I oliy va o`rta



Yüklə 1,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/51
tarix16.12.2022
ölçüsü1,04 Mb.
#75531
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   51
Nazorat topshiriqlari. 
1.1.Temuriylar davrida yaratilgan, ulmas obida, yodgorliklar tugri berilgan katorni 
kursating. 
A) «Guri Amir», «Minorai kalon», 
B) «Bogi maydon», «Zangi ota», 
V) «Moyi muborak», «Shoxi zinda», 
G) «Bibixonim», «Guri Amir», «Bogi maydon». 
1.2. 11-12 asrlarda Movaraunnaxrda adabiy til kaysi til xisobilangan? 
A) Fors- tojik tili, 
B) Arab tili, 
V) Turk tili ,
G) Ingiliz tili,
2-asosiy masala buyicha ukituvchining maqsadi: Talabalarga qadimgi davrda 
Xalq pedagogikasining rivojlanish boskichlarini urgatish, bilim, tushuncha va 
malakalarini shakllantirish. 
Identiv o‘quv maqsadlari: 
2.1 Turli ijtimoiy tuzum tarakkiyoti davomida uzbek Xalq pedagogikasining, 
pedagogikasi rivojlanishinig bugungi kundagi axamiyatini tushintiradilar. 
2.2 Qadimgi davrda Xalq pedagogikasining rivojlanish boskichlarini kursatib 
beradilar. 
2-asosiy savol bayoni: 
XI-XII asrlarda O‗zbekistonda feodal ishlab chiqarish munosabatlarining tarqqiy 
etishi, ichki va tashqi savdoning o‗sishi, deqhqonchilik, hunarmandchilik, binokorlik 
o‗ymakorlik san‘atining rivojiga jiddiy ta‘sir etdi, Samarqand, Buxoro, Urganch, 
Termiz, Marv, O‗zgan shaharlarida saroy, masjid, madrasa, sardoba kabi binolar qurildi. 
Bular o‗zbek halqining abadiy yodgorligi sifatida hamon dune halqlari e‘tiborini o‗ziga 
jalb etib turibdi. 
XI-XII asrlarda o‗zbeklar Movarounnahrda asosiy aholi sifatida tarkib topdi, 
o‗sha davrda «Turk tili» deb nom olgan o‗zbek tili adabiy til hususiyatiga ega bo‗ldi. Bu 
davrda Musiqa san‘ati ham yuksalib, Abu Hafiz Sug‗diy nayga monand Shohrud 
nomida asbob yasadi, halq kuylari asosida «Rosd», «Xusravoniy», «Boda», «Ushshoq», 
«Zarafganda», «Sipaxon», «Navo», «Basda», «Tarona» va boshqa kuylar ijod qilindi. 
Bu kuylarning ko‗pchiligi o‗zbek, tojik halqlari hozirgi kunda ham kuylab, kata va 
kichiklarning hissiyotiga ijobiy ta‘sir ko‗rsmatmoqdalar. Bu davrda ilm-fanning o‗sgani 
Al-Xorazmiy, Forobiy, Farg‗oniy, Ibn Sino, Beruniy va boshqa olimlarning misolida 
yaqqol ko‗rinadi.


13 
XIII asr boshlarida Chingizxon is‘telosi va qilgan yovuzliklari natijasida O‗rta 
Osiyoning iqtisodiy va ijtimoiy hayotida talofat yuz berdi. Shaharlar, sug‗orish 
inshoatlari vayron bo‗ldi, olimlar quvg‗in qilindi. Halq Chingizxon zulmiga qarshi 
qo‗zg‗aldi. Unga bo‗lgan nafrati ifodalangan «Guldursin» kabi afsonalar yaratdi. Badiiy 
adabiyotda Rabg‗uziyning «Qissai Rabg‗uziy» singari Islom dini targ‗ib qilingan asarlar 
yaratdi. 
Amir Temur va uning avlodi hukmronlik qilgan 14-15 asrlarda mamlakatning 
iqtisodiy, ijtimoiy hayotida qayta tiklanish va rivojlanish boshlanishi bilan ilm-fan, 
me‘morchilik, tasviriy san‘at, naqqoshlik, Musiqa sohasida, badiiy adabiyotda juda 
katta yutuqlarga erishildi. Halq og‗zaki ijodi rivojlandi.
Bu davrda tibbiy, tarix, tabbiy va adabiyot fanlari sohasida M. Ulug‗bek, Q 
Rumiy, /. Jamshid, Ali Qushchi, S.Ho‗jandiy, Yusuf Tabib, Xofiz Abro‗, A. 
Samarqandiy, Xondamir, A. Navoiy, Jomiy, Davlatshoh Samarqandiy, Bobur, 
tilshunoslikda F. Abu Lays kabi buyuk olim, adiblar kamol topdi.
Temuriylar davrida bunyod etilgan «Bibixonim» masjidi, «Go‗ri Amir» 
maqbarasi» , «Shohizinda» binolari, «Bog‗i maydon» bog‗i, Buxoro, Samarqand, Hiva, 
/ijduvonda qurilgan madrasalar Temuriylar davrida yaratilgan o‗lmas obida, 
yodgorliklardir.
Temuriylar davrida Abdurahmon Xorazmiy, Sulton Ali Mashhadiy, Sulton Ali 
Handon, Mir Ali, Qilqalam, Halivoiy, Rafiqiy kabi xattotlar, Mirak Naqqosh, Behzod, 
Muzaffar kabi musavvirlar yetishdi.
Istedodli Behzod, Mirak Naqqosh, Qosim Ali, Mahmud Muzaxxab, Ho‗ja 
Muhammad Naqqosh, Shox Muzaffar chizgan rasmlar, tasviriy san‘at durdonasi, 
o‗lmas madaniy merosimizdir. 
Temuriylar davrida yetishgan Abduqodir Noyi, Qulmuhammad Shayxiy, Xusayin 
Udiy, Shoxquli G`ijjakiy, Darvesh Axmad Qonuniy, Usta Shodiy va boshqa Musiqachi, 
bastakor va hofizlar «Rost», «Isfahon», «Iroq», «Navo», «Rahoviy» maqomlarini ijod 
etib, o‗zlaridan oldin ijod etilgan maqom va kuylarini boyitdilar. 
Qutb, Xorazmiy, Amiriy, Xaydar Xorazmiy, Durbek, A. Navoiy, Atoiy, 
Sakkokiy, Bobur, Lutfiy, Muhammad Solih, Majlisiy va boshqa shoirlar yaratgan 
asarlar o‗zbek adabiyotining bebaho namunasi, o‗zbek halqining g‗ururi, o‗lmas merosi 
bo‗lib, Dune halqlariga ezgulik bahsh etmoqda. 
Temuriylar hukmronligi davrida O‗rta Osiyo halqlari jumladan, O‗zbek halqi 
bilan Eron, Arabiston, Turkiya, Xindiston, Xitoy halqlari o‗rtasida madaniy, adabiy 
aloqalar rivoj topganini, Rudakiy, Firdavsiy, F. Attor, J. Rumiy, Haqqoniy, A. Jomiy, 
Nizomiy, X. Dehlaviy, Sheroziy, Fuzuliy, Xo‗jandiy va boshqa sharqning buyuk 
allomalarining ijodiy aloqalari misolida ravshan ko‗rish mumkin. Navoiy bilan Jomiy
o‗rtasidagi do‗stlik va ijodiy hamkorlik ham bunga yorqin dalildir. 
O‗zbek halqi Bilan O‗rta Osiyoda yashagan boshqa halqlar o‗rtasida do‗stona 
aloqa bo‗lganini ular yaratgan og‗zaki ijod namunalarida ko‗rish mumkin. Masalan, ular 
yaratgan dostonlar, qahramonlar nomining o‗xshashligi o‗zbek, uyg‗ur, qozoq, tojik, 
qirg‗iz, turkman halqlariga «Kun», «Oy» so‗zlari bilan bir qatorda ishlatilgan nomlar 
ham buning yorqin dalilidir. O‗zbek xalq dostonlaridan «Oysuluv» dagi Oysuluv va 
uning o‗g‗li Kunbotir, «Kuntug‗mish» dagi Kuntug‗mish, «Yusuf va Ahmad» 
dostonidagi Kunxon va Oyxon qahramonlari nomiga qo‗shib aytiladigan «Oy» 


14 
qo‗shimchasi, «Alpomish» dagi Barchinoy, Qirg‗iz halq dostoni «/arib Oshiqdagi»dagi 
Oysanam, «Qirqqiz» dagi Oysuluv obrazlarida ham mavjud. 
XVII-XVIII asrlarda Pyotr 1 hukmronlik qilgan davrda (1682-1725) rus davlati 
mustamlakachilik siyosatini kuchaytirdi. Mahalliy feodallar o‗rtasidagi ziddiyatdan 
foydalanib, O‗rta Osiyo yer osti boyliklarini egallash yo‗llarini izlay boshladi. Ammo 
ijtimoiy hayotda yuz bergan o‗zgarishlar qanchalik og‗ir bo‗lmasin, mehnat va san‘at 
ahli o‗z urf-odatlariga ko‗ra ijodiy ishni davom ettirdi. Bezash san‘ati kulolchilik
me‘morchilik san‘ati sohasida 10-15 asrlarda boshlangan ishlarni davom ettirdi. Bezagi, 
hashamati bilan o‗z davri ruhi, me‘morchilik madaniyatining yorqin namunasi bo‗lgan 
«Masjidi Kalon», «Qo‗sh madrasa», «Toki telfak furushon», (Buxoroda), «Sherdor», 
«Tillakor», (Samarqandda) madrasa kabi muhtasham binolari qurildi.
XVII-XIX asrlarda badiiy adabiyotning Saido Nasafiy, Turdi, Mashrab
Gulxaniy, Maxmur, Nodira, Uvaysiy, Anbar Otin, Zavqiy, Muqimiy, Furqat, Avaz 
O‗tar, kabi talantli nomoyondalar yetishdi, 1962 yilda Muhammad Bodiy as-
Samarqandiy Buxoro poeziyasining antalogiyasini tuzdi. Muhammad Balxiy 
«Suhonqulixonnoma» 
dostonini, 
Mirmuhammad 
Amin 
Buxoriy 
«Tarixiy 
Subxonqulixon» kitobini yaratdi.
Bu davrda madaniy an‘anaga ko‗ra, maktab va madrasalarda o‗qitish arab tilida 
olib borildi, madrasalarda ilohiyot haqidagi fanlar bilan birga tabbiy fanlar o‗qitildi.
Umuman XX asrga qadar o‗tgan davrda – Iskandar, Arab halifaligi, Mo‗g‗ullar 
va Russiya imperiyasi, 1917 yil davlat to‗ntarishidan keyin shukmronlik qilgan sobiq 
sovet yillarida ijtimoiy madaniyat, hayotda katta o‗zgarishlar sodir bo‗lganligingi 
ko‗ramiz. Tarix fanlari nomzodi Azamat Ziyo aytganidek, ayniqsa, Amir Temir asos 
solgan saltanat davrida ijtimoiy-iqtisodiy hayot yuksaldi, ilm-fan va madaniyat yuksalib 
gurkirab rivojlandi. Zaminimiz, umuman sharq o‗lkalari dunyoga xorazmiy, Forobiy, 
Ibn Sino, Beruniy, Termizxiy, Buxoriy, Ahmad Yassaviy, Farg‗oniy, Rudakiy, 
Firdavsiy, Umar Xayyom, Rumiy, Ulug‗bek kabi buyuk daholarni taqdim etdi. 
Osiyo, Ovropa mamlakatlari Mo‗g‗ul bosqinchilari asoratidan xalos etilgach, 
ijtimoiy va siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayotda, katta tiklanish boshlandi, er.av. va 
keyin yaratilgan halq og‗zaki ijodi o‗zbek adabiyotining, ilmiy pedagogikaning 
shakllanishi va taraqqiyotiga bebaho bitmas-tuganmas manba bo‗lib xizmat qildi. 

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin