10
o‘zining haqiqiy egalari, mulkdan eng unumli tarzda foydalana oladiganlar qo‘liga o‘tishi uchun
ham muhimdir.
O‘zbekiston qonunchiligida, yuqorida ta‘kidlab o‘tganimizdek,
mulkiy huquqlarning uch
turi keltirilgan. Lekin rivojlangan bozor iqtisodiyoti amal qilayotgan mamlakatlarda amalda
bo‘lgan umumiy huquqda yanada ko‘proq mulkiy huquqlar ajratiladi. Chunki, iqtisodiy
agentlarning bozor tamoyillari nuqtai nazaridan o‘zaro aloqalari murakkab hodisa bo‘lib, u
mulkiy huquqlarni chuqurroq aniqlashtirishni talab qiladi. Yuqorida bayon etilganidek, mulkiy
huquqlar A.Onore ro‘yxati bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi: egalik qilish huquqi, foydalanish
huquqi, tasarruf
qilish yoki boshqarish huquqi, o‘zlashtirish huquqi, kapital qiymat huquqi,
xavfsizlik huquqi, ashyoning meros yoki vasiyat bo‘yicha o‘tishiga bo‘lgan huquq,
muddatsizlik huquqi, zararli foydalanishni taqiqlashga bo‘lgan huquq, o‘ndirish ko‘rinishidagi
javobgarlik huquqi, qoldiq xususiyat huquqi.
Mulkiy huquqlarni aniqlashga bunday yondashish bozor iqtisodiyoti sharoitida individlar
o‘rtasida resurslardan foydalanish bo‘yicha har qanday murakkab muzokaralarni olib borish va
bitishuvga kelishda samarali hisoblanadi. Chunki, bugungi kunda tadbirkorlik faoliyatida keng
quloch yoyayotgan ijara, lizing, franchayzing kabi shakllari mulkiy huquqlarni yanada ko‘proq
sub‘ektlar o‘rtasida taqsimlanishini taqozo etadi. Demak, yuqoridagi huquqlarni ulardan eng
unumli foydalanuvchi sub‘ektlarga aniq mustahkamlanishi transaktsion
xarajatlarni qisqartiradi
va samarali xo‘jalik yuritishga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi.
Davlat korxonalarini xususiylashtirish Davlat dasturlariga muvofiq ochiq aktsiyadorlik
jamiyati doirasida mulkiy huquqlarning taqsimoti turli variantlari nazarda tutildi. Masalan,
mehnat jamoasining a‘zolari aktsiyalar umumiy ulushida 10 foizdan oshmaydi, lekin har bir
xodim aktsiyalarni olish huquqiga ega hisoblanadi. Natijada, mulk
subektlari va huquqlarining
taqsimlanishi quyidagi 7.2-jadvaldagi ko‘rinishiga ega.
11
7.3-rasm. O‘zbekistonda xususiy mulk egalari sub‘ektlari21
7.2-jadval
Dostları ilə paylaş: