Ijtimoiy hamkorlik doirasida ta’lim jarayonini tashkil etish metodikasi xuramov Ilxom Panjiyevich



Yüklə 33,62 Kb.
səhifə1/3
tarix03.04.2023
ölçüsü33,62 Kb.
#92914
  1   2   3
Xuramov I.P Maqola 44444 2023


IJTIMOIY HAMKORLIK DOIRASIDA TA’LIM JARAYONINI TASHKIL ETISH METODIKASI
Xuramov Ilxom Panjiyevich
Termiz davlat universiteti o’qituvchisi
e-mail: xuramovilxom@gmail.com
Annotasiya: Ushbu maqola professional ta’lim muassasalarida ijtimoiy hamkorlik mexanizimini shakillantirish tarixi rivojlanish bosqichlari va jaxon tajribalarini o’rganish va mamlakatimizda professional ta’lim muassasaliri faoliyatini rivojlantirishda muhim ro’l tarmoqlardan biri ekanligini ochib berishga qartilgan.
Kalit so’zlar: Ijtimoiy hamkorlik, konsepsiya, ijtimoiy munosabatlar, manfaatlar, jamoa, professional ta’lim, o‘zaro bog‘liqlik.
МЕТОДОЛОГИЯ ОРГАНИЗАЦИИ ОБРАЗОВАТЕЛЬНОГО ПРОЦЕССА В РАМКАХ СОЦИАЛЬНОГО СОТРУДНИЧЕСТВА
Хурамов Ильхом Панджиевич
Преподаватель Термезского государственного университета
электронная почта: khuramovilxom@gmail.com
Аннотация: Данная статья посвящена изучению исторических этапов развития и мирового опыта формирования механизма социального сотрудничества в профессиональных образовательных учреждениях и выявлению того, что это одна из ветвей играет важную роль в развитии деятельности профессиональных учебных заведений нашей страны.
Ключевые слова: Социальное сотрудничество, концепция, социальные отношения, интересы, коллектив, профессиональное образование, взаимозависимость.
METHODOLOGY OF ORGANIZING THE EDUCATIONAL PROCESS WITHIN THE FRAMEWORK OF SOCIAL COOPERATION
Khuramov Ilkhom Panjiyevich
Teacher of Termiz State University
e-mail: khuramovilxom@gmail.com
Abstract: This article is devoted to the study of the historical development stages and world experiences of the formation of the mechanism of social cooperation in professional educational institutions and to reveal that it is one of the branches of an important role in the development of the activities of professional educational institutions in our country.
Key words: Social cooperation, concept, social relations, interests, team, professional education, interdependence.
Bugungi kunda kasb-hunar ta’limi muassasasining asosiy ijtimoiy vazifasi mehnat bozorida talab qilingan bitiruvchilarni ya’ni raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashdir. Ushbu vazifani amalga oshirish uchun professional ta’limidagi ta’lim mazmuni ishlab chiqarishdagi mutaxassis faoliyatini, uning bilim, ko‘nikma va malakalarini o‘zida to‘liq mujassamlashtirishi lozim.
Mazkur dolzarb masalani ijobiy hal etish uchun ta’lim mazmunining asosi hisoblangan professional ta’limi tarmoq standartlari, o‘quv reja va o‘quv dasturlarini yaratish va ularni takomillashtirish jarayoniga ta’lim muassasasining kadrlar tayyorlashdagi eng yaqin ijtimoiy hamkori hisoblangan ish beruvchilarni jalb etish zarur.
O’quv va ishlab chiqarish amaliyotlarini tashkil etish va o‘tkazishda ta’lim jarayoniga ishlab chiqarish korxonalari amaliyotchi mutaxassislarini jalb etish, ularning bazasidan keng foydalanishni yo‘lga qo‘yish kollej bitiruvchilari kasbiy ko‘nikma va malakalarining talab darajasida bo‘lishini hamda ishlab chiqarish sharoitlariga tez moslashuvini ta’minlaydi. Buning uchun ishlab chiqarish mutaxassislarini o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotlari bo‘yicha ta’lim dasturlarini takomillashtirishda ishtirok etishlarini ta’minlash zarur bo‘ladi.
Biz tomondan olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari professional ta’limlarida kadrlar tayyorlash uchun ta’lim mazmunini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilishda ijtimoiy hamkorlarni keng jalb etishga qaratilgan bo‘lib, pirovard natijada tayyorlangan mutaxassislarning kasbiy bilimi, ko‘nikma va malakalari bilan mehnat bozori talablari o‘rtasida nomutanosiblikni bartaraf qilishga erishish, ta’lim muassasalari bilan ishlab chiqarish korxonalarining o‘zaro manfaatli hamkorligini ta’minlashni ko‘zda tutadi
Ijtimoiy hamkorlik doirasida tashkil etiladigan ta’lim jarayoni bir qator bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan faoliyatlar doirasida amalga oshiriladi. Bunda har bir olingan alohida bosqichda tegishli manfaatdorlarni jalb qilish mumkin.


Yüklə 33,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin