Imomova I. S


Sportning jamiyatdagi asosiy funksiya va shakllari



Yüklə 74,65 Kb.
səhifə6/7
tarix07.01.2024
ölçüsü74,65 Kb.
#201338
1   2   3   4   5   6   7
Taekwondo WT uslubiy qo\'llanma

Sportning jamiyatdagi asosiy funksiya va shakllari

Jismoniy madaniyatning jamiyatda asosiy funksiya va shakllarining axamiyati. Xalq ommasi jismoniy tarbiyaning haqiqiy ijodkoridir. Jismoniy tarbiyada qo‘llaniladigan ko‘pchilik jismoniy mashqlarning halqchilik xususiyati buning yorqin dalilidir. Hozirgi zamon sport turlari va o‘yinlarining ko‘pchiligi masalan; kurash, boks, og‘ir atletika, qilichbozlik, kabilarning asosi qadim zamonlarda halq tomonidan yaratildi, bir necha avoldlar ularni ehtiyotkorlik bilan saqladi va takomillashtirib bordi.
Prezidentimiz ta’kidlaganidek shaxs ijtimoiy xayotning mas’uli ekan, u albatta bolani o‘rab olgan muxit ta’sirida rivojlanadi. Yozma yodgorliklar, halq dostonlari, epos va jismoniy tarbiyaning taraqqiy etish amaliyotida jismoniy tarbiya tarixini manbai bo‘lib xizmat qiladi. Madaniy tarixiy jarayoning mazmuni va asosini kishining jismoniy va intellektual qobiliyatlari uning axloqiy va badiiy estetik sifatlarini rivojlanishi tashkil etadi. Madaniyat masalalari mustaqil O‘zbekistonda eng muxim va dolzarb soxalardan biridir. Bu ishlab chiqarish madaniyati, muomala madaniyati, bola tarbiyasi madaniyati, jismoniy madaniyati, sport bularning xammasi katta diqqati izchil e’tiborni talab qiladi.
Jismoniy madaniyatning ahamiyatini, o‘rnini va ijtimoiy hodisalar tizimidagi joyini chuqurroq tafakkur qilish uchun uning jamiyatdagi asosiy funksiya va shakllarini tahlil qilish katta ahamiyatga ega. Busiz jismoniy madaniyatning qonunlarini va uni rivojlanishini boshqarish mumkin emas. Jismoniy madaniyatning funksiyalari va shakllarini bajaradigan ishining tahlili bilan hozirgi vaqtda nazariyachilar, tarixchilar, sotsiologlar, tashkilotchilar va boshqa mutaxassislarning qiziqishi bejiz emas.
Jismoniy madaniyatni funksiyalari o‘z-o‘zidan to‘liqligicha amalga oshirilmasdan, balki kishini aktiv faoliyati orqali madaniy boyliklarni yo‘naltirilgan xolda ishlatiladi. Jismoniy madaniyat funksiyalarida uni faoliyat mazmuni, shu bilan birga xar bir shaxs uchun va umuman jamiyat uchun axamiyati oshib boriladi. Jismoniy madaniyatni funksiyalari, xar qanday funksiyalar singari malum shakllar bilan amaliyotda ko‘rinishi bo‘yicha ajratib bo‘lmaydi.
«Shakllari» tushunchasi bu yerda, jismoniy madaniyat tuzilishi jixatidan turi, ko‘rinishi va xar xil turligi bilan farqlanishi tushuniladi.
«Turlari» deb jismoniy madaniyatni elementlarga nisbatan katta birikmasini uni tuzilishi bo‘yicha funksiyalari bilan bog‘langanligiga aytiladi. Har xil turliligi deb katta bo‘lmagan shakllarni, xar xil turlarda bo‘lishi tushuniladi. Masalan jismoniy madaniyatni ko‘rinishi deb ishlab chiqarish jismoniy madaniyatni olsak, uni xar xil turliligi ishlab chiqarish gimnastikasi kirish gimnastikasi tushuniladi.
Jismoniy madaniyat xaqiqiy funksiyalarini taxlil qilishni quyidagi metodologik xolatlar ko‘rsatadi:
1) Jismoniy madaniyatni u yoki bu funksiyasini ko‘rinish belgisi bo‘lib oxirgi xisobda uning o‘ziga xos ob’ektiv xususiyatlari xisoblanadi. Masalan jismoniy madaniyatga, ruxiy madaniyatni xamma funksiyalarni ob’ektiv ravishda boshqa olmaydi.
2) Jismoniy madaniyatni maxsus funksiyalari, madaniyatni boshqa turlariga ta’luqli bo‘lmagan, aloxida xususiyatga ega bo‘lgan funksiyalardir. Jamiyatda jismoniy madaniyat vositasini ishlatish bilan erishganlarni xammasini maxsus funksiyalar deb atab bo‘lmaydi. Masalan kishilarni birlashib jismoniy madaniyatda faoliyat qilishi yoki jismoniy madaniyat xarakatini xalqlar o‘rtasidagi qiziqishga, faqatgina jismoniy madaniyatini o‘ziga xos ichki kuchi emas, balki umum ijtimoiy munosabatlarni natijasi bo‘lib, jamiyatda shuncha javobgar tashkilotlarni yo‘naltirilganligidir. Jismoniy madaniyatni umumiy va maxsus funksiyalari, madaniyatni birtomonini farqlaydi. Umumiy funksiyalari jismoniy madaniyatni jamiyatni boshqa xodisalar bilan birlashtiradigan funksional bog‘liqlikka asoslanadi.
3) Jismoniy madaniyatni funksiyalarini uni shakllari bilan ajralmagan bog‘liqlikda deb qarash kerak. Funksiya bilan shakl umumilmiy metodologiya ko‘rsatma bo‘yicha bir-biridan ajralgan xolda, balki bir-birini to‘ldiradi. Shuning uchun jismoniy madaniyat funksiyalarini ajratish, bir tuzumga tushurishda asosiy shakllariga, turlariga va ko‘rinishlariga bog‘lanmasdan rejalashtirish, tuzish mumkin emas.
4) Jismoniy madaniyat funksiyalarini bir butunlikda qaralganda, jismoniy madaniyatning ijtimoiy tizimni organik qismi bo‘lib, ijtimoiy borliqni boshqa tomonlari bilan bog‘liqdir. Jismoniy madaniyatni tuzilishiga insonllarni xayot kechirishi turmush tarzi jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.
5)Jismoniy madaniyatni xar xil shakllarini xususiyati ishlatish doirasiga qarab, ijtimoiy soxani u yoki bu xususiyatini ochib beradi. Masalan,ishlab chiqarish soxasiga kiritilgan jismoniy madaniyat, har kungi turmush xayotga kiritilgan jismoniy madaniyatdan farq qiladi. Jismoniy madaniyat soxasidagi madaniyatning funksiyasi tajribada xamma vaqt yangi usullar yaratilishi, kishilarning psixologiyasiga ta’sir qilishida xam ko‘rinadi. Jismoniy madaniyatni rivojlanishi va malum darajadagi vazifani bajarishi, jamiyatdagi xayot sharoitida belgilangan xarakterda ishlatilishiga qarab, uni aniq baxosi va roli bilan bog‘liqdir.
6) Jismoniy madaniyat tarixiy rivojlanish jarayonida jamiyatda asosiy xayot sharoitini o‘zgarishiga bog‘liq xolda o‘zgaradi. Jismoniy madaniyatni funksiya va shakllariga xarakterestika berishda, uni ko‘rinishlarida nisbatan mustaqilligini, xar qaysi jamiyat informatsiyasi sharoitida qabul qilinganligiga qarash kerak.
Jismoniy madaniyat “funksiyasi” deganda, uning o‘ziga tegishli ob’ektiv xususiyatlari bilan insonga va inson munosabatlariga, muomalasiga ta’sir ko‘rsatishi, shaxs va jamiyatni ma’lum talabini qondirilishi va rivojlantirilishi tushuniladi. Shu bilan birga, jismoniy madaniyatning funksiyalari o‘z-o‘zidan to‘liqligicha amalga oshirilmasdan, balki kishini faol faoliyati orqali madaniy boyliklarni yo‘naltirilgan holda ishlatilishi tushuniladi. Inson biror sport turi bilan shug‘ullanayotganda o‘zining shunga bo‘lgan talabini qondiradi, shu bilan birga shu sport turi bilan shug‘ullanayotgan boshqa insonlar bilan o‘zaro muomalada bo‘ladi.
Jismoniy madaniyatning funksiyalarida uning faoliyat mazmuni, shu bilan birga har bir shaxs uchun va umuman jamiyat uchun ahamiyati ochib beriladi.
Jismoniy madaniyatning umumiy va maxsus funksiyalari mavjud.
Maxsus funksiyalari. Jismoniy madaniyatning maxsus funksiyalari deganda, madaniyatning boshqa turlariga taalluqli bo‘lmagan, alohida xususiyatga ega bo‘lgan funksiyalar tushuniladi. Bular uni ko‘rinishlari va har xil turlarini xususiyatiga qarab bo‘linadi. Umuman jismoniy madaniyatga xos bo‘lgan hamma yoki ko‘pgina turlarini birlashishi sharoitida amalga oshiriladigan funksiyalarni hamda ayrim bo‘limlarga, ko‘rinish va har xil turlariga taalluqli o‘ziga xos funksiyalarni ajratish mumkin. Jismoniy madaniyatning maxsus funksiyalari umuman uni o‘ziga xos xususiyatlari, kishini harakat faolligini tibbiy talabini qondirishga mo‘ljallangan bo‘lib, shu asosda organizmni jismoniy holati va rivojlanishini, sog‘liqni mustahkamlash qonuniyatlariga binoan optimal darajaga keltirish va hayotda kerak bo‘ladigan jismoniy ish qobiliyatini ta’minlashdan iboratdir.
Jamiyat tomonidan tuzilgan ma’lum sotsial sharoitda, jismoniy madaniyatning asosiy maxsus funksiyalarini maqsadga muvofiq ravishda jismoniy kamolotga erishish omili sifatida ishlatilishi shaxsni har tomonlama garmonik rivojlanishiga olib keladi.
Inson organizmining yashashi, me’yorda ishlashi va rivojlanishi uchun harakat faolligi bo‘lishi va unga kerakli sharoitlar yaratilishi shart. Agarda harakat faolligi olib tashlansa, yoki minimum miqdorgacha pasaytirilsa, kishi organizmi yomon oqibatlarga tushib qoladi. Buyuk donishmand Aristotel bejizga “Inson organizmini hech narsa uzoq vaqt jismoniy harakatsizlikdek darmonni quritishi va yemirishi mumkin emas” demagan. Bizning davrimizda ishlab chiqarish jarayonini mexanizatsiyalash, avtomatlashtirish, kompyuterlashtirish kishini harakat faoliyatining asosiy sohasini harakat faolligi hajmini kamaytirib, asr kasali gipodinamiyani yaratdi.
Jismoniy madaniyatni har kungi turmushga muntazam ravishda singdirish ishlab chiqarish gipodinamiyasining yomon ta’sirini yo‘qotadi, jismoniy sifatlarni rivojlantirib, insonni har tomonlama kamol toptirishga yo‘naltiriladi.
Yuqoridagilarni hisobga olgan holda jismoniy madaniyatning maxsus funksiyalarini ajratamiz:
1) Ta’lim va tarbiya funksiyasi. Jismoniy madaniyatning umumiy ta’lim tizimidagi doimiy tarzdagi, hayotda kerak bo‘ladigan, harakat ko‘nikmasi va malakalarini, ular bilan bog‘liq bilimlarni tashkil topishida foydalanganda to‘liq ko‘rinadi.
2) Amaliy funksiyasi. Jismoniy madaniyatning mehnat faoliyatida, professional amaliy tayyorgarlik omili sifatida maxsus tayyorgarlik tizimida qo‘llanganda ko‘rinadi.
3) Sport funksiyasi. Sportni yuqori ko‘rsatkichlar sohasida, jismoniy madaniyat maksimal natijalarga erishish omili hamda jismoniy va unga bevosita taalluqli imkoniyatlarni ko‘rsatishda aniq ko‘rinadi.
4) Rekriativ va sog‘lomlashtirish-reabilitatsiya funksiyasi. Jismoniy madaniyatni dam olishni tashkil qilish sohasida yoki organizmni maxsus qayta tiklash tizimida, charchashga qarshi kurash omili sifatida, emotsional talablarni qondirishda va organizmni vaqtincha yo‘qotgan funksional imkoniyatlarini qayta tiklashda ko‘proq ko‘rinadi. Ko‘pgina ilmiy ishlarda gipodinamiya yurak qon-tomir tizimi kasalliklariga olib kelishi isbotlangan. Shuning uchun ham rekriativ va sog‘lomlashtirish funksiyasining ahamiyati juda katta.
Jismoniy madaniyatning bu funksiyalarini amalga oshirish ob’ektiv ravishda faqatgina kishining jismoniy sifatlarigagina bog‘liq bo‘lib qolmasdan, balki uning ruhiy va shaxsiy sifatlariga ham bog‘liqdir.
Umumiy funksiyalari. Madaniyatga taalluqli bo‘lgan hamma umumiy funksiyalar, u yoki bu holda jismoniy madaniyat sohasida ham ko‘rinadi.
1) Estetik funksiyasi. Jismoniy madaniyatni o‘ziga xos xususiyatlari bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, insonlarni jismoniy kamolotga, sog‘lom bo‘lishga, umumiy garmonik rivojlanishiga bo‘lgan talablarini qondiradi. Shuning uchun ham har xil san’at turlarida jismoniy madaniyat turlarini qayd qilish keng yo‘l olgan bo‘lsa, sportning o‘zi ham san’atning ko‘pgina ko‘rinishlarini qabul qiladi.
2) Normativ funksiyasi. Jismoniy madaniyatni jamiyatdagi amaliyotda ishlatilishi bilan, ma’lum mezonlar ishlab chiqiladi va mustahkamlanadi. Bular esa tartiblashtirilgan, sport ko‘rsatkichlarini me’yorlashtirilgan ko‘rsatkichi, jismoniy kamolotning umumiy kriteriyalari, jismoniy yuklamani me’yorlashtirish qoidalari va h.k. bo‘ladi.Bular amaliyotda “Alpomish” va “Barchinoy” sport majmuasi va O‘zbekiston Respublikasi sport klassifikatsiyasida yaxshi ko‘rsatilgan.
3) Axborot funksiyasi. Jismoniy madaniyat vositalari va ularni ko‘paytirish yo‘lida, avloddan avlodga qimmatbaho ma’lumotlarni qoldirishda va ularni yig‘ishda inson va uning imkoniyatlari katta o‘rin egallaydi.
Jismoniy madaniyat sohasida yaratilgan moddiy va ma’naviy boyliklar insonni o‘zini tabiiy sifatlarini takomillashtirish va uni yutuqlarini tashish axboroti bo‘lib xizmat qiladi. Kundan kunga jismoniy tarbiya va sportda ko‘pgina yangi ma’lumotlar paydo bo‘lyapti va ular asoisda qonuniyatlar topilayapti.
Masalan: sportni ilmiy tomondan tekshirish, bizning organizmimizning funksional imkoniyatlarini, fiziologiyada hozirgacha ma’lum bo‘lmagan faktlarni ochib berdi.
Bugungi kunda jahonda sport bo‘yicha musobaqalar xalqlar o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlashga, insonlar salomatligini rivojlantirishga, turli xil kasalliklarni oldini olishga qaratilgandir. Sportni ommaviy tarzda targ‘ib qilinishi o‘sib kelayotgan yosh avlodni ham, butun dunyo ommasini ham unga jalb qilishdir.
Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish shaxslar, jamoalar va xalqlar o‘rtasidagi aloqalar million-million xalqlarni birlashtirib, eng ko‘p tarqalgan shakllardan biri bo‘lib qoldi. . Jismoniy madaniyat harakatini o‘sib boruvchi oqimida xalqaro shakllarini ham hisobga olganda xalqlar o‘rtasida, do‘stlik va tinchlik orqali g‘oyaviy birlashish va do‘stona aloqa qilish turibdi. “Sport tilining” universalligi, hamma insonlarni tarjimasiz tushunishi, haqqoniy kurasha olishi, kishilarni tarqatmasdan balki birlashtirishga olib keladi.

Yüklə 74,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin