Ibragimova lola bitiruv malakaviy ishi mavzu: maktabgacha ta



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/23
tarix02.01.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#38607
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23
maktabgacha talim yoshidagi bolalar nutqini ostirishda bolalar adabiyotidan foydalanish

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

I BOB. MAKTABGACHA TARBIYA YOSHIDAGI BOLALAR 

NUTQINING O’SISHIDA BOLALAR ADABIYOTINING O’RNI. 

1.1. BOLALARNI BADIIY NUTQQA O’RGATISH BO’YICHA ISH 

MAZMUNI HAMDA VAZIFALARI. 

Maktabgacha tarbiya yoshidaga bolalar bilan ishlashda badiiy so’z katta o’rin 




 

11 


tutadi.  Bolalar  xalq  ertaklari,  she’r,  hikoyalar  eshitishni  yaxshi  ko’radilar.  Bolalar 

adabiyoti, avvalo o’zining qiziqarli mazmuni, badiiy obrazlarining go’zalliga, tilning 

ifodaliligi,  she’riy  so’zlarning  musiqaviyligi  bilan  bolalarga  quvonch  baxsh  etadi. 

Ayni  vaqtda  u  bolalarga  tarbiyaviy  ta’sir  ko’rsatadi.  Buyuk  rus  demokratik  V.G. 

Belinskiy  bolalar  kitobi  tarbiya  uchun  yoziladi,  «Tarbiya  –  buyuk  ish,  u  insonning 

taqdirini hal qiladi» - degan edi.

 

Badiiy  adabiyotning  qimmati  bolaning  har  bir  jihatdan  o’sishiga  ta’sir 



ko’rsatishidadir.  Badiiy  adabiyot  bolaga  jonajon  o’lka  tabiatining  kishilarning 

mehnati va hayotini, ularning qilayotgan ishlari va ko’rsatayotgan qahramonliklarini, 

bolalar  hayotidan  olingan  voqyealar,  bolalarning  o’yinlari,  ermaklari  va  qilayotgan 

mehnatlarini  himoya  qilib  beradi.  Kishilarning  ichki  dunyosini  yoritib,  ularning 

xarakterlari,  his-tuyg’ulari,  xatti-harakatlarini,  shuningdek,  tasvirlangan  hodisalarga 

yozuvchining 

munosabatini 

ko’rsatib, 

badiiy 

adabiyot 

asarlari 

bolani 


hayajonlanishga,  asar  qahramonlariga  achinishga  yoki  ularni  qoralashga  majbur 

qiladi.  Eng  yaxshi  badiiy  adabiyot  asarlari  bolalarda  biror  narsaga    yaxshi-yomon, 

adolatli-adolatsiz,  to’g’ri-noto’g’ri  deb,  o’zlariga  xos  bir  yordam  beradi.  Bolalar 

kitobning  qiziqarli  mazmuni  do’stlik,  halollik,  mehnatsevarlik,  o’rtoqlik 

namunalarini  ko’rsatadi.  Bolalar  badiiy  adabiyot  asarlari  estetik  jihatdan 

tarbiyalashga ham katta ta’sir ko’rsatadi. Badiiy asarlarning yorqin obrazlari, jonajon 

tabiatning  shoirona  manzaralari,  she’rlarning  musiqaviyligi,  tilning  o’tkirligi, 

ifodaliligi  bolalarga  yoqadi.  Bolalar  badiiy  so’z  qudratini  his  etadilar,  uncha  katta 

bo’lmagan ertaklar, xalq ashula hamda she’rlarini tez va osongina eslab qoladilar. 

Badiiy  so’zga  muhabbatni  ilk  yoshdan  boshlab  tarbiyalab  borish  zarur,  bola 

bog’chadan  maktabga  ana  shu  muhabbat  bilan  o’tadi  va  keyinchalik  Vatan 

adabiyotini  sevadigan  bo’lib  qoladi.  Xalq,  og’zaki  ijodi  –  ertaklar,  topishmoqlar, 

maqollar,  qo’shiqlarning  ko’plari  uzoq  o’tmishda  va  hozirgidan  tubdan  farq 

qiladigan voqyeligidan tubdan farq qiladigan turmush sharoitida yaratilgan xalq ijodi 

asarlaridan faqat tarbiya vazifalariga javob beradiganlari tanlab olinadi. 

Aql-idroki  yoki  jasurligi  bilan,  sabr-toqati  yoki  mehnati  bilan  har  qanday 

qiyinchiliklarni  yengadigan  dovyurak,  vijdonli  qahramonlar  ishtirok  etadigan 



 

12 


ertaklardan  bolalar  juda  hayratlanadilar,  bunday  ertaklar  bolalarni  ijobiy 

qahramonlarga 

nihoyatda 

hayrixoh 

bo’lishga, 

yovuzlikka, 

nohaqlikka, 

qizg’anchiqlikka, makr-xiylaga nisbatan murosasiz bo’lishga majbur etadi. 

O’zbek  xalq  ertaklaridan  tashqari  ko’pgina  rus  xalq  va  mamlakatimizdagi 

boshqa  xalqlar  ertaklari  ham  bolalarga  o’qib  beriladigan  ertaklar  jumlasiga  kiradi. 

Rus  mumtoz  adabiyoti  namoyondalaridan  A.S.Pushkin,  N.A.  Nekrasov,  L.N. 

Tolstoy,  K.D.  Ushinskiy  va  boshqalarning  asarlari  bolalarga  o’qib  berish  dasturiga 

kiritilgan.  O’zbek  yozuvchilari,  shoirlari  bolalar  uchun  juda  ko’p  ajoyib  asarlar 

yaratganlar.  Bu  G’.G’ulom,  N.  Orifjonov,  I.  Muslim,  P.  Mo’min,  Sh.  Sa’dulla,  Q. 

Hikmat,  Q.  Muhammadiy  va  boshqalarning  asarlari  –  bolalarga  o’qib  beriladigan 

asarlarning  eng  boy  manbasi  hisoblanadi.  Maktabgcha  tarbiya  yoshidagi  bolalarga 

bag’ishlangan adabiyotlar ro’yxatidan rus yozuvchilari va shoirlari: V. Mayakovskiy, 

A.  Kononov,  S.Mixalkov,  A.  Gaydar,  K.  Chukovskiy  va  boshqalarning  tarjima 

qilgan  asarlari  keng  o’rin  olgan.  Bu  ro’yxatga  chet  el  yozuvchilari  Sh.  Perro, 

X.K.Andersen  va  boshqalarning  ertaklari  ham  kiradi.  Bolalarga  o’qib  beriladigan 

asarlar  doirasiga  har  xil  janrdagi  asarlar:  hikoya  va  povestlar,  proza  hamda  she’r 

shaklidagi ertaklar, dostonlar, xazil she’rlari, topishmoqlar, masallar kiradi. 

Bolalar  bog’chasi  dasturida  ko’rsatilgan  asarlarning  ko’pchiligi  bolalar 

adabiyotining oltin fondini tashkil etadi. Har yili bolalar uchun yangi kitoblar nashr 

etib  turiladi.  Tarbiyachi  bosmadan  chiqayotgan  kitoblarni  kuzatib  borishi, 

jurnallardagi  tanqidiy  maqolalarni  o’qishi  va  bolalar  kitoblarining  muhokama 

etilishida ishtirok etishi kerak. Tarbiyachi har bir yosh guruhida bolalarni juda ko’p 

bolalar badiiy adabiyoti asarlari bilan tanishtirib borishi lozim. Bolalar bog’chasining 

muhim vazifasi bolalarning asarlar mazmunini o’zlashtirib olishlariga, ularni to’g’ri 

tushunishlariga erishishdir. Bolalar asarlarning bir  qismini yod olishlari, bir qismini 

esa matnga yaqinroq qilib aytib bera olishlari lozim. 

Tarbiyachi  bolalarda  adabiy  asarni  idrok  qilish  ko’nikmasini  tarkib  toptiradi. 

Bola  asarni  tinglayotib,  uning  mazmunini  o’zlashtiribgina  qolmay,  balki  muallif 

tasvirlayotgan his-tuyg’ular va kayfiyalarni his etishi ham lozim. Bolalar bog’chasida 

asarning  mazmuni  va  formalarini  analiz  qilishning  ba’zi  elementlari  ham  tarkib 



 

13 


toptiriladi.  Har  bir  bola  maktabga  o’tish  paytida  asarda  hikoya  qilangan  asosiy 

qahramonlarni aniqlay olishi, ularga nisbatan o’z munosabatini (kimning nima uchun 

yoqqanini)  ayta  bilishi,  asarning  formasini  aniqlay  bilishi  (she’r,  hikoya,  ertak) 

lozim.  


Bolalarda birgalashib eshitish malakalarini, uyushqoqlik bilan savollarga javob 

berish  va  o’qib  berilgan  asar  asosida  savollar  berish,  illyustrasiyani  diqqat  bilan 

ko’zdan  kechirish,  kitobga  yaxshi  munosabatda  bo’lish  ko’nikmalarini  tarbiyalash 

zarur. Bog’cha bolalarda kitobga berilish, bilishga qiziqish, tinglangan asar haqidaga 

taassurotlarni o’rtoqlashish istagi va ko’nikmasini tarbiyalashi lozim. 

Bolalar  kitobi  bolaga  tushunarli  bo’lgan,  uning  aqli  va  qalbiga  yetib  borgan, 

ya’ni bola yozuvchining hikoya qilayotgan narsasini tushunadi hamda his eta olgan 

taqdirdagina  u  o’zining  tarbiyaviy  rolini  bajaradi.  Tarbiyachilar  bolalarning  asarlar 

haqidagi  bilimlarini  mustahkamlab  borish  uchun  oldingi  yosh  guruhlarida  ularning 

qaysi asarlar bilan tanishganlarini bilishlari kerak. Buning uchun yil boshida oldingi 

guruh dasturini ko’rib chiqish va takrorlash materialini belgilab olishi lozim. 

Tarbiyachi  taqvim-reja  tuzish  paytida  yaqin  bir-ikki  hafta  ichida  bolalarga 

o’qib beradigan asarlarini tavsiya ro’yxatidan belgilab oladi. Bunda u bolalarda his-

tuyg’u va xulq-atvorni, tevarak-atrofga har xil qiziqish hamda munosabatlarni tarkib 

toptirishdek  muhim  tarbiyaning  umumiy  vazifalariga  amal  qiladi.  Bolalarning 

qiziqqan  narsalarini,  ularning  o’zaro  munosabatlarini,  o’yinlarini  kuzatish  yaxshi 

kitob  tanlashga  ancha  yordam  beradi.  Har  bir  asarni  tevarak-atrofdaga  ma’lum 

hodisalar  bilan  bog’lash  va  o’sha  vaqtdagina  o’qib  berish  lozim,  deb  o’ylash 

noto’g’ri. Albatta, kitobdagi hodisalarga bog’liq mavzuni o’qib berish kerak. Lekin 

boshqa vaqtda ham bunday kitob o’qishni o’tkazish lozim. 

Tarbiyachi asar tanlagach, bolalarga uni qanday  yetkazish lozimligini aniqlab 

olishi  kerak.  Notanish  so’zlari  ko’p  bo’lgani  uchun  bolalar  mazmunini  tushuna 

olmaydigan asarni o’qimagan ma’qul. O’tmishda tarixiy davr bilan bog’liq bo’lgan 

mumtoz  adabiyot  namoyondalarining  asarlarida,  masalan,  A.S.  Pushkin  ertaklarida, 

xalq  ertaklarida  uchraydigan  juda  ko’p  notanish  so’zlarni  tushuntirish  kerakmi? 

degan  savol  tug’iladi.  Bu  so’zlar  bolalarning  asar  mazmunini  tushunib  olishlariga 




 

14 


xalaqit bermaydimi, shuning uchun ularni tushuntirmasa ham bo’ladi. 

Badiiy  adabiyotdan  foydalanadigan  mashg’ulotlar  g’oyat  osoyishta  sharoit 

yaratilishini  talab  etadi.  Muhimi,  xech  narsa  bolalarni  eshitishdan  chalg’itmasligi 

lozim.  Mashg’ulotlarni  tez  uyushtirish,  uni  bolalar  adabiyotiga  xos  sog’lom, 

optimistik  xarakterda,  xushchaqchaqlik  bilan  o’tkazish  kerak.  Tarbiyachi  bolalarni 

xushmuomalalik  va  osiyishtalik  bilan  o’tirishga  taklif  etib,  bolalarning  qanday 

o’tirganini  tekshirib,  mashg’ulotni  boshlaydi.  Mashg’ulot  boshlangan  vaqtdayoq 

bolalarning  diqqatini  jalb  etish  juda  muhim.  Bunga  ogohlantirish,  po’pisa  qilish 

(«Eshitinglar,  keyin  sizlardan  so’rayman»)  bilan  emas,  balki  qiziqarli  muqaddima 

so’zi,  muqaddima  suhbati  bilan  erishish  mumkin.  Chunki  ularda  kitob  mazmuniga 

qarab  yorqin  surat,  topishmoq,  bolalar  tajribasidan  va  hokazolardan  foydalansa 

bo’ladi. Bolalar bilan o’qib berishdan oldin va o’qib berishdan keyin olib boriladigan 

dastlabki  ish  badiiy  asarning  mazmuniga  bog’liqdir.  Ba’zan  tarbiyachi  muqaddima 

so’zida asarning nomi, muallifning ismi, mavzuni ma’lum qiladi.  Masalan, «Bugun 

men  sizlarga  o’zbek  xalq  ertaklaridan  «Aqlli  qiz  qanday  qilib  qizg’anchiq  boyni 

aldagani»ni  o’qib  beraman.  Mashg’ulotni  muqaddima  suhbati  bilan  boshlash 

mumkin. Masalan, S.Y.Marshakning «O’n ikki oy» ertagini o’qib berishdan oldin:  

Tarbiyachi: Bolalar, bir yilda necha oy borligini bilasizlarmi? 

Bolalar yoki tarbiyachi: O’n ikki oy.  

Tarbiyachi: U oylar qanday ataladi? 

Bolalar  oylar  nomini  aytishadi,  tarbiyachi  esa,  zarurat  bo’lsa,  ularning 

javoblarini tuzatadi.  

Tarbiyachi:  Bir  oy  tugashi  bilanoq  ikkinchisi  boshlanadi.  Hali  hyech  qachon 

fevral  yanvar  tugamasdan  kelmagan  yoki  may  oyi  aprelni  quvib  o’tmagan.  Oylar 

birin-ketin kelaveradi va hyech qachon bir-biri bilan uchrashmaydi. Ammo odamlar 

tog’lik  o’lka  –  Begimiyada  bir  qiz  bir  vaqtning  o’zida  o’n  ikki  oyning  hammasini 

ko’rganligi haqida hikoya qiladi. Bu qanday bo’lgan? 

Manna bunday .... 

Keyin tarbiyachi kitobdan o’qiy boshlaydi. 

Ertak  o’qib  bo’lingach,  qizcha  bir  vaqtning  o’zida  birdaniga  o’n  ikki  oyni 




 

15 


qanday  ko’rganligi,  qiyin  vaqtda  oylar  qizchaga  qanday  yordam  berganligi  va 

boshqalar  haqida  suhbat  o’tkazgan  ma’qul.  Ayniqsa,  axloqiy-estetik  va  bilish 

mazmuniga  ega  bo’lgan  kitoblarni  o’qib  berishda  puxta  tayyorgarlik  talab  qilinadi. 

Axloqiy-estetik  mazmundagi  kitoblar  bolalarda  axloqiy  sifatlar,  xulq-atvorning 

ijobiy tomonlarini tarkib toptirishga yordam beradi. Sh. Sa’dullaning «Injiq qizcha», 

L.N.  Tolstoyning  «Danak»,  V.  Oseyevaning  «Sehrli  so’z»  degan  asarlari  va 

boshqalar shunday kitoblar jumlasiga kiradi. 

Muhimi,  bolalarning  kitobni  eshitish  jarayonidayoq  uning  g’oyaviy 

mazmunini  tushunib  olishlaridir.  Bunda  muqaddima  suhbati  katta  rol  o’ynaydi, 

tarbiyachi bunday suhbatda bolalar diqqatini eng asosiy, muhim narsalarga jalb etadi, 

Masalan,  maktabga  tayyorlov  guruhida  Sh.Sa’dullaning  «Injiq  qiz»  she’rini  o’qib 

berishdan  oldin  tarbiyachi  bolalarga  bunday  savol  beradi:  «Bolalar,  yaxshilab 

o’ylang va ayting: qanday qiz haqida – yaxshi qiz va qanday qiz to’g’risida – yomon 

deyishadi?». 

Bolalarning javoblari. 

Tarbiyachi: Bolalar, sizlar kimning yaxshi qiz, kimning yomon qiz deyilishini 

to’g’ri aytinglar.  Hozir men  sizlarga Gulbodom degan qiz  haqida yozilagan she’rni 

o’qib  beraman.  Sizlar  yaxshilab  eshiting  va  keyin  menga  Gulbodomni  yaxshi  qiz 

deyish mumkin-munkin emasligini aytasiz. Bu she’r «Injiq qiz» deb ataladi. She’rni 

shoir Shukur Sa’dulla yozgan. 

Shundan so’ng tarbiyachi she’rni o’qiy boshlaydi. 

Axloqiy-estetik  mazmundagi  kitobni  o’qishdan  oldin  o’tkaziladigan 

muqaddima  suhbati  qisqa  bo’lishi  –  3-5  daqiqadan  oshmasligi  va  albatta  bolalar 

tajribasi bilan bog’lanishi kerak («Kimni biz yaxshi qiz deymiz?»  -bu savol bolalar 

tajribasiga va kitob mazmuniga qaratilgan).  

Axloqiy-epik  mazmundagi  kitoblar  o’qib  bo’lingandan  keyin  ham  suhbat 

o’tkazishni  talab  etadi.  Bunday  suhbatlarda  juda  ko’p  savol  va  tushuntirishlar 

bo’lmasligi  lozim,  chunki  bolalar  kitobni  o’qish  paytidayoq  qahramonlar  xatti-

harakatlarining  mohiyatini  chuqur  anglab  oladilar.  O’qilgan  asar  haqida 

o’tkaziladigan  suhbatlarda  bolalarni  qahramonlarning  xatti-harakatlarini  to’g’ri 




 

16 


baholashga  o’rgatish  va  bolalarning  qahramon  va  uning  xatti-harakatlariga  o’z 

munosabatlarini aytishlariga erishish lozim». 

Sh. Sa’dullaning she’rini o’qigandan so’ng o’tkaziladigan suhbatda bolalarga 

injiq qizning xulq-atvorini baholashga ko’maklashadigan savollar berish kerak. 

Tarbiyachi: Gulbodomni yaxshi qiz deb bo’ladimi? 

Bolalarning javoblari. 

Tarbiyachi: Nima uchun? 

Bolalarning javoblari. 

Tarbiyachi: Siz bunday qiz bilan do’st bo’lishni istarmidingiz? Nega? 

Bolalarning javoblari. 

Tarbiyachi: Gulbodomni uchratsangiz unga nima degan bo’lar edingiz? 

Bolalarning javoblari. 

Tarbiyachi: Gulbodomga onangizga qanday g’amxo’rlik qilishingiz va yordam 

berishingiz haqida nimalarni aytib berar edingiz? 

Bolalarning javoblari. 

Bilim  beruvchi  xarakterdagi  kitoblar,  masalan,  mehnat  haqidagi  kitoblar 

mukaddima suhbati va o’qigandan keyinga suhbatni boshqacha mazmunda bo’lishini 

talab etadi. Mehnat haqidagi kitob bolalar uchun kishilarning kasblari, mashinalar va 

mehnat qurollari haqidagi bilimlar manbai bo’lib xizmat etadi. 

Bilim  beruvchi  kitoblar  har  xil  bilimlar  manbai  bo’libgina  qolmay,  balki 

kishilarning  mehnatiga  hurmat,  tabiatga  nisbatan  muhabbat  va  hokazo  fazilatlar 

tarbiyalash vositasi bo’lib ham xizmat qiladi. Shuning uchun kitob bilan ishlashni 

shunday  yo’lga  qo’yish  g’oyat  muhimki,  u  bolalarda  yuksak  axloqiy  sifatlar 

tarbiyalash imkonini bersin (masalan, katta guruhda Q. Muhammadiyning «Etik» 

she’rini o’qishda).   

Monolog nutq dialog nutqqa nisbatan ancha murakkab bo’lub, bu bitta odam 

tomonidan  amalga  oshiriladigan  nutqdir.  Monolog  nutq(hikoya  qilishda)da  bitta 

kishi  gapiradi,  qolganlar  esa  tinglaudilar.  Monolog  nutq  ko'pchilikka  qarata 

aytiladigan  nutq  bo'lgani  uchun,  u  har  doim  mantiqiy  jihatdan  izchil,  grammatik 

jihatdan shakllangan, hammaga tushunarli va ravon bo'lishi kerak.  




 

17 


Monolog nutq (hikoya qilish) yaxshi xotirani, nutqning shakl va mazmuniga 

diqqatni  yo'naltirishni  talab  etadi.  Shuning  bilan  bir  vaqtda,  monologik  nutq 

tafakkurga tayanadi.  

Monologik  nutq  lingvistik  (tilshunoslik)  tomondan  ham  murakkab 

hisobianadi.  Monolog  nutq  tinglovchilarga  tushunarli  bo’lishi  ushun  yoyiq 

gaplardan,  aniq  lug’atdan  foydalanish  kerak.  Hikoya  qila  olish  qobiliyati 

kishilarning  muloqotda  bo’lish  jarayonida  katta  rol  o'ynaydi.  Bola  uchun  esa  bu 

qobiliyat  bilish  vositasi,  o'z  bilimlarini,  tasavvurlarini  tekshirish  vositasi 

hisoblanadi.  Bolalarda  monologik  nutqning  shakllanishi  ularda  mantiqiy 

tafakkurning  rivojlanishi  bilan  bog'liqdir.  Vundan  tashqari,  bola  nutqi  mohologik 

nutqqa aulanishi uchun u tilning lug’atini va grammatik tomonini yerkin egallagan 

bo’lishi kerak.  

Ruhshunoslarning  aytishicha,  bolalarda  monologik  nutq  besh  yoshdan 

boshlab paydo bo'ladi.  

Ruhshunos  D.  V.  Elkanin  bu  haqda  shunday  yozadi:  "Bola  hauot  tarzining 

o'zgarishi,  kattalar  bilan  uangi  munosabatlarning  va  uangi  turdagi  faoliuatlarning 

shakllanishi  nutq  shaklini  va  uning  vazifasini  (xizmatini)  farqlashga  olib  keladi. 

Muomalaning  yangi  vazifalari  vujudga  keladi,  bola  o'z  taassurotlarini, 

kechinmalarini, rejalarini (niyatini) kattalarga yetkazishga harakat qiladi. Nutqning 

yangi  shakli  -  monolog  tarzida  xabar  qilish,  ko'rgan  va  eshitganlari  to'g'risida 

hikoya  qilish  paydo  bo'ladi",  bolalarni  hikoya  qilishga  o’rgatish  jarayonida 

barkamol  tarbiya  berishning  xilma-xil  masalalarini  hal  qiladi,  aqliy  rivojlanishga 

uordam byeradi. Hikoya qilib berishda mantiqiy tafakkur, diqqat rivojlanadi, nutq 

grammatik  jihatdan shakllangan  bo’lib,  o'zini  tutish,  jamoa  oldida  so’zga  chiqish 

malakasi hosil bo’ladi”.  

Shu  munosabat  bilan  bolalar  bog'chasida  ta'lim-tarbiya  dasturida  bolalarni 

hikoya  qilishga  o'rgatish  bo'yicha  har  bir  yosh  guruhlariga  ish  vazifalari  va 

mazmuni  belgilab  berilgan.  Vu  guruh  bolalarini  tanish  hikoya  va  yertaklarni 

(tarbiyachining  savollari  va  kitobdagi  rasmlar  yordamida,  keyinchalik  mustaqil) 

so'zlab berishga o'rgatiladi, o'yinchoq, buyum va rasm mazmuni bo'yicha hikoyani 




 

18 


(3-4 gapdan iborat) takrorlash ko'nikmasi tarbiyalanadi, tanish enaklardan olingan 

parchalarni sahnalashtirishda qatnashishga o'rgatiladi.  

O'rta  guruhlarda  hikoya  qilishga  o'rgatish  vazifalari  va  ularning  mazmuni 

ancha murakkablashadi. Ushbu guruh bolalari birinchi yarim yillikda tanish hikoya 

va  yertaklarni  mustaqil  holda  qayta  hikoya  qilishga,  asar  qahramonlarining 

suhbatini ifodali so'zlab berishga o'rgatiladi

4

.  


Mashg'ulotlarda  birinchi  marta  o'qib  berilgan  kichik  ertak va  hikoualarning 

mazmunini  qayta  hikoya  qilishga,  o'rtoqlari  hikoya  qilayotganda  e'tibor  bilan 

tinglashga,  o'yinchoqlar,  turli  buyumlar  va  yil  fasllarini  tavsiflovchi  (avval 

tarbiyachining  savollari,  so'ngra  namuna  va  reja  asosida)  hikoya  tuzishga 

o'rgatiladi.  

Ikkinchi  yarim  yillikda  bolalarga  tanish  ertak  va  hikoualarni  tinglashni, 

ularda  ishtirok  etuvchi  rersonajlarning  gaplarini,  o'ziga  xos  xususiyatlarini 

tushunishni, asar  mazmunini  hikoya  qilayotgan  o'rtoqlarining nutqini diqqat  bilan 

eshitishni,  asar  matnini  buzib  hikoya  qilgan  joylarini  payqashni  o'rgatish  davom 

ettiriladi.  

Maktabga tayyorlov guruhlari va boshlang’ich sinflar uchun "Nutq o'stirish" 

bo'limida  o’quvchilarni 

badiiy  adabiyotni

  hikoya  qilib  berishga  o'rgatish 

yuzasidan olib boriladigan ishlar, ularning mazmuni quuidagisha belgilangan:  

Birinchi  yarim  yillik.  badiiy  asarlarni  qayta  hikoya  qilish  malakasini 

o'stirish. Adabiy asarlarni mazmunli, mantiqiy izchillikda, aniq va tasviriy, ifodali 

hikoya qilishga o'rgatish.  

Tarbiyachi qayta  hikoya  qilishni o'rgatayotganda bolalar diqqatini, ayniqsa, 

ertakning  boshlanmasi,  takrorlanib  kelayotgan  parchalarga,  xulosa  qismiga: 

hikoyalardagi qahramonlarning o'zaro nutqi kabilarga qaratishi lozim.  

Bolalar  asar  uoqyealarini  so'zlayotganda  ovoz  ohangining  xilma-xil  turini 

(so'roq,  his-hauajon, hauratlanish, iltimos) qo'llay bilishlariga erishish.  

                                                 

4

 Qodirova F., Qodirova M. Bolalar nutqini o’stirish nazariyasi va metodikasi. Toshkent – 2006 yil.



  

 

  



 


 

19 


Bolalarga o'yinchoqlar va buyumlar haqida hikoya tuzishni o'rgatayotganda 

o'yinchoqlarni  ta'riflab  berishga,  ularning  o'ziga  xos  xususiyatlarini  ko'rsatuvchi 

belgilarni  (rangi,  shakli,  qandau  o'unalishi  va  boshqalar)  aniq  so'zlar  orqali 

ifodalashga o'rgatish. 

Ijodiy hikoya qilish. O’quvchilarni o’qituvchi tomonidan belgilangan hikoya 

yoki  ertakni  nihoyasiga  yetkazishga,  qisqa,  lo'nda  jumlalar  tuzishga,  tasviriy 

vositalardan foydalanishga o'rgatish. 

Bolalarning  shaxsiu  tajribalari  va  o’qituvchi  taklif  etgan  hayotiy  mavzular 

asosida  mantiqiu  rivojlanib  boruvchi  hikoya  yoki  ertak  tuzish  qobiliyatlarini 

rivojlantirish:  "Quvonshli  kun",  "Xafa  bo'lgan  kunim",  "Mehmonda",  "Vizning 

oila",  "Yeng  uaqin  o'rtog'im",  "Dam  o1ish  kuni",  "Dadamga  qarashdim", 

"Qo'g'irchoq teatriga bordim" va boshqalar.  

Bolalarni 

tuzayotgan 

hikoya 

yoki 


ertaklarida 

ishtirok 

etuvchi 

qahramonlarning  ruhiu  kyeshinmalarini  bilishga  o'rgatish;  "Birinchi  qor", 

"Yaxmalakda",  "Yangi  yil  bayrami",  "Qorbobo",  "Men  sevgan  fasl",  "Tashqarida 

qor, uyimizda  bahor",  "Xola-xola  o'unadik",  "Kim  oladi-uo, shuginani-uo"  o'uini, 

"Men onamga yordamchi", "Ukamga mehribonman" va boshqalar

5

.  



Bolalarga suratlar bo'uisha hikoya tuzishni o'rgatauotganda, avvalo, ularning 

mustaqil  fikrlash1ariga,  suratda  tasvirlangan  voqealarga  o'z  munosabatlarini 

bildirish1ariga  imkon  yaratish  kerak.  Shu  bilan  birga,  rasmda  aks  yettirilgan 

mavzuli voqeaga qarab ilgari nima bo'lgani va keyin nima bo'lishi kerakligi haqida 

fikr  yuritishga  undash.  Tabiat  manzaralari  aks  ettirilgan  suratga  qarab,  undagi 

go'zallikni,  nafislikni  ifodalay  oladigan  tasviriy  so'z1ar,  o'xshatish  va  sifatlashlar 

ishtirokida gap tuzishga o'rgatib boorish ham amalga oshiriladi.  

Badiiy  adabiyotni  tanishtirish  orqali  monologik  nutqni  o'stirishning 

yuqoridagi  dastur  vazifalari  va  mazmuniga  ko'ra 

maktabgacha

  ta’limning  savod 

o’rgatish  davri  guruhidagi  bolalar  hikoya  qilib  berishning  quyidagi  turlarini 

egallashlari lozim:  

1. 


Tanish ertak va hikoualarni qayta hikoya qilib berish.  

                                                 

5

 Qosimova K., Matjonov S., G’ulomova X., Yo‘ldosheva Sh., Sariyev Sh. Ona tili o‘qitish metodikasi. T., TDPU. 



2008. 


 

20 


2. 

Mashg'ulotlarda birinchi marta o'qib berilgan hikoya va aytib berilgan 

qisqa yertaklarni qayta hikoya qilib berish.  

3.  Ko'rib  turgan  narsa-buyumlar:  o'uinshoqlar,  o'simliklar,  kiyimlar,  idish-

tovoqlar, myebyellar va hokazolar bo'yicha tasviriy hikoya tuzish.  

4. 


Voqeaviy-sujetli  rasmlar bo'yicha tasviriy hikoya tuzish.  

5. 


Bolalar o'z tajribalari asosida xotiradan hikoya qilib berishlari.  

Katta guruh dasturida hikoya qilishning quyidagi turlari bauon yetilgan:  

l. Badiiy asarlarni qayta hikoya qilib berish.  

2.  Narsa-buyumlar,  o'yinchoqlar,  o'simliklar,  kiyim-kechaklar,  idish-

tovoqlar,  myebyellar  va  hokazolar  haqida  hikoualar,  ularning  o'ziga  xos 

xususiuatlarini ko'rsatuvchi byelgilarni tuzish. 

3. Rasmlar bo'yicha tasviriy va voqeaviy hikoya tuzish .  

4.  Xotiradan  o'z  shaxsiu  tajribasida  kuzatgan  voqea  va  hodisalarni, 

narsalarni,  maktabda  va  uyda  nimalar  qilganini,  guruhda  va  uyda  bo’lib  o'tgan 

yeng qiziqarli voqealar haqida hikoya qilib berish. 

5. Ta'limiy o'yinlar asosida tasviriy hikoya tuzish: "Qo'g'irchoq, o'yinchoqni 

top",  "Qo'g'irchoq,  menda  qanaqa  gul  bor",  "Qo'g'irchoq,  top-chi,  yonimda  kim 

o'tiribdi?", "Qo'g'irchoq, qo’limdagi suratlar qaysi ertakdan olinganini top-chi?"  va 

boshqalar.  

6.  Ijodiy  hikoya  qilishga,  o’qituvchi  tomonidan  boshlangan  ertak  va 

hikoyani oxiriga yetkazish, tarbiuashi taklif etgan mavzu va reja asosida ertak yoki 

hikoya to'qish, berilgan 3–4 so'z yordamida ertak yoki hikoya to'qishga o'rgatish.  

Maktabgacha  tayyorlov dasturida ham  hikoya  qilib byerishning  xuddi  katta 

guruhdagi kabi turlari ko’rsatilgan.  

    



Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin