARTIBI.
RJA:

  1. Bosma va electron adabiyotlar bilan ishlash

  2. Kitob bilan ishlashning birinchi bosqichi

  3. Kitob ustida ishlashning ikkinchi bosqichi

  4. Konspekt

  5. Qisqacha ma’ruzalar

  6. Tezislar

  7. Qisqa yozuv

  8. Kurs loyihasi yoki ishlari

  9. Tеxnik kitoblarni o`qishga qo`yiladigan talablar.

  10. Bo`lajak kasb ta'limi o`qituvchilarining mustaqil ishlashlari uchun tavsiyalar

  11. Uy vazifalari ustida ishlashda quyidagilarga amal qiling.

  12. O`z ishing ustidan nazorat qilishni o`rgan!

  13. O`z ishingni samarali tashkil etishni o`rgan!

Kitob har bir kishida, ayniqsa, yoshlarimizda onglilikning shakllanishida, nutq madaniyati va lug‘at bovligini o‘stirishda, hayotda o‘ziga munosib o'rin topishda, kasblarni to‘g‘ri tanlashda, dunyoqarashning kengayishida va takomillashuvida yaqindan yordam beradi. Yoshlarimizni kitobga muhabbat ruhida tarbiyalash uchun o‘qituvchipedagoglarimizning o‘zlari ham aktiv kitobxon bo‘lishlari va kitoblarni ko‘z qorachig'idek saqlashda namuna ko‘rsatishlari kerak.


Kitob bilan ishlashning birinchi bosqichida adabiyotlar tanlanadi, ya’ni zaruriy kitoblar jamlanadi. Sizga birinchi kurs talabalariga o‘qitiladigan har bir fan yuzasidan tuzilgan o‘quv dasturida ko'rsatilgan asosiy va qo‘shimcha adabiyotlar ro‘yxati hamda har bir o‘qituvchining u yoki bu masala yuzasidan chop etilgan yangi asarlarni o‘qish lozimligi haqidagi ko‘rsatmalari bu masalani hal etishda yaqindan yordam beradi. Shu bilan birga, har bir talaba o'zini qiziqtirayotgan masalalarga taalluqli adabiyotlarni mustaqil ravishda topishga odatlanishi kerak.
Kitob ustida ishlashning ikkinchi bosqichida kitoblarni o‘rganishga va tahlil qilishga kirishiladi. Bu bosqich ham o‘z tartibi va qoidasiga ega. Kitob varaqlab ko‘riladi. Oldin m uallif norni, kitobni qanday atalishi, qayerda va qachon nashr etilganligi bilan tanishib chiqasiz. Bu m aium otlarning o‘ziyoq qimmatli axborot beradi. Chunonchi: agarda kitob yaqinda chop etilgan bo'lsa, unda yangi tariflar, so‘nggi yutuqlar qamrab olingan bo’ladi. Yangi muhim masalalar bayon etilgan balsa, basharti, kitob qayta toidirilib, nashr etilgan boisa, oldingi nashri ijodiy baho olganligidan darak beradi.
Titul varaq bilan tanishib chiqqandan stvng. kitobning mundarijasini sinchiklab o‘rganish zarur. Chunki mundarijada kitobning rejasi, qisqacha mazmuni aks etgan bo'ladi. Agarda kitob darslik yoki o‘quv qollanmasi bo‘lsa, mimdarijasini o‘quv dasturi solishtirib, uning qanchalik mos kelishini aniqlash, so‘ngra o‘rganish zarur boigan qismlar, boblar, paragraflarni belgilab chiqish kerak. Titul varag‘ining orqasidagi annotatsiyani (kitobning qisqacha mazmuni) birinchi galda o‘qib chiqish zarur. Ko‘pincha, qisqa yozuv o‘rganilayotgan masala yuzasidan tanqidiy baho va asosiy g‘oyalar qisqacha berilgan boladi.
Kitobni shu tarzda ko‘zdan kechirib boigach, uning so‘z boshisi yoki muqaddima qismini o'qib chiqish kerak. Ular avtor yoki mutaxassis kitobida ilgari surilgan g‘oyani tushuntirib beradi, hal qilinayotgan muammoning mohiyati va uning qanday yechilishi, uni hal qilishga yondashish yollari xususida qisqacha axborot beradi.
Kitobni qay tariqa jiddiy o‘qish mumkin? Maqola yoki risolani bir yoia o‘qib tushunish kerak, katta kitob yoki darslikni esa ayrim boblar yoki tugal bo'limlariga ajratib o‘qish tavsiya etiladi. Kitobni o‘qib chiqqandan so‘ng o'rganilayotgan masala yuzasidan qisqacha qilib mazmunini yozib olish kerak, alohida boblarni o‘qiganigizda ham shunday qiling. Basharti bir necha manba ustida ishlayotgan bolsangiz, har bir kitobni alohida o‘qib chiqing va reja tuzing. Bu rejada o‘rganishingiz lozim boigan hamma boblar, paragraflarni birrnabir yozib chiqing, so‘ngra ikkinchi marta sinchiklab o'qib chiqing.
Kitob ustida ishlayotgan vaqtingizda uning har bir bolimi yuzasidan asosiy mazmuni bo‘yicha xulosa chiqarishga harakat qiling va bunga o‘zingizni o’rgating.
Oliy o'quv yurtiga qadam qo‘ygangizdan boshlaboq muntazam bilimingizni oshirib borishga o‘zingizni odatlantiring. 0‘tgan ishni o'zlashtirmasdan turib, navbatdagi yangi ishga urinmang. O‘qiyotgan vaqtda masalaning mohiyatini to'liq tushunib olish muhimdic Shuning uchun ham kitobni diqqat bilan sinchiklab, ba'zi bir tushunilmagan joylarini erimnasdan, qayta-qayta o qish va mulohaza yuritish lozim.

Yüklə 27,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin