69
Uy xo‘jaligining asosida yotuvchi hokimlik munosabatlari
haqidagi tezis aniqliklar
kiritilishini talab qiladi. Bir
tomondan, uy xo‘jaligining faoliyat ko‘rsatishi quyidagilarni nazarda
tutadi:
-
bolalar harakatlarini nazorat qilish huquqining ota-onalarga topshirilishi, buning o‘rniga
bola uchun u haqida qayg‘urish va uni manfaatlarining ta‘minlanishi kafolatlanda;
-
oilaviy byudjetning shakllanishi va sarflanishi ustidan nazorat qilish,
huquqining uy
xo‘jaligining odatda ―oila boshlig‘i‖ deb nomlanuvchi bir a‘zosiga topshirilishi,
u barcha oila
a‘zolarining manfaatlarini ko‘zlab harakat qiladi va ularga o‘zlari alohida erisha olishi mumkin
bo‘lgandan ortiq darajadagi farovonlikni ta‘minlaydi.
Umuman uy xo‘jaligining maqsadi – o‘z a‘zolariga kutilmagan holatlar yuzaga
kelishidan qat‘i nazar kafolatlangan farovonlik darajasini ta‘minlashdan iborat. Uy xo‘jaligining
himoya funktsiyasi o‘zaro yordam va oila a‘zolarini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashning
rasmiy va norasmiy me‘yorlariga asoslanadi.
Ikkinchi tomondan, uy xo‘jaligi shunday tarzda tashkil etilishi mumkinki, ya‘ni u o‘z
xususiyatiga ko‘ra a‘zolarining mulkiy va boshqa huquq va majburiyatlari
aniq belgilangan
yollash to‘g‘risidagi shartnomaga yaqin keladi. Bunday holda birgalikda xo‘jalik yuritish
to‘g‘risida qaror qilish farovonlikning ma‘lum darajasiga rozi bo‘lishni emas,
balki uni
ko‘paytirishga intilishni aks ettiradi. Unda umr yo‘ldoshini tanlash va bolalarning tug‘ilishi
to‘g‘risida qaror qabul qilish sotuv haqida shartnoma tuzish yordamida iste‘mol tanlovining
alohida holati bo‘lib qoladi. Lekin, so‘nggi holatda biz uy xo‘jaligidan yiroqlashamiz,
chunki
birgalikda mulkka egalik qilish rejimidan va birgalikdagi byudjetni shakllantirishdan voz kechish
ehtimoli paydo bo‘lishi mumkin. Shuning uchun bundan buyon uy xo‘jaligini hokimlik
munosabatlarining, binobarin, tashkilotning alohida varianti sifatida ko‘rib chiqamiz.
Uy xo‘jaligi – bu inson kapitalini ishlab chiqarishning
umumiy vazifalari, yashash,
byudjet va oila-qarindoshchilik aloqalari bilan birlashgan kishilar guruhidir. Uy xo‘jaligining
asosida hokimlik munosabatlari yotadi – birgalikdagi iqtisodiy faoliyat ustidan nazorat qilish
huquqi uning bir a‘zosiga – ―oila boshlig‘i‖ga o‘tadi.
Dostları ilə paylaş: