Toshkent axborot texnologiyalari universiteti radiotexnika, radioaloqa va telyeradioeshittirish fakulteti



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə1/10
tarix19.12.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#186776
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Mexanika 1-qism Масала


O‘ZBEKISTON ALOQA VA AXBOROTLASHTIRISH AGENTLIGI


TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI


RADIOTEXNIKA, RADIOALOQA VA
TELYERADIOESHITTIRISH FAKULTETI


Fizika kafedrasi
F I Z I K A F A N I D A N
AMALIY MASHG‘ULOTLAR UCHUN MASALALAR TO‘PLAMI VA Uslubiy KO‘RSATMALAR
1 - Qism


M E X A N I K A


Toshkent-2007



Ushbu qollanmada fizika fanining “Mexanika” bolimi boyicha masalalar va ularni ychishga oid uslubiy korsatmalar keltirilgan bolib, qollanma Davlat ta’lim standarti asosida 5521000, 5522700, 5811000, 5520600, 5520700, 5510300, 5521800, 5320200, 5521700, 5521600, 5140900 –yonalishlari boyicha tayyorlanayotgan mutahassilar bilimiga tegishli na’munaviy dastur va oguv rejalar asosida bakalavrlar uchun ishlab chigilgan . Umumiy fizikaning elektr va magnitizm bolimlariga doir 6 ta mavzu boyicha masalalr keltirilgan. Mavzulardagi masalalar 50 ta variantlarga taqsimlangan bolib, birinchi 5 ta variant oqituvchiga mavzuni tushintirishi uchun moljallangan, 6 dan boshlab toq tartib raqamli variantlar talabalarning auditoriyada ishlashlari uchun, juft tartibli variantlar mustaqil uy ishlari uchun ajratilgan.
Qollanmaqda mustaqil ishlash uchun masalalarni echish namunalaridan tashqari talabalar ozlashtirgan nazariy bilimlarni tekshirish uchun nazorat savollari va zaruriy adabiyotlar ro‘yxati keltirilgan.

Mas’ul muharrir fizika-matematika fanlari doktori,


prof. Abduraxmonov Q.P.
Tuzuvchilar: prof. Abduraxmonov Q.P.
kat. oqit.Haitov M.S.
kat. oqit. Xolmedov H.M.
dos. Ahmedova N.A.
KIRISH
Fizika qonunlarini bilish deganda, bu ularni ta’riflashni bilish bolmay, balki ularni aniq masalalarni yechishda tatbiq qilishni bilmoq demakdir. Masala yechishni bilish, studentlarni mustaqil ijodiy ishlashga yordam beradi, organilayotgan hodisaning analiz qilishga orgatadi, ularni keltirib chiqargan sabablarni (faktorlarni) ajratib olishga imkon beradi.
Mustaqil ravishda masala yechish protsessi eng ko‘p foyda keltiradigan prosess bolib, quyidagi metodik qollanma buni amalga oshirishga qaratilgan. U umumiy fizika kursi programmasi asosida tuzilgan bolib, birinchi semestrda ajratilgan masalalarni va metodik korsatmalarni oz ichiga oladi.
Uy vazifasi uchun moljallangan masalalar variantlar boyicha taqsimlangan bolib, har bir variant oz ichiga tortta masalani oladi. Har bir mavzu oldidan masala yechish boyicha qisqacha uslubiy korsatmalar va tavsiyalar berilgan, har bir mavzu ichida masalalarni turli tiplarga bolinishi bilan ularni yechish misollari korilgan.
Masalalarni tushungan holda yechish faqat shunga tegishli nazariy materialni to‘liq o‘zlashtirgan holdagina mumkindir. Buning uchun har bir tema bo‘yicha darsga tayyorlanishda tema problemalarini yaxshi tushunishda va ularni to‘g‘ri talqin qilishda talabalarning e’tiborini jalb qilishga imkon beruvchi nazorat savollar keltirilgan.
Ushbu qo‘llanmadan foydalangan holda talaba:
1. Nazorat savollar va ko‘rsatilgan adabiyot yordamida berilgan bo‘limni sinchiklab o‘rganishi kerak.
2. O‘qib o‘rganilgan nazariyaga, uslubiy ko‘rsatma va misollarga tayangan holda o‘qituvchi tomondan ko‘rsatilgan variant bo‘yicha uy vazifasini mustaqil bajarish kerak.
3. Shu bilan uning uyga berilgan masalalarga nisbatan murakkab masalalarni auditoriyada yechishda aktiv va ijodkor ishga tayorlashi lozim.
Har bir mavzu bo‘yicha uy vazifasini talaba auditoriyadagi darsga qadar bir kun oldin topshirishi kerak.
Masalalarni yechishda quyidagi qoidalarga amal qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
1.Eng avval, masalani sinchiklab o‘qib, uning mazmunini tushunib olish zarur. Agar masalaning Harakateri imkon bersa, uni tushuntiruvchi rasm chizish kerak.
2.Masalani analiz qilib, qanday obyektlar yoki protsesslar haqida so‘z ketayo‘tganligini, qanday kattaliklar ularni aniqlayotganligini, ko‘rilayotgan hodisalar qanday fizik qonuniyatlarga bo‘ysunishini aniqlash kerak.
3. Masalani yechishda optimal metodni tanlab olish kerak.
4. Avval masalani umumiy ko‘rinishda yechib, bunda qidirilayo‘tgan kattalik masalada berilgan kattaliklar orqali ifodalanishi kerak.
5. Berilgan kattalaiklarni son qiymatlari bir sistema – SI sistemasida qo‘yilishi kerak.
6. Masala yechishni oxirida o‘lchov birligini mosligi tekshirilishi zarur.
7. Uy vazifasini tayyorlashda, ishlatilayotgan qonunlar va formulalar qisqa, ammo batafsil tushuntirilishi kerak.
8. Olingan javobni son qiymatini to‘g‘ri ekanligini baholang.



Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin