8
rahbariga aylanadi. Menejer daromadining asosini u rahbarlik qiladigan korxona faoliyatining
natijalari uchun mukofot tashkil qiladi.
5. Mulk-biznes. Tadbirkor. Mulk miqdori «qiymat» degan mavhum tushunchaga aylangan
sharoitda sahnaga yangi shaxs – tadbirkor va yangi mulk ob‘ekti – biznes chiqadi. Chunki
nafaqat mehnat, er va kapital, balki faoliyatning alohida turi – tadbirkorlik ham «qiymatni
yaratish» xususiyatiga ega. Shaxsiy boyish masalasini hal etayotib tadbirkor munosib ijtimoiy
missiya iqtisodiy faoliyat samaradorligini oshirishni amalga oshiradi.
U topgan yangi qarorlar
asta-sekin ijtimoiy normaga aylanadi. Lekin yangi qarorlar – bu nafaqat yangi imkoniyatlar,
balki yangi xatarlardir. Bir vaqtning o‘zida mulkdor va tadbirkor sifatida ishtirok etuvchi
mulkdor-sarmoyador qismlarga ajrala boshlaydi. Shu tariqa tadbirkor asta-sekin mulkdordan
ajralib chiqadi. Unda hatto o‘zining, mulkdordan alohida mulk ob‘ekti – biznes paydo bo‘ladi.
Sarmoyador. Tadbirkorning o‘zga mulkka bo‘lgan talabi kapitalni qiymatga ega bo‘lgan
cheklangan resursga aylantiradi. Bir vaqtning o‘zida tadbirkorlik faoliyatidan voz kechgan va
o‘ziga tegishli cheklangan resurs – kapitaldan foydalanish huquqini to‘lov evaziga sotuvchi
sarmoyador-mulkdorning ijtimoiy-iqtisodiy roli paydo bo‘ladi. Sarmoyadorning shaxsiy maqsadi
mulkdan (kapitaldan) olinadigan daromadni ko‘paytirishdan iborat.
6. Mulk-talab. Sarmoyador rolining ichki qarama-qarshiligi shu narsa bilan bog‘liqki,
tadbirkorlik faoliyati yukini ko‘tarishni istamagan holda, u istar-istamas
ushbu faoliyat bian
bog‘liq mulkni yo‘qotish xatarini o‘z zimmasiga oladi. O‘z navbatida, bu mulkdan oladigan
daromadning ikkita tarkibiy qismni o‘z ichiga oladi: cheklangan resurs uchun to‘lov va xatar
uchun to‘lov.
Sarmoyador rolining ushbu ikki taraflamaligi oqibati – yana bir bo‘linish: ishtirokchi roli
va kreditor roli, tadbirkorlik faoliyatida ishtirok etish maqsadini ko‘zlovchi sarmoyador va
mulkni yo‘qotish xatarini kamaytiruvchi sarmoyador rolining paydo bo‘lishi.
Ishtirokchi – bu mol-mulkka nisbatan mulkchilik huquqidan
jamiyatga nisbatan talab
huquqi evaziga voz kechuvchi iqtisodiy agent. O‘z navbatida jamiyatning o‘zi va uning mol-
mulki emas, balki xo‘jalik jamiyatiga nisbatan majburiyat huquqlari ishtirokchining mulki
hisoblanadi.
Ishtirokchining shaxsiy maqsadi – jamiyatning foydasida ishtirok etishdan iborat.
Tegishlicha u bu bilan bog‘liq xatarlarning bir qismini o‘z zimmasiga oladi. Natijada mazkur
loyihalar xatarlarini ko‘plab ishtirokchilar o‘rtasida taqsimlash asosida o‘ta qimmat va uzoq
muddatli loyihalarni amalga oshirish mumkin bo‘ladi. Ishtirokchining ijtimoiy-iqtisodiy
missiyasi, shu tariqa, xatarlar va javobgarlik dispersiyasidan iborat.
Kreditor. Agar sarmoyador – bu tadbirkorlik rolidan voz kechgan kapitalist bo‘lsa, u holda
kreditor – bu tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq xatarlardan voz kechgan sarmoyadordir.
Professional moliyaviy vositachilardan foydalanish esa xatarlarni pasaytirish usuli hisoblanadi.
7. Mulk-aktsiya. Jamiyatning ko‘p sonli ishtirokchilari nafaqat uning xo‘jalik faoliyati
natijalari
uchun javobgarlikning, balki boshqaruvchilar tomonidan ishtirokchilar ishonchining
suiiste‘mol qilinishi imkoniyatining ham taqsimlanishini yuzaga keltiradi. Yangi ijtimoiy-
iqtisodiy rol paydo bo‘ladi: nazoratchi – xo‘jalik jamiyatiga nisbatan alohida funktsiyalarni:
jamiyat mol-mulki va daromadlarining tasarruf etilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi
uning ishtirokchisi.
Nazoratchining shaxsiy maqsadi xo‘jalik jamiyatini kapitallashtirishning o‘sishiga
erishishdan iborat.
Aktsiyador. Jozibadorligini yo‘qotayotgan biznesdan chiqish ham xo‘jalik jamiyatlarining
faoliyati bilan bog‘liq xatarlarni soddalashtirish usuli hisoblanadi. Ushbu imkoniyat jamiyatda
ishtirok etishning alohida vositasi – aktsiyalarning paydo bo‘lishi bilan ta‘minlanadi.
Rasmiy jihatdan aktsiyalar o‘z egalariga jamiyatga nisbatan majburiyat huquqlarini,
xususan: boshqaruv organlarida ishtirok etish huquqi, jamiyat foydasining
bir qismini olish
huquqi va jamiyat tugatilgan taqdirda uning mol-mulkining bir qismiga ega bo‘lish huquqini
beruvchi qimmatli qog‘ozlarni o‘zida namoyon etadi.
9
Biroq ushbu huquqlar ko‘p jihatdan deklorativ hisoblanadi. Boshqarishda ishtirok etish
huquqini faqat aktsiyalarning katta miqdordagi paketlariga egalik qiluvchi aktsiyadorlar –
majoritariylar amalga oshirishlari mumkin. Jamiyat tugatilgan taqdirda uning mol-mulkining bir
qismini olish huquqini esa amalga oshirishning iloji yo‘q: jamiyatga nisbatan aktsiyadorlar
ularning talablari ijro etish uchun qolgan barcha shaxslar qondirilganidan keyin qabul
qilinadigan so‘nggi navbatdagi kreditorlarni o‘zida namoyon etishadi.
Aktsiyadorlarining kompaniyadan chiqishi tufayli yuzaga kelgan uning aktsiyalari
kursining tushib ketishi yangi investitsiyaarni jab etish imkoniyatini keskin pasaytiradi.
Aktsiyadorning shaxsiy maqsadi muayyan kompaniyani kapitallashtirishning o‘sishi emas,
balki o‘ziga tegishli aktsiyalar paketlarining kurs qiymatidan yutishdan iborat. Ushbu maqsadga
aktsiyalar bozor kotirovkalarining o‘zgarishi tendentsiyalarini doimiy ravishda kuzatish orqali
erishiladi. Bu esa, o‘z navbatida, aktsiyador ijtimoiy-iqtisodiy missiyasining amalga oshirilishiga
olib keladi. Uning sa‘y-harakatlar tufayli kapital harakatining tezligi keskin oshadi.
Dostları ilə paylaş: