Mavzu; Tish gistologiyasi Tishlar



Yüklə 220,28 Kb.
tarix27.04.2023
ölçüsü220,28 Kb.
#103426
tishlarning gistologik tuzilishi

Mavzu; Tish gistologiyasi

Tishlar

  • Tish tarkibi:
  • 1. Qattiq modda
  • ● dentin (dentinum)
  • ● emal (enamelum)
  • ● sement (cementum)
  • * qattiq modda tishning devorini h. q.
  • 2. Yumshoq modda – pulpa
  • * tish bo’shlig’ini to’ldirib turadi Tish tarkibi:

Pulpa

  • ─ Siyrak Tolali Biriktiruvchi To’qimadan tuzilgan
  • ─ Tish bo’shlig’ini to’ldirib turadi

3 ta qavati farq qiladi:

  • 1. Periferik qavat
  • ● bir necha qator odontoblastlardan tuzilgan
  • ● odontoblast
  • ─ noksimon shaklda, ko’p o’simtaga ega
  • ─ eng uzun o’simtasi dentin kanallari orqali dentin ichiga kirib boradi va dentin, emalni oziqlantiradi
  • ─ dentin sintezlaydi (embrional davrda ham, postembrional davrda ham)
  • 2. Oraliq qavat
  • – mayda, yosh odontoblastlardan iborat
  • 3. Markaziy qavat
  • fibroblast va makrofaglar
  • ● kollagen tolalari
  • ● nervlar va qon tomirlaridan tuzilgan

Dentin

  • ► Tish devorining asosiy qismini egallaydi (ildizi, bo’yin, koronka)
  • Tarkibi:
  • ● hujayraviy tuzilmalar yo’q
  • ● asosiy amorf modda
  • ─ 72 % - noorganik moddalar (appatitlar)
  • ─ 28 % - organik tuzilmalar (kollagen tolalar, proteoglikanlar)

Tuzilishi

  • 1) Qavatlari:
  • → predentin – pulpa va dentin chegarasidagi yupqa parda
  • → dentin
  • ─ ichki (circumpulpar) qavat
  • ─ tashqi (mantiy) qavat

2) Dentin kanalchalari

  • ─ radial joylashgan
  • ─ dentinoblast o’simtalari va to’qima suyuqligi to’ldirib turadi
  • ─ dentin va emalni oziqlantirishga xizmat qiladi
  • Postembrional davrda ham dentinoblastlar tomondan ishlab chiqariladi (regeneratsiya)

Emal

  • Tish koronkasini qoplagan
  • ─ Tishning (va butun tananing) eng qattiq tuzilmasi
  • ─ Hujayraviy tuzilmalarga ega emas
  • Tarkibi:
  • ● noorganik komponenti – 96-97% qismi ─ 90% - gidroksiappatit [Ca3 (PO4 )2 x Ca(OH)2 ] ─ 5-6% - CaCO3 , CaF2

Tuzilishi:

  • ● gidroksiappatit kristallari yopishtiruvchi moddalar yordamida yopishib emal prizmalarini hosil qiladi
  • ● usti kutikula bilan qoplangan ─ tishning chaynov yuzasi tez yemirilib ketadi ─ lekin tishning yon yuzalarida saqlanib qoladi
  • ● Embrional davrda emal moddasini enameloblastlar sintezlaydi
  • ● tish shakllanib bo’lgach enameloblastlar o’lib ketadi
  • ● shu sabab postembrional davrda ularning regeneratsiyasi bo’lmayd

Sement

  • ► tishning bo’yin va ildiz qismida dentin ustidan qoplaydi
  • Tarkibi: (suyak tarkibiga yaqin) ● 70% noorganik moddalar (Ca3 (PO4 )2 , CaCO3 ) ● 30% organik moddalar (kollagen tolalar, amorf modda)

Tuzilishi:

  • ● asosiy modda – Ca tuzlari
  • ● kollagen tolalar – turli tomon yo’nalgan
  • qon tomirlarga ega emas
  • ● oziqlanishi – periodont orqali diffuziya

Turlari:

  • 1. Hujayrasiz
  • ● na hujayra va na o’simtaga ega emas
  • ● tish ildizining yuqori qismida
  • 2. Hujayrali
  • ● sementotsitlarga ega (ko’p o’simtali)
  • ● tish ildizining pastki qismida

E’tiboringiz uchun rahmat


Yüklə 220,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin