Indefinite article– Noaniq artikl Ingliz tilida noaniq artikllar a va an


Model: a/an + adjective + singular count noun



Yüklə 235 Kb.
səhifə3/29
tarix10.12.2022
ölçüsü235 Kb.
#73622
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
1 artiklllar (2)

Model: a/an + adjective + singular count noun
a clever boy a good book
● Lekin shu holatda sifatlar oldidan so - shunday, too - nihoyatda, o’ta, how – qanday, as - … dek ravishlari kelsa, noaniq artikllar sifat + sanaladigan birlikdagi ot o’rtasida ishlatiladi.
Model: So/too/as…as/how + adjective + a/an + singular count noun
- so clever a boy. too good a book. This is as interesting a film as the film we saw last week.
How nice a man he is!
6. Kishi kasbini va unvonini bildirgan otlar gapda ot kesim vazifasida birlikda kelsa ular oldidan noaniq artikllar ishlatiladi.
-I am a teacher -He is a doctor.
Lekin kishi kasbini va unvonini bildirgan otlar gapda ot kesim vazifasida ko’plikda kelsa, ular oldidan hech qanday artikllar ishlatilmaydi.
-We are teachers. -They are doctors.
●Kishi kasbini bildirgan otlar birlikda ega vazifasida aniq ma’noda kelsa ular oldidan aniq artikl the ishlatiladi.
The teacher gave me a “2” yesterday – O’qituvchi kecha menga “2” qo’ydi. (Sizga tanish bo’lgan, sizga dars o’tadigan o’qituvchi, aniq ma’noda)
●Lekin kishi kasbini bildirgan otlar birlikda ega vazifasida noaniq ma’noda kelsa, ular oldidan noaniq artikllar ishlatiladi.
-It was the first day of University. A teacher entered the room, introduced himself and began the lesson - universitetda ilk o’quv kunimiz edi. Bir o’qituvchi xonaga kirdi, o’zini tanishtirdi va darsni boshladi.(Oqituvchini birinchi marta ko’rib turibiz, uni tanimaysiz, u haqda hech qanday ma’lumotga ega emassiz, noaniq ma’noda)
●Kishini kasbini va unvonini bildirgan otlar ko’plikda umumiy ma’noda kelsa, ulardan oldin hech qanday artikl ishlatilmaydi.
Teachers work much – O’qituvchilar ko’p ishlashadi. (O’qituvchilar haqida umumiy gapirilayapti)
Lekin kishi kasbi va unvonini bildirgan otlar ko’plikda ega vazifasida aniq ma’noda kelsa, ular oldidan aniq artikl the ishlatiladi.

Yüklə 235 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin