7-Mavzu. Mulk huquqlari nazariyasi va mulkchilik shakllari rivojlanishining
evolyutsiyasi
Reja
1. Mulk huquqlari nazariyasining asosiy qoidalari
2. Mulkchilik ta’riflarining tahlili
3. Mulkchilik munosabatlarini amalga oshirishning tarixiy shakllari
4. Mulkiy xuquqlar
5. Mulkiy xuquqlar taqsimotining tahlili
Tayanch so‘z va iboralar: mulq huquqi, mulk huquqi nazariyasi, R.Kouz va A.Alchiyan
mulk huquqlari nazariyasi, ―Onore ro‘yxati, egalik qilish foydalanish boshqarish daromad olish
ashyodan o‘zgalar foydasiga voz kechish xavfsizlik huquqi zararli foydalanishni taqiqlash
undirish ko‘rinishidagi javobgarlik qoldiq xususiyat
1. Mulk huquqlari nazariyasining asosiy qoidalari
Mulk huquqlari nazariyasi o‘tgan asrning 60-70 yilarida shakllandi. Hozirgi vaqtda uning
rivojlanishi alohida mustaqil
kontseptsiya sifatida emas, balki iqtisodiy tahlilning uchta
yo‘nalishi – huquq iqtisodiyoti, yangi iqtisodiy tarix va iqtisodiy tashkilot nazariyasining
metodologik va umumnazariy asosi sifatida davom etmoqda.
Amerikalik mashhur iqtisodchilar – R.Kouz va A.Alchiyan mulk huquqlari nazariyasiing
asoschilari hisoblanadi. Mazkur nazariyaning keyingi rivojiga uzoq xorij mamlakatlarining
Y.Bartsel, D.Nort, R.Pozner, S.Peyovich, O.Uilyamson, Yu.Fama, E.Furubotn, S.Chung kabi
olimlari o‘z hissasini qo‘shishdi. Rossiya iqtisodiy adabiyotlarida mulk huquqlari nazariyasi
R.Kapelyushnikov, V.Radaev, A.Radigin va boshqalarning ishlarida rivojlantirildi.
O‘zbekistonda mulkiy
munosabatlarini isloh qilish, mulkning huquqiy asoslari va mulk
nazariyasining boshqa jihatlari X.Abilqosimov, N.Yusupova, N.Nedelkina, Sh.Shodmonov,
T.Shodiev, S.G‘ulomov va boshqarlarning ishlarida ko‘rib chiqilgan.
Mulk huquqlari nazariyasi huquqiy mexanizmning jamiyatning kundalik xo‘jalik
hayotidagi rolini o‘rganadi. Bunda mulk huquqlarini optimal taqsimlash masalasi markaziy
muammo sifatida e‘tirof etiladi. Institutsional iqtisodiyot nazariyasiga ko‘ra, kim mulkdor
hisoblanishi to‘g‘risidagi masala emas, balqi mulk huquqlarini tafsirlash to‘g‘risidagi masala
ancha muhim hisoblanadi.
Mulk huquqlari deganda, ne‘matlarning mavjud bo‘lishi
munosabati bilan insonlar
o‘rtasida yuzaga keladigan va ulardan foydalanishga taalluqli bo‘lgan ruxsat etilgan kundalik
munosabatlar tushuniladi. Ushbu munosabatlar ne‘matlar borasidagi xatti-harakatning istalgan
shaxs boshqa insonlar bilan o‘zaro hamkorlik qilishda ularga amal qilishi yoki ularga amal
qilmaganlik uchun xarajatlar qilishi lozim bo‘lgan normalarini belgilaydi. Quyida mulk
huquqlari nazariyasining R.Kapelyushnikov18 tomonidan sanab o‘tilgan asosiy qoidalarini
ko‘rib chiqamiz:
mulkchilik munosabatlari ―insonG‘ashyo‖ munosabatlari sifatida emas,
balki insonlar
o‘rtasidagi munosabatlar sifatida talqin etiladi: mulk huquqlari atamasi insonlar bilan ashyolar
o‘rtasidagi munosabatlarni emas, balki insonlar o‘rtasidagi noyob ashyolardan foydalanish
borasidagi munosabatlarni yoritadi;
mulkchilik munosabatlari noyoblik muammosidan kelib chiqadi: noyobliknig qandaydir
omilisiz mulkchilik va adolatlilik haqida gapirishdan ma‘no yo‘q;
mulk huquqlarining talqini o‘ziga ham moddiy, ham jismsiz ob‘ektlarni (shaxsiy
erkinlikkacha) o‘zlashtirgan holda, barcha narsalarni qamrab oluvchi xususiyatga ega. Mulk
huquqlari insonning istalgan turdagi noyob resurslardan foydalanishga nisbatan nuqtai nazarini
qayd etadi;
18 Капелюшников Р.И. Экономическая теория прав собственности. – М.: ИМЭМО, 1990.
1
mulkchilik munosabatlariga jamiyat tomonidan ruxsat etilgan
munosabatlar sifatida
qaraladi (davlat tomonidan ruxsat etilgan munosabatlar bo‘lishi shart emas). O‘z navbatida, ular
nafaqat qonunlar va sud qarorlari ko‘rinishida, balki yozilmagan qoidalar, an‘analar, urf-odatlar,
ahloqiy normalar ko‘rinishida mustahkamlanishi va himoya qilinishi mumkin;
mulk huquqlariga xatti-harakat ma‘nosi beriladi – bir xatti-harakat usullarini ular qo‘llab-
quvvatlaydi, boshqalarini esa yo‘q qiladi.
Ruxsat etilmagan xatti-harakatlar ham mulk huquqlari nazariyasining diqqat markazida
turadi. U iqtisodiy jihatdan tushuniladi: taqiqlar va cheklovlar uni bartaraf etmaydi, balki u bilan
bog‘liq xarajatlarni (ehtimoliy jazo ko‘rinishida) oshirgan holda salbiy omil sifatida ta‘sir
ko‘rsatadi. Ruxsat etilgan xatti-harakat normalariga amal qilish ham, ularni buzish ham oqilona
iqtisodiy tanlov harkatlariga aylanadi.
Mulk huquqlari nazariyasi doirasida ―mulk‖ tushunchasi odatda turli shaxslar o‘rtasida har
xil ulushlarda taqsimlangan huquqlar to‘plami sifatida talqin etiladi. Mulk huquqlarining ingliz
huquqshunosi A.Onore tomonidan taklif etilgan (Onore ro‘yxati) va quyidagi 11 ta unsurni o‘z
ichiga olgan ta‘rifi ―to‘liq‖ hisoblanadi:
egalik qilish, ya‘ni ashyo ustidan mutlaq nazorat qilish huquqi;
foydalanish, ya‘ni ashyodan shaxsiy foydalanish huquqi;
boshqarish, ya‘ni ashyo kim tomonidan va qanday foydalanilishi mumkinligini hal etish
huquqi;
daromad olish, ashyodan avvalgi shaxsiy foydalanishdan yoki bashqa shaxslarga undan
foydalanishga ruxsat etishdan kelib chiqadigan ne‘matlarni olish huquqi (boshqacha aytganda –
o‘zlashtirish huquqi);
ashyodan o‘zgalar foydasiga voz kechish, uni iste‘mol qilish, o‘zgartirish yoki yo‘q qilish
huquqini nazarda tutuvchi ―kapital qiymat‖ huquqi;
xavfsizlik huquqi, ya‘ni ekspropriatsiyaga qarshi immunitet;
ashyoning meros bo‘yicha yoki vasiyatnoma bo‘yicha o‘tishi huquqi;
muddatsizlik;
zararli foydalanishni taqiqlash, ya‘ni ashyodan o‘zgalar uchun zararli usul bilan
foydalanishdan o‘zini tiyish;
undirish ko‘rinishidagi javobgarlik, ya‘ni ashyoni qarzni to‘lash uchun olib qo‘yish
imkoniyati;
qoldiq
xususiyat, ya‘ni kimgadir o‘tkazilgan vakolatlarning ularning o‘tkazish muddati
tugagach yoki istalgan boshqa sababga ko‘ra ushbu o‘tkazish o‘z kuchini yo‘qotgan hollarda,
―tabiiy‖ ravishda qaytarilishini kutish.
Ushbu ta‘riflar aniqdek tuyulganiga qaramay, bu 11 ta unsur L.Bekkerning fikriga ko‘ra,
―ko‘p sonli – taxminan 1,5 mingta kombinatsiyani amalga oshiish imkonini beradi, agar ularning
huquq sub‘ektlari va ob‘ektlari bo‘yicha variatsiyalanishini hisobga olsak, u holda mulk
shakllarining xilma-xilligi, haqiqiy vahimali omilga aylanadi‖19.
Mulk huquqlari nazariyachilarining nuqtai nazaridan, mulk huquqi mavjud bo‘lgan va u
mavjud bo‘lmagan vaziyatlar o‘rtasida qat‘iy chegara o‘tkaziladigan yondashuv unchalik ham
to‘g‘ri emas. Mulk huquqi – bu qat‘iy belgilangan nuqta emas, balki uzluksiz qator. A.Alchiyan
va G.Demsetsning ta‘kidlashicha20, ashyoga bo‘lgan u yoki bu vakolat mulkdorga qay darajada
tegishli ekanligi haqida uning qarori ashyodan haqiqiy foydalanishni
qanchalik belgilab
berishiga qarab fikr yuritish mumkin. Mulk huquqlari nazariyasi har qanday almashuv harakati
aslida vakolatlar to‘plami bilan almashish ekanligi to‘g‘risidagi bazaviy tasavvurdan kelib
chiqadi.
19 Becker LS. Property rights: philosophical foundations. — Cambridge, 1977. P. 21.
20 Alchian A., Demsetz H. The property rights paradigm // Journal of Economic Histo 1973. M. 33. № 1.
P. 17.
2
Huquqshunosalar va iqtisodchilarning fikriga ko‘ra, ―Onore ro‘yxati‖dagi unsurlardan eng
zaifi – bu to‘qqizinchi unsur – zararli foydalanishni taqiqlash unsuridir. Zararli foydalanishni
taqiqlash bilan bog‘liq muammo shundan iboratki, boshqa shaxslarga ziyon etkazishning ko‘plab
usullari nafaqat taqaqlanmagan, balki qonun bilan himoyalanadi. Xususiy mulkchilik huquqiy
holati sharoitida, odatda, begona mol-mulkning iste‘mol qiymatiga bevosita ta‘sir etish yo‘li
bilan jismoniy ziyon etkazish mamkin emas, lekin uning almashish qiymatini pasaytirgan holda
bilvosita yo‘l bilan ziyon etkazish mumkin. Tadbirkor raqobatchining firmasiga o‘t qo‘yib, uni
honavayron
qilishga haqli emas, lekin u o‘zining ishlab chiqarish samaradorligini keskin
oshirgan holda, raqibni honavayron qilishga haqli. O‘rta asrlar tsexlarida xatti-harakatning ushbu
usuli ham noqonuniy hisoblanar edi. Zararli foydalanishni taqiqlash bilan bog‘liq huquq hajmini
aniq belgilashning murakkabligi mulk huquqlarini cheklashning yo‘l qo‘yildadigan chegaralari
to‘g‘risidagi asosiy muammoni yuzaga chiqaradi. Ushbu huquqning ma‘nosi shundan iboratki,
hatto to‘plamga ―to‘liq ta‘rif‖dagi barcha unsurlarni kiritish ham mulk huquqini cheksiz
qilmaydi.
Dostları ilə paylaş: