Bosma va electron adabiyotlar bilan ishlash Kitob bilan ishlashning birinchi bosqichi Kitob ustida ishlashning ikkinchi bosqichi


Kitob ustida ishlashning uchinchi bosqichi



Yüklə 27,69 Kb.
səhifə2/9
tarix22.09.2023
ölçüsü27,69 Kb.
#147243
1   2   3   4   5   6   7   8   9
3 Maruza

Kitob ustida ishlashning uchinchi bosqichi. Bu bosqichda o‘qilgan adabiyotlarning mazmuni qisqacha yozib boriladi. O'rganilayotgan masalada kitobning qanchalik muhim yoki muhim emasligi hisobga olinib, uni nechog‘lik tafsilot bilan yozib olish lozimligi aniqlanadi. o‘qilgan kitoblarning mazmunini yozib olishning bir necha xil formasi mavjud. Yozuvni kitob ustida ishlashning xulosalovchi qismi deb baholash lozim. Kitobning yaxlit bir bo‘limi oxirigacha o'qib bo'lingandan so‘ng, material qiyomiga yetkazilgach, yaxshilab tushunish uchun, konspekt yozish tavsiya etiladi.
O‘qish jarayonida yozib borish tekstning mazmunini to‘laroq o‘zlashtirib olishga yordam beradi. Natijada ko‘z bilan ko'ringan narsa harakat bilan mustahkamlanadi. Mutolaa davomida yo‘l-yolakay mazmunni qog‘ozga tushirib borish kitobxonning diqqatini aktivlashtiradi va ish jarayonini tezlashtiradi. Shuning uchun ham o'qib mazmunini qog‘ozga tushirib borilganda mutolaa samarali bo'ladi. Bundan tashqari, bu usul mantiqiy fikrlashni o‘stiradi. Konspekt olish uchun material tanlar ekansiz, uni eng muhimini ajratib, tekstning tarkibiy qismlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqani aniqlab oling. Nihoyat, yozib borish xotirada yaxshi saqlanib qolgan bilimingizni sistemaga solishda va mustahkamlashda muhim vosita bo'lib xizmat qiladi. Bu keyingi ishlaringizda ham katta rol o‘ynaydi. Qisqa vaqt ichida biron-bir narsani takrorlash zarur bo‘lib qolganda, bu yozuvlarni bir ko‘zdan kechirib chiqsangiz, ilgari o‘qigan hamma narsangiz yodingizda qayta tiklanadi. Psixologik hodisa bo‘lgan xotiraning asosiy xususiyati ham shundadir.
Konspekt. Yozuvning eng muhim shakli konspektdir. Konspekt-bu o'rganilayotgan materiallarnmg qisqacha, yaxlit mazmuni bo‘lib, u sarlavha va kichik sarlavhalargacha boiinadi. Konspekt tuzish ijodiy jarayon bo‘lib, kishining mantiqiy qobiiiyati va nutq madaniyatini o‘stiradi.
Birinchi kurs talabalariga, odatda, bir necha manbalar bo‘yicha konspekt olishga to‘g‘ri keladi. Ular, ko‘pincha, kitobdan butunbutun sahifalarni sidirg‘asiga ko‘chirib yozadilar va so‘ngra ularni o'qishda o‘zlari ham chalkashib qoladilar.
Vaqtni tejash maqsadida so‘zlarini, bazi vaqtda esa butun bir jumlani qisqartirib yozishga harakat qiling. Ko'pincha, konspekt nuqul ko‘chirmalardan yoki kitobning mazmunini o‘z so‘zingiz bilan qayta yozib chiqishga to‘g‘ri keladi. Bu ikki usul ham aniq yo‘ldan chiqib ketishdir. Bunday xatog‘a yo‘l qo'ymang.
Konspekt qisqa va lo‘nda bo‘lsin. Bunda grafiklar, sxemalar, diagrammalardan foydalangan ma’qul. Bular bayonni qisqartirib, muayyan hodisa to‘g‘risida yorqin tasavvur beradi.

Yüklə 27,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin