Hechkim sizning muommalaringiz uchun pul to’lamaydi. Kalit so’zlar: Savol, qo’rquv, mas’uliyatlilik Kirish



Yüklə 15,54 Kb.
tarix17.05.2023
ölçüsü15,54 Kb.
#115064
SOS


SOS! Savol ortidagi savol
Muallif: Jon G. Miller
Yesqaliyev Yesengali Toylibay o’g’li
UMFT 120-22MMTo’ guruh talabasi
Email: yesengaliyergali@gmail.com
Tel: +998935321803
Annotatsiya: Hechkim sizning muommalaringiz uchun pul to’lamaydi.
Kalit so’zlar: Savol, qo’rquv, mas’uliyatlilik

Kirish: Odamda mas’uliyat hissi bo‘lmasligi aybni birovga to‘nkash, o‘zini jabrdiyda his etib norozi bo‘lish, oxir-oqibat ishni ortga surishga sabab bo‘ladi. Shaxsiy javobgarliksiz hech bir kompaniya yoki inson erkin bozorda muvaffaqiyatli raqobatlashishi, o‘z oldiga qo‘ygan maqsad-vazifalariga erishishi, mukammal xizmat ko‘rsatishi, ajoyib jamoaviy ishda qatnashishi va odamlarni professional o‘stirishi ehtimoldan juda yiroq.
Bu kitob ham bizga huddi shu masalalarni yechishga yordam beradi. Mas’uliyat ha bu biz maktablarda, universitet va ishxonamizda, televideniyedan tortib ishtimoiy tarmoqlarda eshitkan eng ko’p gaplarimizdan biridir. Bir og’iz gapta biro olam ma’no yotkanligini anglasak bo’ladi. Mas’uliyatni kim his qiladi? Kimlargadir yod tushincha. Kimlardir esa bunga yetishga harakat qilsa, bazilarga umuman keragi yo’q, shundog’am ular mas’uliyatlidirlar. Savol ortidagi savol kitobida esa hammasini anglatkan. Hayot kabi buyuk ustozdan dars olgan barcha inson mas’uliyatni his qilib ulgurgan. Uydagi muommolar, ishxonadagi tushinmovchiliklar darslarga befarqliklik hayotimizni izdan chiqarayotgandek go’yo. Lekin bularning hammasining kelib chiqishi oylamizga, ishimizga va o’qishimizga mas’uliyat bilan qaramaganligimizdan kelib chiqishini tushingimiz kelmaydi. Bu muommolar ortida savollar bor, savvolar ortida esa yana savollar…
Asosiy qism: Jon G. Millerning fikricha, kompaniyalar jabr ko‘rayotgan bu muammolarni kimnidir ayblash orqali hal qilib bo‘lmaydi. Masalaning chinakam yechimi har birimiz shaxsiy javobgarlikni his etganimizdagina topiladi. Miller o‘zining ushbu kitobida “Nima uchun hammasini biz bajarishimiz kerak?” yoki “Aybdor kim o‘zi?” singari salbiy va noto‘g‘ri berilgan savollar odamlarda mas’uliyat yetishmasligidan darak beradi, deydi. “Vaziyatni yaxshilash uchun nima qila olaman?” yoki “Men qanday hissa qo‘shishim mumkin?” kabi to‘g‘ri savollar esa hayotimiz va jamoamizni ham o‘zgartirib yuboradi.
Ko’pincha uyimizda dadamiz ish buyurganda nimaga aynan men ana ukam borsin yoki akam deymiz. Bu bizning dangasaligimizdan mi yoki mas’uliyatsizligimizdan. Mas’uliyatli odam dangasa bo’adimi? Nima uchun hammasini men qilishim kerak, mas’uliyatni bo’ynimizga olgimiz kelmaydi. Bu esa dangasalikni keltirib chiqaradi, dangasalik esa yaxshi kelajakga eltuvchi yo’l emasligini hammamiz yaxshi bilamiz.
Xulosa: Agar kitobni ohirigacha o’qigan bo’lganimda bu muommalardan qanday qilib qutilishni, qanday qilib mas’uliyatli inson bo’lishni yozib ketardim, lekin baribir tushinib yettim ki bunaqa insonni kashb qilish uchun bir kitob yetarli emas ekan. Shunday ekan darslarga hali beri vaqtida kelmasam kerak lekin baribir harakat qilaman…Albatta kitobni ohirigacha o’qib qo’yishga.

Foydalangan darsliklar: Jon G. Millerning SOS! Savol ortidagi savol kitobi va google tog’a.
Yüklə 15,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin