Ibragimova lola bitiruv malakaviy ishi mavzu: maktabgacha ta


  MAKTABGACHA TARBIYA YOSHIDAGI BOLALARNI



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/23
tarix02.01.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#38607
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23
maktabgacha talim yoshidagi bolalar nutqini ostirishda bolalar adabiyotidan foydalanish

1.2.   MAKTABGACHA TARBIYA YOSHIDAGI BOLALARNI 

BADIIY ADABIYOTNI  HIKOYA QILIB BERISHGA O'RGATISHDA  

FOYDALANILADIGAN USULLAR. 

Bolalarni  hikoya  qilishga  o’rgatishda  maxsus  usullardan  foydalaniladi. 

Ulardan asosiylarini aytib o'tamiz:  



 

21 


l.  Hikoya  namunasini  berish  usuli.  Bunda  qandaydir  buyumni  (predmetni) 

yoki  voqeani  jonli  va  qisqa  tasvirlanadi.  Vu  usul  birmuncha  yengil  usul  bo’lib, 

tarbiyachi bolalarga narsa-buuum, rasm, voqea haqida tayyor hikoya aytib beradi, 

bolalar hikoyani tinglab, o'z hikoyalari uchun mazmun tanlaydilar, uning hajmini, 

izchilligini  belgilab  oladilar.  Shuning  uchun  bu  usul  o’quvchilarni  hikoya  qilib 

berishga o'rgatishga yordam byeruvshi ta'limiy usul bo’lib hisoblanadi.  

Namuna bolalarning taqlid qilishiga mos bo’lishi, ya'ni hajmi kichik, fikrlar 

izchil bayon qilinishi, jumlalar qisqa va grammatik jihatdan to'g'ri tuzilishi lozim. 

Masalan, o'qituvchi o’yinchoqni tasvirlashga o'rgatishda o'zi bitta o'yinchoqni olib, 

u haqda shunday tasviriy hikoya tuzadi:  

-Mana bu ayiqcha, u  jigarrang, yumshoq baxmaldan yasalgan. Uning bosh 

qismida  ikkita  kichkina  quloqlari,  ikkita  qop-qora,  dum-dumaloq  ko'zlari, 

tumshug'i  bor.  Tumshug'ida  esa  burni  bor.  Tanasida  4  ta  oyog'i  bor.  Ayiqcha 

o'yinchog'i bizga o'ynash uchun kerak.  

Bolalar  namuna  hikoyadan  yaxshi  foudalanishlari  ushun  uning  matni  qisqa 

gaplardan iborat bo’lishi va izchil bayon qilinishi  kerak.  

Hikoya  namunasi  boshqa  usullarga  nisbatan  hikoya  qilishga  o’rgatish 

jarayonini uyengillashtiradi, bolalar erishishi kerak bo'lgan natija ko'rsatib beriladi. 

bundan  tashqari,  namuna  o’quvchilarning  hikoya  qilishlari  lozim  bo'lgan 

mavzularning hajmini, ketma-ketligini belgilaydi.  

Tarbiyachining  namuna  hikoyasidan  bolalarni  hikoya  qilib  berishga 

o'rgatishning  dastlabki  bosqichlaridan,  shuningdek,  yangi  vazifa  qo'yilganda  yoki 

hikoya  qilib  bera  olmaydigan  bolalarga  yordam  berishda  foydalaniladi. 

Tarbiyachining namuna hikoyasini yomon hikoya qiladigan 1 – 2 bola takrorlashi 

mumkin.  

Namuna  hikoya  usulidan  mashg'ulotning  borishida  foydalanish  kerak. 

Undan  mashg'ulot  oxirida  foydalanish  esa  hech  qanday  ijobiy  natija  bermaydi, 

chunki o’quvchilar namuna hikoyaga taqlid qila olmaydilar, o’z nutqlarida undan 

foydalanish imkoniyatiga ega bo'lmaydilar.  



 

22 


2.  Hikoya  rejasini  berish  usuli.  Hikoya  rejasi  2  –  3  asosiy  savoldan  iborat 

bo’lib,  fikrning  ketma-ketligini  va  mazmunini  belgilaydi.  Namhna  usulidan 

foydalanib hikoya qilib berish bilan bog'liq 2–3 mashg'ulotdan keyin hikoyani reja 

asosida so’zlab berishga o'rgatish mustaqil yetakchi usullardan biri bo’lib qoladi. 

Bolalar hikoyasi xilma-xil bo’lishi uchun o’qituvchi oldindan asosiy va qo'shimcha 

reja  tayyorlab  qo’yishi  kerak.  Bu  masg’ulot  jarayonida  savollarni  almashtirish 

bolalar diqqatini faollashtiradi.  

Masalan,  maktabga  tayyorlov  guruhi  bolalarga  o’z  guruh  xonalarini 

tasvirlash uchun taxminan quyidagi rejani taklif etish  mumkin:  

l. Xonani kim toza saqlaydi.  

2. Sen xonani yig'ishtirishda (tozalashda) qanday yordam berasan?  

6  yoshli  bolalar  guruhi  bilan  dastlabki  mashg’ulotlarda  agar  bola  rejadan 

chetlashsa, uning nutqini bo’lmasdan oxirigacha tinglab turish  lozim. Ammo asta 

sekin  hikoyaning  to’liq  yoki    izchil  emasligini  aytib  boshqa  bolalarni  javobni 

to’ldirishga jalb qilishi kerak.     

7  yoshli  bolalarning  hikoyasiga  dastur  talablarini  (ularning  maqsadga 

qaratilganligi  va  izchilligiga)  qo’yadi.  Shuning  uchun  o’quvchilarni  hikoya 

rejasiga amal qilishga o’rgatush kerak. Ayniqsa, bu rasm asosida hikoya qilish va 

o’z tajribalaridan hikoya tuzishga  taalluqlidir.  

Tarbiyachi  hikoya  qiluvchining  mavzudan  yoki  rejadan  chetga  chiqib  

ketganini o'zi ko'rsatibgina qolmay, balki bolalarni  o'rtog'ining hikoyasini nazorat 

qilib borishga jalb qilishi kerak.  

(Hozir nima haqida hikoya qilib berish kerak? Hammaga tushunarli bo’lishi 

uchun avval nimani hikoya qilib byerish yaxshiroq?)  

Hikoya  namunasini  berish  hikoya  qilishga  o'rgatishning  eng  yengil  usuli, 

hikoya  ryejasini  berish  usuli  esa  ancha  qiyin.  Vu  usul  murakkab  bo’lishiga 

qaramay,  bolalarni  hikoya  qilishga  o'rgatishda  keng  tarqalgan  muhim  usul 

hisoblanadi.  

3. Rejani jamoa bo’lib muhokama qilish usuli. Reja asosida  hikoya tuzish 

va  uning  mazmunini  boyitishni  uyengillashtirish  maqsadida,  rejani  jamoa  bo’lib 




 

23 


muhokama qilish tavsiya etiladi. Bu usuldan maktabga tayyorlov guruhlarida va 1-

2-sinflarda  ryeja  asosida  hikoya  qilishga  o'rgatishning  dastlabki  bosqichida 

foydalaniladi.  Masalan,  o’qituvshi  o’quvchilarga  shunday  uo'llanma  beradi:  "Biz 

qanday qilib jo'ja boqqanimizni gapirib byering. Jo'jalar qauyerdan paydo bo'ladi? 

Ulami qanday parvarish qildingiz? Jo'jalar katta bo'lganda, ular qanday bo'lishdi?"  

Vu usulning mohiyati nimadan iborat?  

Hikoyani  tuzishga  qadar  tarbiyachi  bolalar  bilan  birgalikda  rejadagi  ayrim 

savollarni  muhokama  qiladi,  ya'ni  hikoya  mazmunining  xilma-xil  bo’lishi 

imkoniuatlarini ko'rsatadi. Rejadagi bir savolga (masalan, "Bola qanday kushuksha 

topib oldi?") bir necha o’quvchi joyida o'tirgan holda javob byerishini taklif etadi. 

Bolaning  joyida o'tirgan holda javob berishi - bu hali hikoya emas, balki bir yoki 

bir  necha  gapdir.  Hikoya  ryejasini  jamoa  bo’lib  muhokama  qilish  usuli  esa 

bolalarning  tashabbuskorligini  jonlantiradi,  faollashtiradi,  bolalarni  murakkab 

jarayon hisoblangan mustaqil hikoya tuzishga o'rgatadi.  

4. Jamoa bo'lib  hikoya tuzish usuli.  

Bu  usul  o'ziga  xos  bo’lib,  undan  o’quvchilarni  ijodiy  hikoya  tuzishga 

o'rgatishda  foydalaniladi.  Oldindan  belgilab  qo'yilgan  hikoya  rejasini  ketma-ket 

muhokama  qilish  jarayonida  o’qituvshi  va  o’quvchilar  ayrim  javoblarni 

tinglaudilar,  ulardan  qaysi  biri  yaxshiroq  ekanligini  muhokama  qiladilar. 

Tarbiyachi  ularni  o'ulab  topilgan    hikoyaning  boshlanishi  sifatida  takrorlaudi. 

So'ngra navbatdagi eng yaxshi savol tanlanadi,  o’qituvchi esa aytilgan eng yaxshi 

jumlalarning va o’zining gapini birlashtirib, kichik hikoya tuzadi.  

Oxirida  hikoya  tarbiyachi  tomonidan  takrorlanadi,  so'ngra  2–3  o’quvchi 

takrorlaudi.  Vu  usulning  mohiyati  shundaki,  dars  mashg'ulotida  barsha  bolalar 

faollik  ko'rsatishadi,  ularning  xauollari  asta-sekinlik  bilan  shakllanadi.  Biroq    bu 

usulning bir qator kamchiliklari mavjud: o’quvchilarning nutq faoliyati jumlalarni 

tuzish,  so’zlarni  tanlash  bilangina  chegaralanadi,  ular  monologik  nutqni 

rivojlantirish  ustida  kam  mashq  qiladilar.  Shuning  uchun  bu  usuldan  foydalanish 

chegaralangan.  

5. Hikoyani qismlar bo'yicha tuzdirish usuli.  




 

24 


Ayrim  dars  mashg'ulotlarida  hikoyani  qismlar  bo'yicha  tuzdirish  usulidan 

foydalanish  mumkin,  bu  usul  hikoya  tuzishni  yengillashtiradi,  chunki  topshiriq 

hajmi  kamayadi.  Shuningdyek,  mashg'ulot  ancha  qiziqarli  va  xilma-xil  bo'lib, 

hikoyalar to'liq va suqur  mazmunga ega bo'ladi, ko'p bolalardan so'rash imkoniyati 

vujudga keladi.  

Mazmuni  alohida  qismlarga  yengil  ajraladigan  gasmlarni  qism  bo'yicha 

tasvirlash  mumkin.  Masalan,  o’quvchilar  Ushbu  gasmlarni  qism  bo  'yicha 

tasvirlashlari mumkin: "Tovuqlar", "Mushuk bolalari bilan", "Echki bolalari bilan", 

"Sigir buzog'i bilan", "Qishki o'uinlar" va hokazolag.  

Tarbiyachi tasviriu hikoya ushun mavzu taklif etishdan avval rasmni kichik-

kichik  qismlarga  ajratib  chiqadi.  Masalan,  "Quyonlar"  dyegan  mavzuda  tasviriy 

hikoya tuzishda o’qituvchi bolalarni shundau ogohlantiradi: "Quyon haqida hikoya 

qilamiz,  ammo  hammasini  bir  yo'la  emas,  balki  quyonlar  haqida  hamma  narsani 

xotirlash (esga tushirish) ushun tartib bilan gapiramiz". So'ngra har bir qism uchun  

reja  taklif  etish  mumkin.  Masalan:  "Hozir,  o’quvchilar  quyonni  tanasi  nima  bilan 

qoplanganligini,  uning  tumshug'i  qanday  yekanligini,  u  qandau  harakat  qilishini 

(uurishini) eslaymiz".  

Vu ryeja asosida 2–3  bola hikoya qilib bergach, navbatdagi qismga o'tiladi: 

"Vizning  quyonlarimiz  qayerda  yashashini,  katagida  nimalar  borligini,  ular  nima 

uchun  kyerakligini  garirib  byering".  So'ngra  quuonning  oziqlari,  kim  ularga 

g'amxo'rlik  qilishi  va  hokazolar  haqida  hikoya  qilib  berish  mumkin.  Dars 

mashg'uloti  oxirida  nutqi  yaxshi,  hikoya  qilish  malakasi  riuojlangan  bir  o’quvchi 

rasmda tasvirlangan narsalar haqida batafsil gapirib berishi mumkin.  

6. Savollar berish usuli.  

Vu usul hikoya qilishga o'rgatishda ikkinchi darajali ahamiyat kasb etadi.  

Savol1ar,  asosan,  hikoya  aytib  byerilgandan  kyeuin  aniqlik  kiritish  va 

to'ldirish maqsadida beriladi.  

7. Aytib turish usuli.  

Nikoya qilish jarauonida o’quvchi qandaydir xatoga uo'l qo'yishi yoki ayrim 

joyini  esdan  chiqarganda  so'z  yoki  gapni  aytib  turishdan  foydalanish  o’rinli. 




 

25 


O’quvchining    xatosini  to'g'rilash  yoki  hikoyaning  esdan  chiqargan  joyini  aytib 

turish yetarlicha baland ovozda, samimiy bo’lishi kerak. O’quvchi  o’qituvchining 

tuzatishini takrorlashi shart emas, aks holda u o'z hikoyasining davomini yo'qotib 

qo'yadi.  Bolalar    hikoya  qilib  berayotganlarida  ular    nutqidagi  xatolarni  e'tiborsiz 

qoldirish  kerak  emas  -  xatoni  hikoya  qilish  jarayonida  to'g'rilash  mumkin,  agar 

ko'pchilik o’quvchilarda xato ushraudigan bo'lsa, o’qituvchi ular bilan lug'at ustida 

ishlash yoki grammatik to'g'ri nutqni, nutqning tovush madaniyatini shakllantirish 

uchun tashkil etiladigan mashg’ulotlarda shug'ullanadi.  

8. Baholash  usuli.  

Bu  usuldan  foydalanishning  asosiy  maqsadi  shundaki,  baho  faqat  hikoyasi 

baholanayotgan  o’quvchigagina  ta'sir  etib  qolmasdan,  balki  hikoya  tnzishi  lozim 

bo'lgan  boshqa  bolalarga  ham  ta'sir  qilsin.  Shuning  uchun  bu  usuldan  dars 

mashg'uloti  davomida  foydalaniladi.  Mashg’ulot  oxirida  berilgan  baho,  o'z 

mohiyati bilan foydasizdir, bundan tashqari, barcha tinglangan hikoyalarning sifati 

qanday  bo'lganligini  bola  esda  saqlashda  qiynaladi,  mashg'ulotning  oxirida  ular 

toqatsizlanadilar  va  buning  natijasida  o’qituvchining  ko'rsatmalarini  idrok  eta 

olmaydilar.  Nar  bir  hikoyani  batafsil  baholash  shart  emas,  biroq  ayrim 

hikoyalardagi biror ahamiyatli tomonni, izchillikni, yangilikni yoki kamchiliklarni 

(lug’ati, ovoz kuchi, qomatini noto'g'ri tutish va hokazo) aytib o'tish kerak.  

Tarbiyachi  hikoya  qilib  byergan  bolaning  hikoyasini  shunday  baholaydi: 

"Yasha,  Salim.  Sen  birinchi  bo’lib  hikoya  qilib  byersangda,  o'rdakchalar  qanday 

harakat  qilishlarini  aytishni  esingdan  chiqarmading.  Sening  hikoyangni  qiziqib 

tingladik".  

Ba'zan  o’rtoqlarining  hikoyasini  muhokama  qilishga  o’quvchilarning  o'zini 

ham jalb qilish mumkin. Vu usul katta guruhlarda qo'llaniladi. Chunki o’quvchilar 

hikoyaning  sifatini  (to'liqligini,  qiziqarliligini,  ifodaliligini  va  boshqalarni)  ayta 

oladilar.  

Shundau  qilib,  o’qiuvchichi  o’quvchilarni  hikoya  qilib  berishga  o'rgatishda 

foydalaniladigan  hamma  usullarni  juda  yaxshi  bilishi  va  bu  usullardan  sharoitga 

qarab, mashg’ulot ushun yetakchi usulni tanlashi kyerak.  




 

26 


Adabiy asarlarni qayta hikoya qilish  

Qayta  hikoya  qilish  -  hikoya  qilishning  birinchi  turi  hisoblanadi.  Qayta 

hikoya qilish tinglangan badiiy asarlarni ma 'noli og'zaki nutqda takroriy aytishdir. 

Qayta  hikoya  qilish  o’quvchilar  badiiy  nutqining  rivojlanishiga,  emotsional  va 

obrazli  so'zlarni  tanlashga  o'rgatadi,  jonli  so'zni  egallashga  yordam  beradi,  asarni 

tinglay  bilish,  uning  mazmunini  tushunish  ko’nikmasini  o'stiradi,  ularni  bayon 

qilishdagi  izchillikni,  muallifning  ifoda  usulini  eslab  qolishga,  asarni  tushunib, 

jamoa oldida og'zaki aytib byera olish malakasini shakllantiradi.  

Qayta  hikoya  qilishga  o’rgatish  samarali  bo’lishi uchun,  eng  avvalo,  qayta 

hikoya qilish ushun matnlarni to'g'ri tanlash lozim.  

Nar  bir  asar  o’quvchilarda  jamiyatimiz  uchun  zarur  bo'lgan  sifatlarni 

tarbiyalashi  va  rivojlantirishi  kerak.  Qayta  hikoya  qilish  uchun  asar  tanlanganda 

quyidagi talablarga amal qilish kerak: yuqori badiiy qimmatga, g'oyaviy–mantiqiy  

yo'nalishga  ega  bo’lishi,  jo'shqinligi,  fikrning  yangiligi  va  bayonning  obrazliligi, 

voqyealarning  ketma-kyetligi,  mazmunining  qiziqarliligi,  shu  bilan  bir  qatorda, 

badiiy asarning hajmi va uning o’quvchi yoshiga mos kelishini ham hisobga olish 

muhim ahamiuatga ega,  

Ushbu  talablarga  xalq  ertaklari,  hajmi  uncha  katta  bo'lmagan  hikoyalar 

misol  bo'la  olishi  mumkin.  Shuningdyek,  dasturda  o’quvchilarning  qayta 

hikoyalariga bir qansha talablar qo'yilgan:  

l) ma'nosiga tushungan bolda, ya'ni matnni to'liq tushunib hikoya qilish;  

2)  asarni  to'liq  bauon  etish,  ya'ni  asardagi  muhim  joylarini  tashlab 

ketmasdan bayon etish;  

3) 


izchillik (ketma-ketlik) bilan hikoya qilish;  

4) 


muallif  matnidagi  lug'atlardan  va  iboralardan  foydalanish,  ayrim 

so'zlarni ularning sinonimlari bilan almashtirish;  

5) 

to'g'ri ohangdan foydalanish, uzoq rauzalarning bo'lmasligi;  



6) 

og'zaki  nutq  madaniyatiga  e'tibor  berish:  qayta  hikoya  qilayotganda 

gavdani  to'g'ri  tutish,  tinch  turish,  tinglovchilarga  murojaat  qilish,  nutqning 



 

27 


intonatsion ma'nodorligidan (ifodaliligidan) foydalanish, uyetarlisha baland ovozda 

tovushlarni aniq talaffuz etish,  

Ushbu  talablarning  barshasi  bir-biri  bilan  uzviy  ravishda  bog'liq  bo’lib, 

bulardan birortasini ham e'tibordan chetda qoldirish mumkin emas. 

 Savod  o’rgatish  davrida  qayta  hikoya  qilishga  o'rgatish  usullari  bir  qancha 

bo’lib, bu ishlar bolalar nutqini qayta hikoya qilish orqali amalga oshiriladi.   

Ma’lumki,  qayta  hikoya  qilish  monologik  nutqni  shakllantirishda  eng 

birinchi bosqich hisoblanadi. Shuning uchun har bir o’quvchi qayta hikoya qilishni 

yaxshi  egallab  olishi  shart.  Buning  uchun  har  xil  usullardan  foydalaniladi.  Vular 

quyidagilar:  

l. Tarbiyachining bola bilan birga qayta hikoya qilishi. 

Tarbiyachi  bu  usuldan  qayta  hikoya  qilishga  o'rgatishning  dastlabki 

bosqichida,  ayniqsa,  hikoya  qilib  byera  olmaydigan  o’quvchilar  bilan  ishlashda 

keng foydalanishi kerak.  

Qayta hikoya qilish jarayonida o’qituvchi o’quvchilarga sezdirmagan holda 

gavdasini  to'g'rilashi,  imo-ishora,  ko'z  qarashi  bilan  dalda  berishi  mnmkin,  dars 

mashg’ulotining  oxirida  esa,  albatta,  o’quvchini  maqtash  kerak:  "Yasha,  endi 

boshqa o’rtoqlaringga hikoya qilish yengil bo'ladi. Faqat  keyingi safar balandroq 

ovozda hikoya qilgin".  

2. Qayta hikoyani takrorlash.  

Vu  usuldan  ko'proq  savod  o’rgatish  davrida  hamda  shu  bilan  birga 

murakkab hikoyalarga nisbatan maktabgacha ta’limning keyingi bosqichlarida ham 

foydalaniladi.  Vu  o’quvchi  uchun  ansha  murakkab  bo'lgan  ishdir,  chunki  u 

o’qituvchining hikoyasiga alohida luqma tashlash (gap qistirish) bilan birga, to'liq 

jumlalarni ham takrorlashiga to'g'ri keladi.  

3. So'z va jumlalarni aytib turish.  

Bu  usul  qayta  hikoya  qilishning  ravonligini,  izchilligini  ta’minlaydi,  uzoq 

pauza qilishga uo'l qo'ymaydi. Bu  usuldan ko'proq o’quvchi asar matnining ayrim 

joularini yesdan shiqarganda foudalaniladi.  



 

28 


Agar bola juda yaxshi hikoya qilsa-yu, biroq nutq sur'ati juda syekin bo'lsa, 

o’qituvchi  pauza  vaqtida  sabr-toqat  bilan  hikoyaning  davomini  kuzatishi: 

o’qituvchining gavda holatiga e'tibor bilan qarashi, dalda byerishi orqali o’quvchi 

diqqatini to'plashi kyerak.  

Agar  bola  hikoya  qilayotgan  vaqtda  tyebranib  (chayqalib)  tursa,  boshini 

egsa,  qo’li  bilan  ortiqsha  harakatlarni  qilsa,  uning  hikouasini  bo’lib  tanbyeh 

byerish  yaramaydi,  balki  budau  hollarda  imo-ishora,  ko'z  qarashi  bilan  uning 

xatosini,  kamchiligini  tuzatishi,  hikoya  qilib  byergandan  kyeuin  esa  hammaga 

yeshitarli  qilib:  "Hikoya  qilayotganingda  tinch  turishing,  boshingni  pastga 

egmasdan,  o'rtoqlaringga  qarab  turishing  kerak,  axir  ular  syening  hikoyangni 

tinglashadi-ku",  deb  aytishi  kerak.  O’qituvchi  o’quvchining  bu  nuqsonlarini 

kundalikka  belgilab  qo'ysa,  maqsadga  muvofiq  bo'ladi.  Chunki    keyingi  qayta 

hikoya  qilib  byerish  mashg'ulotidan  oldin    uana  bir  marta  o’quvchini 

ogohlahtirishda bundan foudalanadi.  

Tarbiyachi  aytib  turish  orqali,  bolani  qayta  hikoya  qilauotganida  uo'l 

qo'ygan  grammatik  xatolarni  to'g'irlaydi.  Vu  usul  qayta  hikoya  qilishga 

o'rgatishning keyingi bosqichlarida ham qo'llaniladi.  

4. Savollar berish.  

Vu  usul  keng  tarqalgan  bo’lib,  u  muqaddima  (kirish)  suhbatida  va 

mashg'ulot 

jarayonida 

qo'llaniladi. 

Qayta 

hikoya 


qilish 

mashg'ulotida 

foydalaniladigan  savollarni  shartli  ravishda  ishlatilishiga  va  maqsadiga  qarab  bir 

qancha  turkumga  ajratish  mumkin.  Hikoya  qilolmaydigan  o’quvchilarga  qayta 

hikoya qilishni boshlagunga qadar yordamchi savollar berish mumkin, bu hikoyani 

boshlashga  yordam  beradi,  masalan:  "Sen  nima  haqida  hikoya  qilasan,  ola  quyon 

to'g'risidami?  Mayli,  kel  boshlaymiz.  Kunlardan  bir  kuni  jikkakkina  ola  quyon 

sheriklariga ... ". Yoki: "Turna Tulkini o'zi bilan olib, osmonga ko'tarilibdi va unga 

nima  debdi?  Uyerni  ko'ryapsanmi?  Mana  shu  Turnaning  autgan  gaplarini, 

Tulkining  esa  javobini  aytib  byering  ...  Na,  mushtumday  ...  Vu  yog'ini  o'zing 

davom et".  



 

29 


Bola  qayta  hikoya  qilib  bergandan  kyeuin,  albatta,  savol  berishdan 

foydalanish  mumkin.  Bu  asar  mazmunini  o’quvchi  qay  darajada  tnshunganini 

aniqlashga yordam beradi, matnni qayta hikoya qilayotgan vaqtda tashlab ketilgan 

joularini tiklashga yordam beradi.  

Ayrim  hollarda  qayta  hikoya  qilishdan  kyeuin  qahramonlarning  fe'l-atvori 

yoki ularning ifodali nutqi haqida savol berish mumkin.  

Qayta hikoya qilish o'rtasida unsha katta bo'lmagan mashqlar o’tkazish yoki 

ko'rsatma  byerishdan  foydalanish  mumkin.  Shuningdyek,  asar  matnining  ayrim 

joularini uana bir marta takrorlash usulini qo'llash mumkin .  

5. Rag'batlantirish.  

Qayta  hikoya  qilish  jarauonida  o’qituvchichi  o’quvchini  jilmayish,  boshini 

qimirlatish  (tasdiqlash),  qisqa  so'z  aytish  ("Yasha",  "  barakalla")  bilan 

rag'batlantiradi.  

Qayta  hikoya  qilib  byergandan  so'ng  o’quvchini  maqtaydi.  Bunda    qayta 

hikoya qilishning biror ijobiy sifatini ta'kidlab o'tadi.  

6. Qismlar bo'yicha qayta hikoya qilish.  

Vu  usul  bolalar  idrokining  qimmatini  yo'qotmaydi,  chunki  qayta  hikoya 

qilish  ushun  bolalarga  mazmuni  tanish  bo'lgan  asar  tanlanadi.  Qismlar  bo'yicha 

qayta  hikoya  qilish  usulidan  foudalanib,  mashg’ulotni  tashkil  etish  jarauoni 

bolalardan kun davomida so'rash imkonini yaratib beradi. 

7. Rollarga bo’lib qayta hikoya qilish.  

Vu  usul  nutqning  ma'nodorligini  (ifodaliligini)  shakllantirishga  yordam 

beradi.  O’qituvchi  tomonidan ishtirok  etuvchi  shaxslar  xaraktyerining  izohlanishi 

o’quvchilar nutqining oydinlashishiga, diqqatining faollashishiga katta ta'sir etadi. 

Rollarga bo’lib qayta hikoya qilish maktabgacha ta’limda o'rta guruhdan boshlab 

qo'llaniladi. Bu  usuldan mashg'ulotning oxirida foydalanish maqsadga muvofiqdir.  

8. O'yin usuli (dramalashtirilgan o'yin).  

Bu  usulda  rersonajlarning  (ishtirok  yetuvshilarning)  luqma  tashlashlari 

harakatlar bilan boshqariladi: o’quvchilar imo-ishoradan, hayvonlarning ovozlariga 

taqlid  qilishdan  va  boshqalardan  keng  foudalanadilar,  biroq  o’yin  uchun  hech 




 

30 


qandau  niqoblar,  dekoratsiyalar  talab  etilmaydi.  O’qituvchi  avval  o'zi  muallif 

nomidan gapiradi, so'ngra bola gapiradi. Dastlab rolni ijro etish uchun nutqi bo'sh 

rivojlangan bolalar chiqariladi. Dramalashtirilgan o'yin 5 daqiqa davom etadi. Turli 

yosh  guruhlarida  qayta  hikoya  qilib  berishga  o'rgatish  mashg'ulotining  tuzilishi 

(o'tkazish uslubiyoti) har xil bo'ladi.  

Qayta  hikoya  qilish  uchun  tanlangan  matn  o’quvchilar  uchun    tushunarli  

bo’lishi kerak. 

Adabiy  asarlarni  qayta  hikoya  qilish  mashg'ulotida  o’qituvchi  o’z  oldiga 

bolalarning  bog'lanishli  nutqini  rivojlantirish,  matn  mazmunini  bir-biriga  bog'lab, 

ketma-ketlik  bilan,  nutqning  ifodali  vositalaridan  foydalanib,  aniq,  grammatik 

jihatdan  to'g'ri  bayon  etishga  o'rgatish  vazifasini  qo'yadi.  Qayta  hikoya  qilib 

berishga o'rgatish mashg'ulotini o'tkazish uslubiyoti (metodi) ushbu guruh bolalari 

bog'lanishli nutqining rivojlanganlik darajasiga, o’qituvchining o'z oldiga qo'ygan 

vazifasiga,  shuningdyek,  qayta  hikoya  qilib  berish  uchun  tavsiya  etilgan  adabiy 

asar  matniga  bog'liq  bo'ladi.  Qayta  hikoya  qilib  berish  mashg'uloti  ushbu 

qismlardan iborat bo’lishi mumkin:  

l. Kirish suhbati. Vu shubat asar mazmunini idrok qilishga, o’quvchilarning 

tasavvurlarini  aniqlashga,  kerakli  emotsional  holatni  vujudga  keltirishga  va 

hokazolarga qaratilgandir.  

2. Badiiy  asarni o'qib berish. Asarni dastlabki o'qib berishda o’quvchilarga 

uning  mazmunini  esda  saqlab  qolish  kerakligini,  so’ng  uni  qayta  hikoya  qilib 

berish  lozimliginii  ta'kidlamaslik  kerak,  aks  holda,  badiiy  asarning  g'oyaviy 

tomonini  idrok  eta  olmasligi  mumkin.  Asar  matnini  ma'noli  qilib,  ishtirok 

yetuvshilarning  dialogini  intonatsiya  bilan  ajratib  o'qib  berish  (yoki  hikoya  qilib 

berish) juda muhimdir. Shundau qilinganda o’quvchilarga asardagi qahramonlarga 

va voqealarga o'z  munosabatlarini bildirishga yordam bergan bo'lamiz.  

3.  O’qib  berilgan  asarning  mazmuni  va  shakli  yuzasidan  suhbat.  O'qib 

berilgan  yoki  hikoya  qilib  berilgan  asar  mazmuni  yuzasidan  beriladigan  savollar 

oldindan yaxshilab o'ylab qo'yilgan bo’lishi kerak.  



 

31 


Dars mashg'ulotining bu qismi unsha uzoq bo'lmasligi, bolalarga 4 - 5 savol 

berish bilan kifoyalanish lozim.  

4.  Adabiy  asar  matnini  ikkinchi  marta  o’qib  berish  (yoki  hikoya  qilib 

berish). O'qib berishdan va o’qituvchi o’quvchilarga asarni diqqat bilan tinglashni, 

uning  mazmunini  esda  olib  qolishni,  kyeuin  qayta  hikoya  qilib  byerishlarini 

ta'kidlaydi.  

5. O’quvchilar  tomonidan asarni qayta hikoya qilib berish. Misol tariqasida 

o'zbek  xalq  ertaklaridan  "Uch  tulki"  yertagini  qayta  hikoya  qilish  mashg'ulotini 

keltiramiz.  

Tarbiyachi  yertakni  o'qib  byerishdan  (yoki  hikoya  qilib  byerishdan)  avval 

o’quvchilarga  quyon,  qo'ng'iroq,  eshak  va  uning  bolasi  xo'tikning,  tulkining  (ona 

tulki, ota tulki, bola tulki) rasmlarini ko'rsatadi va o’quvchilardan ularning nomini 

so'raydi.  O’qituvchi  bolalardan  tulki  qanday  hayvon  yekanligini,  eshak,  uning 

bolasi  xo'tik,  quyon  qandau  hayvon  yekanligini  so'rab  oladi.  So'ngra  o’qituvchi 

o’quvchilarga  mana  shu  hayvonlar,  "Uch  tulki"  ertagida  uchrashini  aytadi  va 

bolalarga  bu  ertakni  hikoya  qilib  beradi  (yoki  o'qib  beradi).  Shundan  so'ng  asar 

mazmuni  uuzasidan  savollar  beradi:  "Hozir  myen  sizlarga  qaysi  ertakni  hikoya 

qilib berdim? Bu  ertak qaysi hiylagar hayvon  haqida uozilgan? Ertakdagi tulkilar 

qandau?  Rahmdilmi  yoki  hiylagarmi?  Ular  qandau  qilib  quyonni  aldashdi?  Ertak 

oxirida  tulkining  bolasi  Qashqani  (quuonni)  qandau  qilib  aldaganini  kim  eslab 

qoldi?  

Tarbiyachi  o’quvchilarga  savollarga  hammalari  to'g'ri  va  aniq  javob  

byerganlarini, asar mazmuniga yaxshi tushunib olganlarini aytib, "Hozir myen bu 

yertakni  uana  bir  marta  hikoya  qilib  byeraman,  sizlar  esa  uni  diqqat  bilan 

tinglanglar, keyin uni myenga qayta hikoya qilib berasizlar", - deydi.  

Asarni  ikkinshi  marta  hikoya  qilib  bergach,  5  -  6  o’quvchini  ertakni  qayta 

hikoya qilib berishga chiqaradi. Nar bir o’quvchining qayta hikoya qilib berishlari 

baholanadi.  Masalan:  "Bekzod  ertakni  juda  qiziqarli,  ifodali  qilib  aytib  berdi, 

ammo  uning  hikoyasi  to'liq  bo'lmadi.  U  ona  tulki  quyonni  qanday  aldaganini 

hikoya qilib bermadi".  




 

32 


Boshlang’ich  ta’limda  keyingi  jarayonlarda  o’quvchilarni  yangi  pedagogik 

texnologiyalar  asosida  qayta  hikoya  qilishga  o'rgatishda  turli  usullardan 

foydalaniladi:  

a) o’qituvchi tomonidan tuzilgan reja asosida qayta hikoya qilish ;  

b)  o’quvchilarga  tanish  bo'lgan  ikkita-uchta  asarlardan  birini  o'z  xohish-

istaklari bilan qayta hikoya qilish;  

d) asarni sahnalashtirib, qayta hikoya qilish.  

O’quvchilar o'rtoqlarining hikoyalarini baholashga jalb etiladi.  

Bunday  muhokamani uyushtirish metodik jihatdan juda murakkab bo’lib, u  

o’qituvchidan  katta  mahoratni,  har  bir  o’quvchining  shaxsiy  xususiyatlarini 

bilishni  talab  etadi.  Uana  bu  ishning  murakkabligi  shundan  iboratki,  o’quvchilar 

hamma  hikoyalami  eslarida  saqlashlari  lozim  bo'ladi,  shuning  uchun 

o’quvchilarning  hikoyasini  yozib  borgani  ma'qul,  so'ngra  ularning  ba'zilarini 

muhokamadan  avval  o'qib  berishi  kerak.  Muhokamani  tashkil  etish  o’quvchilarni 

qayta  hikoya  qilishdagi  yaxshi  va  uomon  tomonlarni  seza  olishga,  o'rtoqlariga 

nisbatan xayrixohlik bilan munosabatda bo'lishni tarbiyalashga yordam beradi.  

Savod o’rgatish davri o’quvchilarini rasmga qarab hikoya qilishga o'rgatish 

quyidagicha amalgam oshiriladi.   

Rasmga  qarab  hikoya  qilish  illustratsiyali  materiallar  tarkibiga  kiradi. 

o’qituvchi rasmlar yordamida bolalarning tevarak-atrof to'g'risidagi tasavvurlarini 

kengaytiradi,  tafakkurlarini  rivojlantiradi,  xotirani  mustahkamlaudi  va  nutqni 

boyitadi.  Shuningdyek,  ko'rish  imkoniyati  bo'lmagan  narsa  va  hodisalar  bilan  

tanishtiradi,  ular  to'g'risidagi  bilimlarini  aniqlaydi  va  to'ldiradi,  yuqori  axloqiy 

sifatlarni  (myehnatga  qiziqish,  ona  tabiatga  muhabbat,  o'z  o'rtoqlariga  sadoqat  va 

hokazolar) shakllantirishga yordam beradi. o’quvchilarni  hikoya qilishga o'rgatish 

uchun  narsa-buyumlarni  tasvirlovchi  predmetli  rasmlardan,  sujetli  rasmlardan,   

ryerroduksiyalardan, peyzaj va naturmort, etud rasmlardan foydalaniladi.  

M.  M.  Konina  bolalarni  rasmlarga  qarab  hikoya  qilishga  o'rgatishning 

quyidagi  mashg'ulot  turlarini  ajratib  ko'rsatadi:  l)  narsa-buyumlarni  tasvirlovchi 

rasmlar  bo'yicha  tasviriy  hikoya  tuzish;  2)  voqeaband  rasmlar  bo'yicha  tasviriy 




 

33 


hikoya tuzish; 3) voqyeaband rasmlar asosida mazmunli hikoya tuzish; 4) voqealar 

ketma-ket  kyeladigan  rasmlar  to'plami  asosida  hikoya  tuzish;  5)  peyzajli  ( 

manzarali ), naturmort rasmlar bo'yicha tasviriy hikoya tuzish.  

Tarbiyachi  hikoya  qilish  ushun  rasm  tanlashda  quyidagi  talablarga  amal 

qilishi  kerak:  a)  voqealar  oddiy  bo’lishi,  bolaning  yoshiga  qarab  voqyeaning 

murakkablashib  borish  tamoyiliga  amal  qilishi;  b)  mazmuni  jihatidan 

o’quvchilarning  yoshiga  va  nutqining  rivojlanish  darajasiga  mos  bo’lishi;  d) 

o’quvchining  xayolini,  tafakkurini,  estetik  his-tuug'ularini,  kuzatuvshanligini, 

nutqini rivojlantirishga yordam berishi;  ye) rasmda tasvirlangan narsa buuumning 

ko'rinishi  yoki  voqyeaning  biror-bir  qismida  haqiqatni  buzib  tasvirlash  hollari 

bo'lmasligi. 

Maktabgacha  ta’limning  keyingi  bosqichlarida  o’quvchilar  faolligi  o'sadi, 

nutqi  takomillashadi,  turli  rasmlar  bo'yicha  mustaqil  hikoya  tuza  oladilar. 

Rasmlardan foydalanilgan dars mashg'ulotlarida ularning mazmuniga qarab har xil 

vazifalar  qo'yiladi:  l)  o’quvchilarni  rasmlarning  mazmunini  to'g'ri  tushunishga 

o'rgatish;  2)  his-tuug'ularni  tarbiyalash  (rasmlarning  mazmuniga  qarab  aniq 

rejalashtiriladi: tabiatga muhabbat, kasb-hunarga hurmat va hokazolar); 3) rasmlar 

bo'uisha  bog'langan  hikoya  tuzishga  o'rgatish;  4)  lug'at  to'rlamini  kengaytirish  va 

faollashtirish  (o’quvchilar  xotirada  saqlashlari  lozim  bo'lgan  yangi  so'zlar  yoki 

aniqlanishi  va  mustahkamlanishi  lozim  bo'lgan  so'zlar  oldindan  aniq 

rejalashtiriladi).  O’qvchilarni  hikoya  qilishga  o'rgatish  jarayonida  o’qituvchining 

rahbarligi  o'zgaradi.  Endi  u  shaxsan  ishtirokshilikdan  kuzatuvchi  roliga  o'tadi, 

zarur  bo'lgandagina  aralashaladi.  Boshlang’ich  ta’limning  keyingi  bosqichlarida 

o’quvchilarining hikoyalariga katta talablar qo'yiladi: voqealarni uzviy bog'langan 

holda,  grammatik  jihatdan  to'g'ri  jumlalar  tuzib  bauon  qilish;  til  vositalarining 

(harakatlarni,  sifatlarni,  holatlarni  va  boshqalarni  aniq  belgilash)  mustaqilligi, 

obrazliligi,  bir  maqsadga  qaratilganligi,  topshiriqni  o’quvchi  tomonidan  ongli 

tarzda  anglash  uni  to'g'ri  bajarishning  asosiy  shartlaridan  biri  hisoblanadi.  Bu  

jihatlarga tarbiyachining rahbarlik qilishi juda katta ahamiyatga ega,  u topshiriqni 

tushunishga va to'g'ri bajarishga yordam byeradi. o’qituvchining namuna-hikouasi, 




 

34 


auniqsa,  maktabga  tayyorlov  guruhida  ularning  hikoya  qila  olish  malakasini 

uanada  yuqori  darajada  rivojlanishi  ushun  asosiy  vosita  bo’lib  xizmat  qiladi. 

O’qituvchi  boladan  namuna-hikouaning  aynan  o'zini  takrorlashni  talab  qilib 

qolmasdan,  balki  takomillashtirib,  o'zgartirib,  umumlashtirgan  holda,  adabiy 

obrazlardan foydalanib hikoya qilishni talab etadi. Namuna ko'pincha rasmning bir 

qismi  uchun  taalluqli  bo’lib,  u  boshqa  qismlar  yuzasidan  mustaqil  hikoya  tuzish 

imkonini  byeradi.  Maktabga  tauuorlov  guruhida  o’qituvchining  namuna-hikouasi, 

guruhda  rasmdagi  mazmunni  bog’langan  holda  bayon  etishga  qiynaladigan 

o’quvchilar  bo'lsagina  taklif  etiladi.  Bundau  mashg'ulotlarda  hikoya  ryejasini 

byerish,  hikoya  mazmunini  va  izchilligini  aytib  turishdan  foydalanish  yaxshi 

natijalar byeradi.  

Maktabgacha  ta’limning  keyingi  bosqichlarida  rasmga  qarab  hikoya 

tuzishning  hamma  turlaridan  foydalaniladi:  narsa-buyumlarni  tasvirlovshi  va 

voqeaband rasmlar bo'yicha tasviriu hikoya tuzish; peyzajli va naturmortli rasmlar 

bo'yicha  tasviriy  hikoya  tuzish;  rasmlar  seriyalari  -  to'plamlari  bo'yicha,  masalan, 

"Vizning uyer maudonchamiz qishda va yozda") hikoya tuzish.  

Rasmlar  to'plami  bo'yicha  hikoya  tuzish  malakasini  takomillashtirishda 

quyidagi usullar yordam beradi: jamoa bo’lib hikoya tuzish  - avval boshlanishini 

o’qituvchi tuzadi, o’quvchilar tugatishadi; bir o’quvchi boshlaydi, boshqasi davom 

ettiradi.  

Quyida misol tariqasida bog'lanishli nutqni rivohantirish bo'yicha mashg'ulot 

ishlanmasini keltiramiz. Bu mashg'ulotda nutqning turli vazifalari hal etiladi.  

I qism. Vog'lanishli nutq. "Tipratikanlar" rasmi bo'yicha hikoya qilish .  

Dastur  mazmuni.  O’quvchilarning  yovvoyi  hayvonlar  (tipratikanlar) 

to'g'risidagi  mavjud  bilimlaridan  foudalanib,  rasm  bo'yicha  hikoya  qilishga 

o'rgatish.  

II qism. Lug'at ishi. Torishmoqlarni topish.  

Dastur  mazmuni.  O’quvchilarni  torishmoqlardagi  obrazli  ifodalarning 

mazmunini tushunishga o'rgatish.  



 

35 


III  qism.  Nutqning  tovush  madaniuatini  tarbiyalash.  "r-l"  tovushlarining 

to'g'ri talaffuzini mustahkamlash.  

Dastur  mazmuni.  "r-l"  tovushlarining  to'g'ri  talaffuzini  aniqlash, 

mhstahkamlash,  fonetik  idrokni  o'stirish. "r-l"  tovusulari  bo'lgan  so'zlarni  aniq  va 

sho'zib talaffuz etishga o'rgatish.  

Dars  mashg’ulotining  borishi.  O’qituvchi  bolalarga  tipratikan  haqidagi 

shye'rni aytib beradi.  

So'ngra tarbiyachi so'raydi: "Tirratikanning tanasi nimalar bilan qoplangan?" 

(Ignalar  bilan.)  "Tipratikan  qanday?"  (Tikanli.)  Tirratikan  haqidagi  torishmoqni 

tinglashni taklif etadi:  

Tikuvchimas, bichuvchimas,  

Ninasi ancha ekan, yoviga sanchar ekan.  

So'ng  shu  topishmoq  yuzasidan  ham  savollar  beradi:  "Nima  uchun:  ninasi 

ansha  yekan,  yoviga  sanshar  yekan"  deb  autngan?  (Chunki  uning  tanasi  ighalar 

bilan  qorlangan,  bironta  yovvoyi  hayvon  uni  yemoqchi  bo'lsa,  dumaloqlanib  olib 

ighalarini tikkaytirib oladi, natijada uning ighalari yovga (dushmaniga) sanshiladi. 

biz  ham  uni  tutib  olmoqchi  bo'lsak,  ighalarini  qo’limizga  sanshib  olishi  mumkin. 

Unga tegib bo'lmaydi, tikanli.)  

Uana bitta torishmoq aytadi:  

“Ignalarini o’zi bilan olib yuradi,  

Tikishni esa bilmaydi".  

O’qituvchi  so'raydi:  Nima  ushun  "Tikishni  bilmaydi"  deyilgan?  Uana 

qanday  ignalar  bor,  ular  nima  ushun  kerak?  (Tikuv  ignalari,  tikish  uchun.) 

Tipratikanning  ighalari  bilan  tikish  ushun  ishlatiladigan  ignalar  nimasi  bilan 

o’xshash? (ular o'tkir, uzun, ingishka.)  

Tarbiyachi 

“Tipratikanlar”  rasmini  ("Yoyyoyi  hauvomar"  seriyali 

rasmlardan) ko'rsatadi. O’quvchilarga uni diqqat bilan ko'rib chiqishni taklif etadi 

va  savollar  beradi:  "Bu  rasmda  nima  tasvirlangan?  Ona  tipratikan  nima  qilyapti? 

Tipratikan bolalarishi? Tirratikanlar nima yeydi? Unga ighalar nima uchun kerak? 

U  qandau?  Tirratikanni  nima  bilan  taqqoslash  mumkin?"  Javoblarni  tinglaydi  va 



 

36 


bolalarga  tirratikanlar  haqida  autilganlarni  esdan  chiqarmaslikni  aytadi.  Shu  rasm 

uuzasidan bir bolaning hikoyasi:  

"Ona tipratikan va tipratikanchalar yashashar yekan. kunlardan bir kuni ular 

o'tloqqa sayr qilgani borishibdi.  Ona tirratikan shilliqqurtlarni ko'rib ularga tikilib 

qaray  boshlabdi.  Ikkita  tipratikancha  esa  qo'ng'izga  qarab  o’ylashibdi,  bu  kim 

yekan, bitta tipratikancha esa xuddi koptokka o'xshab, dum-dhmaloq bo’lib olibdi. 

Qo'ng'iz yiqilib tushgan edi, tirratikansha qo'rqib, tumshug'ini ichkariga yashirdi".  

Ikkihchi  bir  o’quvchining  hikoyasi:  "Bir  bor  yekan,  bir  yo'q  ekan.  Ona 

tipratikan bilan tipratikanchalar yashar  yekan. Kunlardan bir kun ular sayr qilgani 

bog'ga  borishibdi.  Ona  tirratikan  shilliqqurtni  ko'rib  qoldi.  Ikkita  kishkina  tikanli 

tirratikanshalar  shuvalchangni  ko'rib  qolib,  unga  qarab  turishibdi  va  qandau 

taqsimlab olishga hauron".  

Ushinshi  o’quvchining  hikoyasi:  "Tirratikanshalar  va  ona  tirratikan  yashar 

yekan.  Kunlardan  bir  kuni  ular  o'rmonga  sayr  qilgani  borishibdi.  Ikkita 

tipratikancha qo'ng'izni  ushlab olishdi va uni taqsimlay  olishmadi.  Ular  qarasalar, 

shox-shabbalarning  ostida  bir  ko'k  rangdagi  dum-dumaloq  narsa.  Bu  ularning 

akalari bo’lib, u qo'rqqanidan xuddi koptokka o'xshab dum-dhmaloq bo’lib olgan 

edi. Ular akalariga qarauotganlarida, qo'ng'iz qochib qoldi".  

O’qituvchi  o’quvchilardan  kimning  hikoyasi  nimasi  bilan  ko'proq 

yoqqanligini,  har  bir  tinglagan  hikoyalarida  qandau  uangi  va  qiziqarli  narsalarni 

yeshitganliklarini so'rab oladi.  

Boshlang’ich sinf o’quvchilari sekin-astalik bilan rasmda tasvirlangan tabiat 

manzaralarini  (peyzajni)  tasvirlash  bilan  o'z  hikoyalarini  to'ldirib  boradilar. 

Masalan,  "Qishki  o'yinlar"  rasmi  yuzasidan  o’quvchi  shunday  hikoya  qilishi 

mumkin:  "Vu  rasmda  qish  tasvirlangan.  Kun  iliq  va  quyoshli.  Osmon  ko'm-ko'k, 

beg'ubor..  ".  Rasm  bo'yicha  hikoya  qilishga  bunday  tasvirlashni  kiritish 

o’quvchilarni  manzarali  (peyzajli) va  naturmort  rasmlar  bo'yicha  hikoya  tuzishga 

tayyorlaydi.  Vu  hikoya  turi  maktabga  tayyorlov  guruhida  tashkil  etiladi. 

O’quvchilarni  manzarali  va  naturmort  rasmlar  bo'yicha  hikoya  qilishga 

o'rgatishning  qiziqarli  va  samarali  uslubiyotini  N.  M.  Zubareva  ishlab  chiqqan. 




 

37 


Jumladan,  ushbu  uslubiyotni  u  quyidagicha  yoritadi:  "  O’quvchilarni  manzarali 

rasmni  idrok  qilishga  sekin-astalik  bilan,  ularning  emotsional  kayfiyatlariga 

tayangan holda, tabiatni kuzatish bilan bog'lab o'rgatib boriladi. Manzarali rasmni 

idrok  qilishni  tevarak-atrofdagi  tabiatning  rang-barangugini  va  chiroyini  kuzatish 

bilan  (quyoshning  chiqishi  va  botishi,  momaqaldiroq,  oqshom,  ob-havo  (bulutli, 

ochiq,  izg'irin  shamol  va  boshqalar)  bog'lab  olib  borish  kerak.  Manzarali  rasmni 

ko'rib  chiqishda  quyidagi  savollardan  foydalanish  maqsadga  muvofiqdir:  Rassom 

bizga bu o'rmon  haqida  (ushbu daraxt, maysazor, o'tloq haqida)  nimalarni  hikoya 

qilib bermoqchi bo'lgan? Nima ushun rassom o'zining rasmini shunday nomlagan? 

Rassomga nima qiziqroq, chiroyliroq ko'rinadi? O’qituvchining "nima haqida ... ", 

"nima  to'g'risida  ...  "  degan  savollari  rasmning  tavsifini  aniqlashga,  tabiat 

manzarasi  to'g'risida  aniq  tavsif  berishga  yordam  beradi.  U  yoki  bu  rasmning 

badiiy  g'oyasini  yaxshi  tushunish  va  ahiqlash  ushun  musiqadan,  poetik  (she'riy) 

asarlardan  foydalanish  ma'qul.  Vu  o’quvchilarda,  bir  tomondan,  barqaror 

diqqatning  vujudga  kelishiga  yordam  bersa,  ikkinchi  tomohdan,  ularning 

kayfiyatini  ko'taradi,  tasvirlash  uchun  o'xshatishlar,  epitetlar,  taqqoslashlar  va 

kinoyalarni tanlashga yordam beradi".  

Masalan,  Safo  Ochilning,  "Ko'klam  qo'shig'i",  Shukur  Sa'dullaning  "Vahor 

keldi", Zafar Diyorning "Qor", she'rlaridan, tabiat to'g'risidagi o'zbek xalq qo'shiq 

va laparlaridan foydalanish mumkin.  

Rasmning  g'oyasini  tushunishga  yordam  berishda  ushbu  metodik  usul  ham 

yordam  berishi  mumkin:  o’qituvchi  o’quvchilardan  qor  bilan  o’ynayotganlarida, 

uyda onalari bo'lmaganda, shifokor emlash uchun kelganda va hokazo vaziyatlarda 

kayfiyatlari  qanday  bo’lishini  so'raydi.  O’qituvchining  namuna-hikoyasi  yoki 

adabiu  asarni  o'qib  berishi  katta  ahamiyatga  ega.  Masalan,  V.  Baksheyevning 

"Yashil  bahor",  O'.Tansiqboyevning  "Kuz"  rasmini  ko'zdan  kechirishda 

mashg'luotni  O'tkir  Hoshimovning  "Tomshi  haqida  ertak"  hikoyasini,  Qudrat 

Hikmatning "Bu qaysi fasl?" asaridan parcha o'qib berish bilan tugallash mumkin.  

Savod  o’rgatishga  tayyorlov  guruhida  naturmortlarni  ko'rib  chiqish  va 

tasvirlash  mashg'uloti  tashkil  etiladi.  O’qituvchi  doskaga  uncha  murakkab 




 

38 


bo'lmagan  rasmli  (naturmortni)  yoki  rasmda  tasvirlangan  idishlardan,  gullardan, 

mevalardan  stol  ustida,  xuddi  rasmda  tasvirlangandek,  "naturmort"  yasaydi. 

So'ngra  o’quvchilarning  o'zlari  narsa-buyumlardan  "naturmort"  yasaydilar  va  bir 

vaqtning  o'zida  "natusmortni"  tasvirlaydilar:  rangini,  bo'yoqlarning  mosligini, 

narsalarning  shaklini  aytib  tasvirlaydilar,  keyin  esa  rasmdagi  "naturmort"  bilan 

taqqoslaydilar. "Stoldagi naturmort"ni ko'rib chiqish bolalarga narsa-buyumlarning 

turli  sifat  xususiyatlarini,  belgilarini  ahiqlashga  yordam  beradi,  ularning  estetik 

sifatlari  to'g'risidagi  tasavvurlari  doirasini  kengaytirishga  ta'sir  etadi.  Bola  sekin-

astalik bilan mustaqil ravishda naturmortlarni tasvirlashga o'tadi. Ushbu naturmort 

rasmlardan  foydalanishi  mumkin:  D.  Nalbahdyan  "Gullar",  I.  Levitan  "Siren",  A. 

Laktinov  "Fevral",  I.  Mashkov  "Tarvuz  bilan  naturmort",  R.  Kanchalov  "Deraza 

oldidagi  siren",  A.  Fatxuuin  "Nishona".  Shnuingdek,  o’qituvchi  mashg'ulotda 

fotoetud  reproduksiyalaridan  ham  foydalanishi  mumkin.  Y.  Ryumkinning 

"Olmalar",  Y.  Ignatovichning  "Momaqaldiroq"  va  "Moychechak"  rasmlarini 

ko'zdan  kechirish  yaxshi  natijalar  beradi.Savod  o’rgatish  davrida  bolalarni 

o'yinchoqlarga qarab hikoya qilishga o'rgatish mumkin.  

Bolalarning  eng  sevimli  va  qiziqarli  dars  mashg'ulotlaridan  biri  bu 

o'yinchoqlarni  ko'rib  chiqish  va  tasvirlashdir.  O’yinchoqlarga  qarab  hikoya 

tuzishning  ma'nosi  juda  keng.  U  o’quvchilarda  axloqiy  sifatlarni  tarbiyalaydi, 

birgalikda hikoya qilish malakalarini rivojlantiradi, xotira, diqqat va irodani mashq 

qildiradi.  Hayotda  hosil  bo’lgan  tajribalarini,  idroklarini  mustahkamlaydi;  kam 

gapiradigan  bolalarning  nutqiy  muloqotga  kirishib  ketishiga  ta'sir  etadi,  ularning 

hayotlarini  sermazmun  va  quvhoq  qiladi;  lug'atini  faollashtiradi,  bog'langan 

nutqning  rivojlanishiga  yordam  beradi.  O’yinchoqlarga  qarab  hikoya  tuzish 

maktabgzvha  ta’limning  kichik  guruhlaridan  boshlab  savod  o’rgatish  davri 

jarayonigacha  davom  etadi.  O'yinchoqlar  bo'yicha  mashg'ulotni  tashkil  etishda 

o'yinchoqlarni  tanlashga  jiddiy  e'tibor  berish  kerak.  Kichik  guruh  bolalariga 

tasvirlash ushun taklif etiladigan o'yinchoqlar o'zining ba'zi bir xususiyatlariga ega: 

o’yinchoqlar  nomi  bo'yicha  bir  xil  bo’lishi  mumkin,  biroq  tashqi  ko'rinishi 

jihatidan bir-biridan farq qilishi  kerak  (katta va kichkina  ayiqchalar;  sochi  mayda 




 

39 


o'rilgan,  do'ppi  kiygan  va  sochiga  lyenta  taqilgan  qo'g'irchoq;  qizh  va  yasli 

piramidalar, kubiklar va hokazolar). O'yinchoqlarni bu tartibda tanlash bolalarning 

lug'atini  faollashtirishga  va  taqqoslash  ustidan  foydalanish  asosida  bog'lanishli 

nutqini rivohantirishga yordam beradi.  

Katta  va  savod  o’rgatishga  tayyorlov  guruhlarida  taxminan  quyidagi 

o'yinchoqlarni  tanlash  mumkin  (tarbiyachi  oldindan  o'yinchoqlar  to'plami 

ro'yxatini tuzib qo'yadi):  

Sentabr. Qog'ozdan yasalgan to'q sariq, zarg'aldoqrang bayroqcha; matodan 

yasalgan 

yashil 


rangdagi 

bayroqcha; 

uog'oshdan 

yasalgan 

qo'ziqorin; 

plastmassadan  va  metalldan  qilingan  chelakchalar;  har  xil  kattallikdagi 

qo'g'irchoqlar  to'plami;  qayiqchalar  (o'yinchoqlar  nimadan  yasalganligini, nomini, 

rangini bildiruvchi so'zlarni mustahkamlash ushun).  

Noyabr.  Soatlar,  pochta  qutisi,  tyelyefon,  paroxod,  aytomobillar, 

samolyotlar  (shakl  va  fazoni  bildiruvchi,  oldinda,  yuqorida,  orqada  kabi  so'zlarni 

mustahkamlash va tushuntiruvshi hikoyalar tuzish ushun).  

Yanvar. Juft o’yinchoqlar to'plami: past va baland ikkita piramida; ikki xil 

avtomobil;  mushusk  va  kushuk;  har  xil  rangdagi  ikkita  otcha;  ikkita  har  xil 

qo'g'irchoq  (o'ngda,  chapda,  yonda,  ketma-ket  so'zlarini  mustahkamlash  hamda 

taqqoslovchi hikoya tuzish uchun). 

O’quvchilarni o'z tajribalaridan (xotiradan) hikoya qilib berishga o'rgatish  

Vu  hikoya  turi  o’quvchilarning  bog'lahishli  nutqini  rivohantirishga, 

muloqotga  o'rgatishda,  o'z  his-tuug'ularidan  foudalanish  va  uni  bog'langan  holda 

bauon etishga odatlantiradi. O'z fikrlarini aniq, ravshan va tushunarli tarzda bauon 

etish malakasi shakhailadi. Vu hikoya turining rivojlanish asosi bolalar hauotining 

mazmunidir.  O’quvchilar  hikouasining  mavzulari  ushun  sayrlar,  sauohatlar, 

mehhat  va  bayramlar  asos  bo'ladi.  Tevarak-atrofdagi  narsa-buuumlar  va 

hodisalarni kuzatish, she'rlar, badiiy  asarlardan rarshalar o'qib berish, tasvirlashga 

asoslangan ta'limiy  o’yinlar o'tkazish,  bolalar nutqihi badiiy  so'z  va  iboralar bilan 

boyitish  ularni  o'z  hauotlaridagi  qiziq  voqealar  haqida  hikoya  qilib  byera  olish 



 

40 


qobiliyatini  rivojlantirishning  muhim  shartlari  hisoblanadi.  O'z  tajribalaridan 

hikoya tuzish maktabgacha ta’limning o’rta guruhidan boshlanadi.  

Bolalarga  o'zlariga  tanish  bo'lgan,  yaqinda  bo’lib  o'tgan  aniq-ravshan 

voqealar  mavzu  sifatida  taklif  etiladi:  "Bizning  bauram",  "Biz  onamizga  qanday 

sovg'a  tayyorladik?''',  "Biz  anhorga  qahday  bordik?".  Yaqin  atrofdagi  kishilar 

myehnati  bilan  bog'liq  bo'lgan  mavzularni  ham  taklif  etish  mumkin:  "Oshxohada 

kim  ishlaydi?",  "Zulfiya  ora  -  bizning  farroshimiz".  Shuningdyek,  ota-onalarning 

myehnatlari  bilan  bog'liq  bo'lgan  mavzularda  ("Mening  otam  va  onam  qayerda 

ishlaydilar?")  hikoyalar  tuzdirish  mummkin.  Yuqoridagi  mavzularda  mashg'ulot 

o’tkazishdan  avval  tarbiyachi  bolalarni  oshxonaga  olib  boradi,  farrosh  myehnati 

bilan tahishtiradi, ota-onalarga bolalariga o'z kasblari haqida (Qayerda kim bo’lib 

ishlaydi?  bu  kasb  nimasi  bilan  muhim?)  gapirib  berishlarini  aytadi.  Sayrlar, 

o’quvchilarning  myehnat,  tabiat  to'g'risida  kichik  hikoyalar  tuzishlari  ushun  asos 

bo’lib hisobiailadi.  Avval bolalar  narsa-buyumlar  yoki  tabiatdagi  mehhat  va turli 

hodisalar haqida voqeaviy  hikoyalar  tuzishga  o'rgatiladi. ("Biz  tomorqada qanday 

ishladik?",  "Biz  qanday  qilib  kushukshani  boqdik?")  O’qituvshi  hikoya  ushun 

mavzu  tanlar  yekan,  u  bolalarni  bog'chaga  yaqin  bo'lgan  tabiat  mahzaralari  bilan 

tanishtiradi,  savohat  yoki  saurning  mazmunini  va  maqsadini  belgilaydi. 

O’quvchilarni hikoya tuzishga tayyorlash ishlari sayohat, kuzatishlar vaqtida olib 

boriladi.  O’qituvshi  bolalarga  sayohatda,  sayrda  ko'rgan  kuzatganlari  bo'yicha 

savollar beradi.  

Dars  mashg'uloti  oxirida  tarbiyachi:  "Vizning  bog'imiz  haqida  nima  deyish 

mumkin,  u  qandau?"  dyegan  savol  beradi  va  hajmi  uhcha  katta  bo'lmagan 

hikouaning  nammasini  beradi.  O’qituvshi  o’quvchilarning  taassurotlarini 

mustahkamlash  maqsadida  ta'limiy  o’yin  o'tkazadi.  Rasmni  ko'rishni  taklif  etadi 

yoki she'r aytib beradi. Taklif yetngan mavzuda hikoya qilishga o’rgatishni jamoa 

bo’lib  hikoya  tuzishdan  boshlash  ma'qul.  O’qituvshi  hikoyani  boshlaydi, 

o’quvchilar  esa  uchun  katta  bo'lmagan  tasvirlashlar  bilan  hikoya  qilib  beradilar. 

Tarbiyachi  hikoyani  yozib  borishi  va  mashg'ulotning  oxirida  o'qib  berishi 

maqsadga  muvofiqdir.  O'z  tajribalaridan  (xotiradan)  hikoya  tuzishning  muhim 




 

41 


metodik nsullardan biri - bu bolalar diqqatilii qaysidir, qandaudir voqeani eslash va 

uni  o'z  hikoyasi  yuzasidan  o'tkazadigan  suhbatida  esga  tushirishni  aytadi, 

hikoyaning asosiy qismlarini belgilaydi (avval nimani hikoya qilamiz, kyeuin-shi, 

nima bilan (qanday) yakunlaymiz).  

Shuningdyek, bu hikoya turida o’qituvchining hamma hikouasi ham katta rol 

o'ynaydi.  Bolalarni  o'z  tajribalaridan  hikoya  qilishga  o’rgatish  ularni  o'zlariga 

yaqinroq  bo'lgan  mayzuda  ansha  uzoq  so'zlashishga  o'rgatadi  va  ijodiy  hikoya 

tuzishga zamin tayyorlaydi. Boshlang’ich inflarning keyingi bosqichida bu hikoya 

turining  roli  ansha  ortadi,  bli  guruhdagi  o’quvchilar  ko'rgazmali  qurolsiz  hikoya 

tuza  boshlaydilar.  Xotiradan  hikoya  tuzishning  hamma  turlari  bo'yicha  (shaxsiy, 

jamoa  tajribalaridan,  ko'rgazmali  qurolsiz  tasvirlashga  oid  ta'limiy  o'yinlar) 

mashg'ulotlar tashkil etiladi.  

Bolalarning  ijtimoiy  hayot  hodisalari,  kishilar  myehnati  bilan  tahishish 

doirasi 


kengayadi. 

Shuning 


ushun 

ham 


ularning 

hikoya 


mayzulari 

murakkablashishi  mumkin.  Masalan,  1-sinf  o’quvchilari  qurilishdagi  kishilarning 

myehnatlarini kuzatganlaridan so'ng, tikuv ustaxonasiga (atelyega) va boshqalarga 

sayohatga  borishgach,  ularga  quyidagi  mavzularda  hikoya  tuzish  taklif  etilishi 

mumkin:  "Bu  uuni  kim  qurgan?",  "Kiyimlarni  qanday  tikadilar?",  "Bizning  dam 

olishimiz ushun kimlar myehnat qilgan?" va hokazo.  

Maktabgacha  ta’limning  keyingi  bosqichlarida  esa  quyidagi  mayzular 

berilishi  mumkin:  "Biz  kutubxonada  bo'ldik",  "Maktabdagi  darslar",  "Biz 

shirinliklar  fabrikasida  nimalarni  ko'rdik?"  va  hokazo.  Ushbu  guruhlarda  tabiat 

to'g'risidagi mavzular ham murakkablashadi.  

Keyinchalik o’quvchilar hikoyasi ushun bauramlar, kattalar myehnati, tabiat 

manzaralari  haqida  kichik  rasmli  albomcha  tuzish  mumkih.  O'z  shaxsiy 

tajribasidan  hikoya  tuzishga  byemor  o'rtog'iga  yoki  boshqa  shahardagi 

tengdoshlariga jamoa bo’lib xat matni tuzish ham kiradi.  

 

 



 

42 



Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin