70
Ikkinchidan, atrofdagi odamlar bilan o‘zaro hamkorlikdagi ko‘plab ―o‘yin qoidalari‖
(kelishuvlar: bozor, industrial, fuqarolik va b.) mavjud sharoitda insonda u o‘zi bilan o‘zi yolg‘iz
qolishi mumkin bo‘lgan sohani shakllantirishga ehtiyoj tug‘iladi. Boshqacha
aytganda, insonda
o‘zi uchun kundalik hayotning uning boshqa kishilar va tabiat bilan muloqot aloqalari uning
shaxsiyatli o‘xshashlikka erishishi va uni saqlashga ko‘maklashuvchi
muhitni yaratish ehtiyoji
mavjud. Ushbu talab ikki sohani – shaxsiy va oshkora hayotni chegaralash orqali amalga
oshiriladi. Shaxsiy hayot sohasi oila va uy xo‘jaligini ham o‘z ichiga olib,
oshkora hayot
sohasidan shaxsiy hayotga aralashmaslikning qonuniy kafolatlari va mutaassibliklar bilan
chegaralangan. Aynan insonning o‘zi tomonidan va uning ehtiyojlari zamirida barpo etilgan
mutaassibliklar u o‘zi bilan o‘zi yolg‘iz qoladigan kenglikni chegaralaydi.
Dostları ilə paylaş: