I bo’lim. Front office



Yüklə 11,17 Mb.
səhifə8/13
tarix04.07.2023
ölçüsü11,17 Mb.
#135671
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13

Ozodalikni ta’minlash





    1. Xonalarni ozoda tutish va kunlik tozalash jadvali shakllantirish tartibi.

Xonalarni ozoda tutish tartibi va strategiyalari.


“Khujra studios” mehmonxonasiga sayyohlar 11:00 da ro’yxatdan chiqariladi, 13:00 da esa qabul qilinadi.Keyingi mehmon qabul qilinishigacha ikki soat vaqt mobaynida mehmon kelishi rejalashtirilgan xonalar umumiy tozalanadi, bu uchun oqsochga 40 daqiqa vaqt beriladi. Oqsochlar ish vaqti 8:00 dan boshlanadi. Ular kelishlari bilanoq mehmon yashab turgan xonalarda kunlik tozalash ishlarini har bir xona uchun 30 daqiqa vaqt davomida olib boradilar. Xonalar soat strelkasi bo’yicha tozalanadi, umumiy uborkada pastel va sochiqlar almashtirilib tozasi qo’yiladi, mini-bar ichidagi ichimliklar yangilanadi, bo’sh bo’lsa to’ldiriladi.Oxirgi bo’lib sanuzel tozalanadi.Avval oyna so’ng tartib bilan rakovina,dush kabina va unitaz oxirida pol tozalanib, artib chiqiladi.Oqsochlar bajarayotgan ishlar administrator tomonidan nazorat qilinib turiladi.Ular tozalash ishlarini olib borayotgan jarayonda
mehmon ko’ziga ko’rinmasliklari talab qilinadi.




  1. rasm. “VIP room” Sanuzel

    1. Xizmatchilarning etikasi (kiyinish, xonalarga chiqish tartibi).

Tozalik xizmati bilan shug’ullanuvchilar ish joylarida o’z vaqtida bo’lishlari, uniformalarini kiyishlari shartdir. Mehmonxonada ular quyidagi etiket qoidalariga rioya qilishlari talab etiladi:

    • Qulay, tor bo’lmagan kiyim uniformada bo’lish;

    • Gigiyena talablariga javob berish (toza kiyim, tirnoqlar olingan, sochlar yig’ishtirilgan);

    • Past poshnali oyoq kiyimi kiyish;

    • Baland ovozda gapirmaslik;

    • Telefonda so’zlashmaslik, musiqa eshitmaslik; Iloji boricha mijoz ko’ziga ko’rinmasliklari kerak.

Mehmon xonani tark etganidan so’ng administrator oqsochlarga xabar beradi va xonalarning kalitini topshiradi. Ular ishlarini bajarib
bo’lganlaridan so’ng administrator tomonidan tekshirib chiqiladi. Xizmatchilarning etikasi (kiyinish, xonalarga kirish tartibi) .
Qadim zamonlardan beri axloq (yunoncha Ethos - odat, xulq-atvor) kundalikhayotda, jamoat hayotida va kasbiy muhitda inson axloqiy xatti- harakatlari normalari tizimi sifatida ta'riflangan.
Odob-axloq qoidalari - bu insonning atrofdagilarga nisbatan tashqi ko'rinishini tartibga soluvchi qoidalar va qoidalar.
O'z navbatida, xizmat odob-axloq qoidalari - bu mehnat jamoasidagi shaxslararo munosabatlar tizimi, xodimlarning bir-biri bilan, menejerning bo'ysunuvchilar bilan, sheriklar, mijozlar va mijozlar bilan munosabatlari.Xizmat ko'rsatuvchi xodimlarning mehmonlarga va mehmonxonaga bo'lgan axloqiy munosabati xizmatning umumiy sifatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, mijozlar tomonidan uzoq vaqt esda qoladi va mehmonxona kompaniyasining imidjini shakllantirishning hal qiluvchi omillaridan biridir.
Xizmat yoki korporativ etiket - mehmonxonalarda qabul qilish va mijozlarga xizmat ko'rsatishning yuqori professional darajasini belgilaydi va ta'minlaydi;

  • korxonaning ishlab chiqarish masalalarini hal qilishga hissa qo'shadi;

  • jamoada axloqiy va psixologik iqlimni shakllantiradi;

  • qulay ijtimoiy muhit yaratadi.

Rasmiy odob-axloq masalalari har bir xodim uchun ishga joylashish va yollash bosqichida paydo bo'ladi.


  1. rasm. “VIP room”




  1. Yüklə 11,17 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin