Imomova I. S


O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi tomonidan qilinayotkan ishlar



Yüklə 74,65 Kb.
səhifə3/7
tarix07.01.2024
ölçüsü74,65 Kb.
#201338
1   2   3   4   5   6   7
Taekwondo WT uslubiy qo\'llanma

1.2 O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi tomonidan qilinayotkan ishlar
Bugun mamlakatimizda yigirma mingdan ortiq o‘g‘il-qiz taekvondo WT bilan muntazam shug‘ullanmoqda. O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutining taekvondo bo‘limida malakali murabbiylar tayyorlanayotir. Olimpiya zaxiralari kollejlari, ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar olimpiya zaxiralari sport maktablaridagi taekvondo bo‘limlari, qator sport seksiyalari mahoratli sportchilarni tarbiyalashga xizmat qilmoqda.
O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi rahbariyati mintaqaviy federatsiyalar faoliyatini kuchaytirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, mashg‘ulot va musobaqalarni zamonaviy talablar darajasida tashkil etish uchun sharoit yaratish, xalqaro maydonda yuksak natijalar ko‘rsatishga qodir iste’dodli sportchilar seleksiyasini takomillashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirmoqda.
Ayni paytda mamlakatimizda 7700 nafar o‘g‘il-qiz aynan ushbu sport turiga oshno tutinishgan, shularning 1960 nafari o‘smirlar, 4590 nafari kadetlar, 1150 nafari kattalardan iborat. Bugungi kunda hududlarda 181 nafar murabbiy, 65 nafar hakam yoshlarga saboq berib kelmoqda. Ikki nafar xalqaro toifadagi hakam Dmitriy Kim va Ramish Ismatovlar yirik musobaqalarni faol boshqarib kelyapti.
Shuningdek, bu yerda Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan mo‘jaz zal qurilib, foydalanishga topshirilish arafasida turibdi. Bu yerda kelajakda mamlakat taekvondosi rivojiga xizmat qiladigan yetuk kadrlar tayyorlanadi. Joriy yilda ushbu inshoot qurib bitkazilib, o‘z shug‘ullanuvchilari ixtiyoriga topshiriladi. Ayni paytda inshootning asosiy ishlari o‘z yakuniga yetib qoldi. Bir so‘z bilan aytganda, mamlakatimizda taekvondo WT sporti yuksalish pillapoyalari sari dadil odimlashda davom etyapti.

II BOB Jahon taekvondo federatsiyasi
Butunjahon taekvondo federatsiyasi 1973-yil 28-mayda tashkil etilgan boʻlib, uning prezidenti Cho Chjonvon hisoblanadi. 1973 yil 25-27 may kunlari Seulda birinchi jahon chempionati bo'lib o'tdi. WTF shtab-kvartirasi va ayni paytda taekvondo markazi Seul (Koreya)dagi Yangdong tumanidagi qiyalik tepasida joylashgan Kukkivon hisoblanadi. Kukkivon 1972 yil 30 noyabrda ochilgan va 1974 yil 7 iyulda davlat organlarida roʻyxatga olingan. Kim Un Yon WTFning birinchi prezidenti bo‘ldi va 1980-yil 17-iyulda Butunjahon taekvondo federatsiyasi Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) tomonidan e’tirofga sazovor bo‘ldi. 2017-yil 24-iyun kuni Butunjahon taekvondo federatsiyasi o‘z nomini Butunjahon taekvondo federatsiyasidan Butunjahon taekvondoga o‘zgartirdi.

Yüklə 74,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin