3
Dialektik
usul
tarafdorlari
Shaxsning
tabiatdan ham, ijtimoiy hayot jamoatchiligidan ham
begonalashishida hamda ishlab chiqaruvchini ishlab chiqarish
vositasidan ajratishda namoyon bo‘luvchi ijtimoiy aloqalarni
tarkiblash, murakkablashtirish shakli
Nemis tarixiy maktabi
Ijtimoiy o‘zaro hamkorlikning asosiy tamoyili hisoblangan ahloq
normasida jamiyat tomonidan oliy va muqaddas qadriyat hamda
individ mustaqiligining kafolati. sifatida tan olish
Neoinstitutsional
yo‘nalish
Turli shaxslar o‘rtasida bir buyumda
turli huquqlarning namoyon
bo‘lish imkoniyati. buyumga qarashli vakolatlar tutami
Xuquqshunoslar
Shaxsning buyum ustidan hukumronligi va boshqa shaxslar
imkoniyatlarini cheklash.
Sotsiologlar
Iqtisodiy buysundirish asosida ijtimoiy ierarxiyani o‘rnatish
usuli
Ernando de Soto (Peru)
Qiymatga aylanishda ishtirok etish va daromad keltirish qobiliyati
Jadvaldan ko‘rib turganimizdek, mulkchilikni o‘zlashtirib olish bilan tenglashtirish
neoklassik iqtisodiy tafakkur vakillariga xos bo‘lsa, huquqshunoslar uchun shaxsning buyum
ustidan hukumronligi imkoniyatlarini chegaralash mulkdan boshqa
shaxslarning ziyoniga
foydalanishga ruxsat bermaslik sifatida ta‘riflanadi. Mulkchilik – bu shaxs va buyum o‘rtasidagi
emas, balki insonlar o‘rtasidagi munosabat sifatida gavdalanishi kerak.
Mulkchilik huquqlari nazariyasi nafaqat boshqaruv, xavfsizlik, merosga topshirish
huquqlarini qo‘shgan holda huquqlar to‘plamini kengaytiradi, balki huquqlarning o‘zlarining
aylanuvchanligiga, oldi-sotdi ob‘ektlari bo‘lib buyumlarning o‘zi emas,
balki ularga nisbatan
huquq hisoblanishiga e‘tiborni qaratadi. Masalan, er uchastkasidan foydalanish huquqi; mol-
mulkdan foydalanishdan keladigan daromadni olish huquqi va b.
Xuquqshunoslarning fikricha, mulk – bu mutlaq huquq. Mulkdorga qonun bilan
taqiqlanmagan hamma narsa ruxsat etilgan. Mutlaq huquq ijobiy cheklov emas,
balki salbiy
cheklov (nima mumkin emas) bilan yoritiladi.
Agar huquqlarning muayyan to‘plami, masalan, A.Onore tomonidan sanab o‘tilgan 11 ta
huquqning aksariyati ikkilamchi hisoblanadi. Misol uchun, xavfsizlik huquqini olaylik. Uning
o‘zi etarli emas, chunki huquq faqat davlat tomonidan muhofaza qilingan taqdirda, klassik nuqtai
nazardan huquq hisoblanadi. Voz kechish huquqi – bu tasarruf etish huquqining bir qismi.
Javobgarlik huquqi mulkchilik huquqini emas, umuman fuqarolik huquqini o‘zida namoyon
etadi.
Iqtisodiy nuqtai nazardan turli huquqlarni hisoblab chiqish texnikasi o‘ta samarali.
Mulkdor,
mulkdorligicha qolib, foydalanish huquqidan ham, boshqarish huquqidan ham,
daromad olish huquqidan ham vaqtinchalik voz kechishi mumkin. Tovar esa nafaqat o‘zining
jismoniy xususiyatlarining yig‘indisi sifatida, balki imkoniyatlar va cheklovlarning ma‘lum
to‘plami sifatida namoyon bo‘ladi. Biroq, boshqa muhim iqtisodiy mavhumlik singari – qiymat,
mulk tarkibiy qismlarga bo‘linadi, lekin ulardan tarkib topmaydi. Shuning uchun mulkchilikni
huquqlarning murakkab tutami sifatida ta‘riflash mazmunga emas, balki texnologik xususiyatga
ega.
Dostları ilə paylaş: