71
hisobga olish lozim. Uy xo‘jaligi davlatga qaramligining yuqori darajasi buyruqbozlik
iqtisodiyotining
etakratik
tizim sifatida tavsiflash imkonini beradi: ―U
yoki bu ijtimoiy guruh
davlat hokimiyati boshqaruviga va davlat resurslarini taqsimlash tarmoqlariga qanchalik yaqin
bo‘lsa, uning iqtisodiy va ijtimoiy mavqei shunchalik yuqori bo‘ladi‖
41
. Shuning uchun uy
xo‘jaligini birinchi galda davlat siyosatining unga partiya-davlat pag‘onasidagi mavqei asosida
rentani olish imkonini beruvchi yo‘nalishlari qiziqtiradi, bular: pensiya, uy-joy kommunal
siyosati, ijtimoiy ta‘minot siyosati, ta‘lim sohasidagi siyosat.
Bozor iqtisodiyotida uy xo’jaligi.
Bozor instituti uy xo‘jaligini kamyob tovarlar va
xizmatlarni qidirish hamda ular uchun navbatda turish bilan bog‘liq vaqtning yo‘qotilishidan
xalos etadi – xarid qilish jarayoni mutaassiblikka aylanadi. Masalan, shanba kuni kechqurun va
dam olish kuni ertalabdan savdo do‘nonlarida xaridorlar ko‘p bo‘ladi,
shu kunlari odamlar
an‘anaviy tarzda keyingi xaftaga etadigan miqdorda xarid qilishadi. Xaridning mutaassiblikka
aylanishi natijasida bo‘shab qoladigan qisqa vaqtli imkoniyatlar nima uchun sarflanadi?
Birinchidan,
xarid
xatti-harakatining
o‘zini optimallashtirishga. Agar buyruqbozilik
iqtisodiyotida nimani xarid qilish mumkin bo‘lsa, o‘sha narsani sotib olish muhim hisoblansa,
bozor iqtisodiyotida sifat va narxning eng yaxshi o‘zaro nisbati asosida iste‘mol qilishda eng
ko‘p foydani ta‘minlovchi narsani xarid qilish muhim sanaladi. Iste‘molni optimallashtirish
ishlab chiqaruvchilarning reklama yordamida talabni tartibga solishga intilishi bilan
murakkablashadi. Reklama xarid jarayonini mutaassiblikka butunlay aylanishiga to‘sqinlik
qilgan holda, doimiy ravishda yangi talablarni shakllantiradi.
Ikkinchidan, uy xo‘jaligining u uchun asosiy daromad manbai bo‘lgan
mehnat bozorida
ishtirok etishi doimiy nazoratni talab etadi. Uy xo‘jaligi mehnat bozoridagi bandlikning muqobil
varinatlari, uy xo‘jaligini yuritish va bo‘sh vaqt o‘rtasida tanlagan holda, mehnat bozorida o‘z
inson kapitalini eng foydali tarzda sotishga intiladi. Bir tomondan, uy xo‘jaligining a‘zosi egalik
qiladigan inson kapitalining o‘ziga xoslik darajasi qancha yuqori bo‘lsa, uy xo‘jaligini yurtish
bilan emas, balki o‘z mehnat resurlarini bozorda sotish bilan shug‘ullanish, shunchalik foydali.
Ikkinchi tomondan, inson kapitalining o‘ziga xoslik darajasi qanchalik past bo‘lsa, uning egasi
uchun uy xo‘jaligini yuritish bilan chegaralanish shunchalik asoslidir. O‘z navbatida, bandlikni
optimallashtirish ham uy xo‘jaligi doirasida amalga oshadi.
Uy xo‘jaligining asosiy daromad manbalarini bozor
bilan belgilanadigan sohaga
yo‘naltirish uning davlatdan kam qaram bo‘lishini ta‘minlaydi. Davlatning faoliyati uy
xo‘jaligini faqatgina davlat mehnat bozorida bitimlar kafolati sifatida ishtirok etish darajasida va
u (soliq kodeksi orqali) uy xo‘jaligi daromadining bir qismiga da‘vogar bo‘lishi me‘yorida
qiziqtiradi.
O’tish iqtisodiyotida uy xo’jaligi.
Uy xo‘jaligi faoliyat ko‘rsatadigan istitutsional
muhitning noaniqligi va beqarorligi mutaassibliklarning mavjud bo‘lishini shubha ostiga
qo‘yadi. Bunday sharoitda mutaassibliklar doimiy ravishda qayta ko‘rib chiqilishini talab qiladi,
ya‘ni ular inson ongining ongsiz sohasidan ongli va doimiy e‘tiborni talab etuvchi sohasiga
o‘tadi. Islohotlar qanchalik faol amalga oshirilsa, ularning mutaassibliklarga nisbatan emiruvchi
ta‘siri shunchalik kuchli bo‘ladi. Bundan o‘tish iqtisodiyotida uy xo‘jaligining maqsadi kelib
chiqadi: uy xo‘jaligining himoya funktsiyasini saqlab qolishga intilish borgan sayin ortib
boruvchi sa‘y-harakatlarni va imkon qadar ko‘p e‘tiborni talab etadi.
Asosiy faoliyatdan olinadigan daromadlar va renta daromadlari (pensiyalar,
ijtimoiy
to‘lovlar, xodimning obro‘si) bilan yuzaga keladigan noaniqliklar uy xo‘jaligini o‘z faoliyatini
maksimal tarzda diversifikatsiya qilishga majbur etadi, axir har qanday daromad manbai ham
barqaror manba sifatida qaralishi mumkin emas. A‘zolarining inson kapitalini takror ishlab
chiqarishga aniq ixtisoslashuviga tayanadigan bozor xilidagi uy xo‘jaligidan farqli o‘laroq, o‘tish
iqtisodiyotidagi uy xo‘jaligi ishchi kuchini mehnat bozorida sotish bilan ham, ijtimoiy
transfertlarni iste‘mol
qilish bilan ham, shuningdek, tomorqa eri yordamida o‘zini o‘zi
ta‘minlash va ko‘plab boshqa faoliyat turlari bilan ham shug‘ullanadi.
41
Радаев В. Экономическая социология. –М.: Аспект Пресс, 1997. –С. 309.