I oliy va o`rta



Yüklə 1,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/51
tarix16.12.2022
ölçüsü1,04 Mb.
#75531
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   51
 
Nazorat topshiriqlari: 
 
1. Test: Musulmon maktablarda qaysi til asosiy fan sifatida o‘qitilar ediq
A) o‘zberishk va arab tillari
V) foris tili; 
B) arab tili;
(bilish) 
2. Test: Musulmon maktablarida fanlar necha qismga ajratilgan va qaysilariq
A) nazariy qism (tibiyot, iloxiyot va matimatika); 
V) nazariy va amaliy qism: birinchi qism tibiyot, iloxiyot va matematika, ikkinchi 
qism etika iqtisodiyot va siyosat; 
B) amaliy qism (Tibiyot, iloxiti va matematika); 
3. Musulmon maktablarida ta‘lim tarbiyaning mohiyatini izohlang (tushuntirish) 
4.Musulmon maktablarida ta‘lim-tarbiyaning maqsadi undan kelib chiqadigan 
vazifaifalarni tahlil qiling. (analiz)
5. Musulmon maktablarida borliqni mafkuraviy idrok etishning asosiy shakllari 
bo‘lgan islom ta‘limotining ta‘sirini taqqoslab bering. (baholash)
 
3-Asosiy savolning bayoni: 
Xadis ilmining paydo bo‘lishi. Imom Ismoil Al Buxoriy va Imom At 
Termiziynig xadis ilmi rivojidagi tutgan o‘rni.
Maqsad: Xadis ilmining paydo bo‘lish tarixi o‘rgatiladi. Uni va uning 
namoyondalarini o‘rganishga qiziqish o‘yg‘otiladi. 
Identiv o’quv maqsadlari: 
1. Xadis ilmining ta‘limiy-tarbiyaviy ahamiyatini tushuntirib beradi. 
2. Xadis ilmi aomoyondalarining ta‘lim-tarbiya rivojiga qo‘shgan xissalarini 
izohlab beradi. 
3. Xadis ilmi va uning namoyondalarini ta‘lim-tarbiya rivojiga qo‘shgan xissalarini 
tahlil qilib beradi. 
Islom dini ta‘limotida «Qur‘oni karim» dan keyin asosiy manba xadislardir. 
Xadis ilmi bilan shug‘ullanish asosan 8-asrning 2-yarmidan boshlanib, unga eng 
bilimdon, mo‘‘tabar shaxslargina tartib berishgan. Ma‘lumotga ko‘ra, 8-11 asrlarda 
400 dan ortiq muxaddis xadis ilmi bilan shug‘ullangan. 
«Xadis» yoki «sunna» so‘zlari bir ma‘noni anglatib Rasullullohning hayoti va 
faoliyati hamda dini va axloqiy ko‘rsatmalari xaqidagi rivoyatlardan iborat. 
Muhammad alayxisalomning ibratli ishlari e‘tiqod, poklik va insonga xos ma‘naviy 


74 
- axloqiy xislatlarni ifodalovchi so‘zlari, pand-nasihatlari uning nomi bilan bog‘liq 
xadislarda mujassamlangan. 
Xadislar dastlab yozib borilmagan. Chunki payg‘ambarimiz Qur‘oni karim nozil 
bo‘lgan vaqtlarda arab bo‘lmagan kishilarning xadislarini Qur‘on oyatlaridan deb 
o‘ylashlaridan cho‘chib uni yozib borishlariga ruxsat etmaganlar. Lekin, xadislarni 
yod olgan kishilar tobora kamayib borgani hamda asta-sekin ular unitilib 
ketishining oldi olinib xalifalar ishonarli xadislarni to‘plashga farmon berdilar. 
Islomshunos olimlar bu ishni boshida turgan dastlabki xalifa Umar Ibn Abdulaziz 
ekanligini ta‘kidlaydilar. 8-9 asrlar xadis ilmi uchun oltin davr hisoblanadi. Bu davr 
islom dunyosida eng nufo‘zli manbalar deb sanalgan 6 ta ishonchli to‘plam (as-
saxix as-sitta) yaratildi. Bunda bizning vatandoshlarimiz muxaddislarning ham 
xissalari bor. 
Olimlar (olti kitob) ni quyidagalardan iborat deb ko‘rsatadilar:
1. Ismoil al Buxoriy tomonidan yozilgan «as-saxix»
2. Imom Muslim an-Nishopuriy tomonidan yozilgan «as-saxix»
3. Imom Ibn Mojja tomonidan yozilgan «Sunnan».
4. Imom Abu Dovuds Sulaymon Sijistoniy tomonidan yozilgan «Sunnan». 
5. Imom Ibn Iso at-Termiziy tomonidan yozilgan «Aj-jamii al-kibr»
6. Axmad an - Nasoiy tomonidan yozilgan «Sunnan» kabi to‘plamlardir. 
Xadis taklif etishda asosan uch yo‘nalish paydo bo‘lgan.
Musnad yo‘nalishi. Bunda turli mavzudagi yo‘nalishlar bir joyga keltirib alifbo 
tartibida joylashtirilgan.
Saxix (ishonch) yo‘nalishi. Bunga Imom Buxoriy asos solgan. Bularga to‘g‘ri 
ishonarli xadislar keltirilgan. 
Sunan yo‘nalishidagi xadislar. Bu yo‘nalishdagi xadislarga, ishonarli xadislar bilan 
bir qatorda, zaif xadislar ham kiritilgan. 
«Saxix» yo‘nalishining asoschisi, eng etuk va mashhur muxaddis Abu 
Abdullox Muhammad Ibn Ismoil al-Buxoriydir. Imom Buxoriy xadis ilimida «Amir 
ul-Mo‘‘minin», «Imom al-Muxaddisiyn» («Barcha muxaddislarning pesh vosi») 
degan sharafli nomga sazovor bo‘lgan. U 810 yil 13 mayda Buxoroda tug‘ilgan. 
Go‘dakligida otadan etim qolgan. Maktabda savod chiqargan. 10 yoshidanoq arab 
tili va kitoblaridan ularni yodlay boshlaydi. Al-Buxoriy xadis ilmini katta qiziqish 
bilan o‘rgana boshlaydi. Yoshlik chog‘idan boshlab turli muxaddislardan eshitgan 
xadislarni yodlab borar edi. Abdulloh Ibn al-Muborak, Vaki Ibn Jarroh kabi olimlar 
to‘plagan xadislarni yod olgan, xadis rivoyatchilari haqidagi baxslarda qatnashgan. 
Imom Buxoriy iste‘dodli o‘tkir muhofazali, ziyrak olim bo‘lgan.
U Damashq, Qoxira, Basra, Bag‘dod shaharlarida mashhur olimlardan fikix 
ilmidan dars oladi, o‘zi ham baxs va munozaralarida qatnashadi, tolibu ilmlarga 
dars ham beradi. 
Imom Buxoriyning o‘tkir zexn egasi ekanligini quyidagi misoldan ham bilish 
mumkin. Rivoyatlarga ko‘ra «U qaysi bir kitobni qo‘lga olib, bir maratoba mutoala 
qilsa, hammasi yod qolaveradi». 
Imom Buxoriy o‘ta kamtar, insonparvar, xulq-odobda tengsiz, saxovatli inson 
bo‘lgan. U xadis ilmining etuk olimi bo‘lsa ham, vaqti kelganda zamondoshlari, 


75 
shogirdlaridan ham o‘rganadi. Ma‘lumotlarga ko‘ra, al-Buxoriy 600 mingga yaqin 
xadisni to‘plagan, 100 ming saxix 200 ming g‘ayri saxixlarni yod olgan. 
Imom al-Buxoriy uzoq safardan ona yurti Buxoroga qaytgach, talabalar va 
ulomolarga xadis ilmidan saboq beradi va uning targ‘ibotchisiga aylanadi. 
Olimlarning ta‘kidlashlaricha, Imom al-Buxoriy juda boy meros qoldirgan. 
Uning «Al-Jome As-Saxix» («Ishonchli to‘plam») asari 4 jilddan iborat bo‘lib, eng 
etuk shox asari sifatida dunyoga mashhurdir. Bu asarda Payg‘ambarimiz Sallaxu 
Alayxi Vassallam xadislaridan tashqari, Islom huquqshunosligi, islom marosimlari, 
axloq-odob, ta‘lim-tarbiya, tarix va etnografiyaga oid ma‘lumotlar ham berishgan. 
Unga 600 ming xadisdan 7275 ta eng saxix xadislardan kiritilgan bo‘lib, 
takrorlanmaydigan 4000 xadisdan iboratdir. Bu kitob Islom ta‘limotida Qur‘oni 
Karimdan keyingi manba hisoblanadi. 
Islom dini insoni ma‘naviy kamolot sari etaklovchi ta‘limot. Shu sababli 
Qur‘oni Karimdan ham xadislarda ham yaxshi xulq va odob keng targ‘ibot etilgan. 
Shariat talablari bilan bir qatorda, xadislarda axloqqa doirlari, ayniqsa muhim. 
Imom Buxoriy ham 4 jildli ushbu asarining 1 jildida odob haqidagi xadislarni jam 
etgan. Keyinchalik alloma butun Islom olami odob-axloqi va tarbiyasi masalalariga 
bag‘ishlangan «Al-Adab Al-Mufrad» nomli maxsus xadislar to‘plamini yaratdi. Bu 
asar 644 ta bobda bayon etilgan 1322 xadisdan iborat. Mashhur muxaddislardan 
yana biri vatandoshimiz Abu Iso at-Termiziy bo‘lib, u 824 yilda Termiz yaqinidagi 
Bug‘ qishlog‘ida hozirgi Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida tug‘ilgan. 
Uning oilasi va ota-onasi haqida ma‘lumot yo‘q. 
At-Termiziyning o‘tkir zehni, xotirasi, yodlash qobiliyatining kuchliligi 
tufayli Al-Buxoriy ham uni faqat shogird sifatida emas, o‘ziga hamkor emas, o‘ziga 
hamkor do‘st sifatida ham hurmat qilgan. 
At-Termiziy uzoq safarida xadislarni to‘plada. U 863 yilda o‘z vataniga 
qaytdi va o‘zi ham shogirdlarga ta‘lim berib, ham kitoblar yozdi.
At-Termiziyning o‘ndan ortiq asarlari yaratilganligi ma‘lum bular «Al-Jome As-
Saxix» («Ishonchli to‘plam»), «Ash-Shamoil An-Nabaviya» («Payg‘ambarning 
alohida fazilatlari»), «Al-Ilal Fi-L-Xadiys» («Xadislardagi ilatlar va og‘ishlar 
haqida») asarlari mashhurdir. 
At-Termiziyning yozib qoldirgan asarlaridagi xadislar ham Al-Buxoriy 
xadislari kabi insonni halollik, adolat, e‘tiqod, diyonat, poklik, mehnatsevarlik, 
muruvvatlilik, mehr-shavqat, kattalarga, ota-ona va qarindoshlariga hurmat ruhida 
tarbiyalashda katta ahamiyatga ega. 
At-Termiziy 892 yilda o‘z vatanida vafot etadi. 
Xadislarda insonning kamolga etishi uchun talab etiladigan insoniy fazilatlar aks 
ettirilgan bo‘lib, bular mehr -oqibat ko‘rsatish, saxiylik ochiq ko‘ngillilik, ota - ona 
va kattalarga qarindoshlarga g‘amxo‘rlik, hurmat faqir bechoralarga muruvvat, 
vatanga muhabbat, mehnat va kasb hunarni ulug‘lash, xalollik, poklik, o‘zaro do‘st, 
tinch totuv bo‘lish va boshqalardan iboratdir.
Bundan tashqari insonning o‘zini yomon illatlardan tiyish, yaxshilik sari 
intilish kerakligi borasidagi pand nasihatlar ham o‘z ifodasini topganki, bularning 
barchasi Qur‘oni Karim ko‘rsatmalaridan kelib chiqadi va komil insonni mezoni 
sanaladi. Xadislarda insonning ma‘naviy kamoloti mezoni uning tafakkur doirasi 
dunyoqarashining kengligi ilmiy bilimlarni qay darajada egallagani o‘z bilimi bilan 


76 
atrofdagilarga jamiyatga foyda keltiruvchi shaxs bo‘lib etishishida muhim omil 
bilim deb ko‘rsatiladi. «Tolibi ilm qilish farzdir. Tolibi ilmga har bir narsa istixfor 
aytadi xatto dengizdagi baliqlar ham» . «Ilm o‘rganmoq va o‘rgatmoqning fazilati 
xadisida» (21-bob 35-berish) ilmni ko‘p yoqqan yomg‘irga o‘xshatiladi va ilm 
ahlini uch turga bo‘ladi. Bir kishi olloh ilmini teran o‘rganadir va o‘zgalarga 
o‘rgatadir. Ikkinchi bir kishi ilm o‘rganib odamlarga o‘rgatadi. Ammo o‘zi amal 
qilmaydi. Uchinchi bir kishi mo‘takkabirlik qilib o‘zi ham o‘rganmaydi, o‘zgalarni 
ham o‘rgatmaydi. Islomda ikki xil ilm xaqida fikr yuritiladi biri huquqiy diniy yo‘l-
yo‘riqlar ilmi bo‘lsa ikkinchisi dunyoviy ilmlarni egallash nazarda tutiladi. Har 
ikkalasidan ham bilimga ega bo‘lish har bir kishi uchun farz hisoblanadi. Xadislarda 
ota-onaning dilini og‘ritib ozor berish buyruqlarni bajarmaslik ham qoralanadi. Ota-
ona xaqqini ado etish har bir farzand uchun farz hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda 
ota-ona ham o‘z navbatlarida farzandlarini tarbiya qilmog‘i, odob o‘rgatishi, ilmga 
yo‘llashi, yaxshilik qilish lozimligini takidlashi zarurligi xadislarda qayd etilgan.
Xadislarda kishilarning bir-biri bilan do‘st, tinch-totuv yashashi, muruvvatli, 
mehr-shavqatli bo‘lishi kerakligi haqidagi g‘oya ham ilgari so‘riladi. Xadislarda 
insoniy xislatlardan ezgulik, iffat, sabr-qanoat, shukronalik kabi axloqiy xislatlar 
ulug‘lansa, isrofgarchilik, tamagirlik, ochko‘zlik, nafsu xavoga berilish, baxillik, 
johillik kabi illatlar qoralanadi. Inson kamoloti berish vosita uning sog‘ligiga ham 
bog‘liqdir, chunki sog‘lom insongina ham oila , ham jamiyatning ravnaq topishi 
uchun faoliyat ko‘rsatadigan kishi bo‘lib etishadi. Xadislarda umuman islomda 
tozalikka, poklika umuman ruxiy va jismoniy poklikka katta etibor berishadi. «xaq 
taolo o‘zi pok, poklikni yaxshi ko‘radi. O‘zi toza, tozalikni yaxshi ko‘radi O‘zi 
oliyhimmatdir, olihimmatlikni yaxshi ko‘radi. O‘zi ochiq qo‘l ochiqqo‘llikni yaxshi 
ko‘radi: Eshiklarning oldini pokiza tutinglar» ( 190-xadis) 
Xadislar Muhammad payg‘ambarning sunnatlari bo‘lib mazmunan har bir 
mo‘minning ishonchini, e‘tiqodini mustahkamlaydi va shu bilan insonni ma‘naviy 
kamolotga da‘vat etadi. Islom dini ma‘rifatga asoslangani uchun ham bir shaxsni 
aqliy, jismoniy, axloqiy jihatlardan kamolga etkazishga oid e‘tiqod va imondan 
iborat bo‘lib faqat ezgulikka xizmat qilish, olijanob bo‘lish, pokiza yurish holol 
bo‘lish jaholat va jaholatparaslikka yo‘l qo‘ymaslik, o‘z birodarining, qarindosh 
urug‘larining, millatining va vatanning qadriyatlarini asrashdan iboratdir. Shunday 
ekan xadislar komil insonni shakllantirishda muhim manba bo‘lib hisoblanadi va 
undan yoshlar tarbiyasida foydalanish shu kunning dolzarb vazifaifasi hisoblanadi. 

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin