Ibragimova lola bitiruv malakaviy ishi mavzu: maktabgacha ta



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/23
tarix02.01.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#38607
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
maktabgacha talim yoshidagi bolalar nutqini ostirishda bolalar adabiyotidan foydalanish

KIRISH. 

Hozirgi  kunda  mustaqil  respublikamiz  sharoitida  xalq  ta’limi  o‘ziga 

xos  rivojlanish  davrini  boshdan  kechirmoqda.  Bu  o‘ziga  xoslik,  eng  avvalo, 



 

ta’lim-tarbiya  mazmunini  milliylashtirish,  ya’ni  o‘zimizning  juda  boy 



o‘tmish  tariximiz,  madaniyatimiz,  fanimiz,  tilimizda  o‘z  mohiyati  bilan 

yuksak  insoniy-axloqiy  mazmunga  ega  bo‘lgan  jarayonda  yosh  avlodni 

o‘qitish baxtiga muyassar bo‘ldik.  

Yuksak  axloqiy  sifatlarni  tarbiyalash,  avvalo,  bu  sifatlarni  o‘zimizda 

mujassamlashtirishni talab qiladi

1

. Shu bilan birga ta’lim-tarbiyaga yangicha 



yondashish, yangicha uslub va mazmun, shakl va vositalardan foydalanishni 

ham  taqozo  qiladi.  Eski  uslub  bilan  vazifalarni  amalga  oshirib  bo‘lmaydi. 

Ko‘pgina olimlarning tajribalari shuni ko‘rsatadiki, biz bu masalalarni yangi 

pedagogik texnologiyalar asosida amalga oshirishimiz mumkin.  

Har  qanday  davlat  taraqqiyoti  ta’lim-tarbiya  sohasida  erishilgan 

yutuqlar,  uning  jahon  andozalariga  mosligi  va  amaliy  hayotda  qanday  o‘rin 

tutishlariga bog‘liq. Sifat  o‘zgarishlari esa  mazkur  sohada ijobiy yangiliklar 

kirita  olishi  bilan  belgilanadi.  O‘z  navbatida  bunday  yangilikni  kiritish  – 

immitatsion  jarayon  bo‘lib,  bu  –  ta’limda  samaradorlikka  erishishdan  iborat 

bo‘ladi.


   

Bu  borada  maktabgacha  ta’lim  sohasida  bolalarning  nutqini 

o’stirishda  bolalar  adabiyoti  vakillari,  janrlari  bilan  tanishtirish  va  yangi 

pedagogik  texnologiyalar  asosida  hikoya  qilishga  o’rgatish  bo’yicha  olib 

boriladigan o‘zgarishlar alohida ahamiyat kasb etadi.  

     MUAMMONING  DOLZARBLIGI.  Kelajak  avlod  tarbiyasida 

badiiy  adabiyotni  teran  anglash,  mustaqillik  qobiliyatlarini  shakllantirish  va 

mustaqil  ishlash,  izlanishlarini  odat  tusiga  kiritish,  hayotda  uchraydigan 

voqea-hodisalarning  mohiyatini  tez  anglaydigan  zukko  va  bilimdon  qilib 

tarbiyalash  aynan  maktabgacha  ta’limdan  boshlanishi  kerak.  Bunday 

maqsadlarni amalga oshirish DTS dasturlarida ko‘zda tutilgan bo‘lib, fanlarni 

o‘qitishda ular orasidagi aloqadorlikning ta’minlanishi bilan amalga oshirilib 

boriladi.  Barkamol  avlodni  tarbiyalashda  esa  badiiy  adabiyot  borasidagi 

                                                 

1

 Karimov I.A. Үuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. Тoshkent-2008. 34-bet 




 

nutqiy  bilimdonlikning  ahamiyati  juda  katta.  Maktabgacha  ta’lim 



muassasalarida  turli  yosh  guruhlarida  hamda  savod  o‘rgatish  davrida, 

shuningdek,  keyingi  sinflarda 

o’quvchi

larni  o‘qishga  o‘rgatish  va  o’qish 

darslarini  olib  borish  jarayonida  ularni  badiiy  adabiyot  bilan  tanishtirish 

ustida  ishlash  davomida  bolalarning  nutqini  o‘stirish,  har  tomonlama  keng 

fikrlay  olishga  imkoniyat  yaratish  hamda  dars  mashg‘ulotlari  davomida 

interfaol usulda 

bola

larni mustaqil ravishda turli mavzularda gap tuza olishga 



o‘rgatish  va  gap  ustida  ishlash,  o’zi  tuzgan  gaplari  asosida  hikoya  qilishga 

o’rgatish  bo‘yicha  ayrim  dars  mashg‘ulotlarini  kiritish  bugungi  kun 

taraqqiyotining  dolzarb  muammolaridan  biridir. 

Bola


lar  bilan  bolalar  badiiy 

adabiyoti  ustida  ishlash  ishlari  hozirgi  vaqtda  maktabgacha  ta’lim 

muassasalaridan boshlab, avval nutq o‘stirish, keyinchalik savod o‘rgatishga 

tayyorlov  davrida  va  boshlang’ich  ta’limning  keyingi  yillarida  o‘qish 

mashg‘ulotlari  orqali  amalga  oshiriladi.  Bu  borada  esa  ko‘pgina 

tadqiqotlarda,  asosan,  xalq  og‘zaki  ijodiga  tayanib 

o’quvchi

larning  nutqini 

o‘stirish  orqali  hikoya  qilish  bilan  tanishtirish  kuzatiladi.  Shu  tomondan 

bola


larni  maktabgacha  ta’lim  jarayonida  o‘qish  darslarini  olib  borish  hamda 

bunda yangi pedagogik texnologiyalar asosida bolalar badiiy adabiyoti ustida 

ishlashning  yangi  texnologiyalarini  yaratish  bugungi  kunning  dolzarb 

muammolaridan biri hisoblanadi. 




Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin