31
5-mavzu. Transaktsiya va transformatsiya xarajatlari hamda ularni tahlil qilishga nisbatan
yondashuvlar
Reja
Transaktsiya xarajatlari va ularni tahlil qilishga nisbatan Kouz-Uilyamson yondashuvi
Transformatsiya xarajatlari va ularni tahlil qilishga nisbatan Nort yondashuvi
Transaktsiya xarajatlarini optimallashtirish tajribasi
Tayanch so’z va iboralar:
transaktsiya xarajatlari, Kouz – Uilyamsonning transaktsion
yondashuvi, Nort yondashuvi, Transformatsiya xarajatlari, muloqot tuzish xarajatlari, o‘lchash xarajatlari.
1.
Transaktsiya xarajatlari va ularni tahlil qilishga nisbatan Kouz-Uilyamson
yondashuvi
Tadbirkorlik faoliyatini yurituvchi iqtisodiyot sub‘ektlari (yuridik va jismoniy shaxslar) faoliyati
jarayonida mulkchilik huquqni almashishi (shartnomalar asosida mahsulotni sotish yoki sotib olish va shu
kabi boshqa holatlarda), boshqa shaxslar tomonidan mulkga nisbatan noqonuniy xatti-harakatlar sodir
etilgan sharoitlarda uni himoya qilish yoki iqtisodiy islohotlar jarayonida avval
faoliyat yuritib turgan
institutlarni va normalarni yangilari bilan almashtirish zaruriyati yuzaga keladi. Shunday vaziyatlarda
tadbirkor yoki davlat tomonidan turli xarajatlar qilishiga zarurat paydo bo‘ladi. Bunday xarajatlar xorijiy
manbalarda ―transaktsiya xarajatlari‖ tushunchasi bilan yuritiladi va u institutsional iqtisodiyot
nazariyasining tarkibiy qismlaridan biri sifatida institutlar bilan bir qatorda uning kategoriyasi
hisoblanadi.
Transaktsiya xarajatlari tushunchasi bilan bir qatorda transformatsiya xarajatlari tushunchasi ham
mavjud bo‘lib, ushbu tushunchalarni to‘g‘ri anglab etish ularni tahlil qilish uchun muhim ahamiyatga ega.
Transaktsiya xarajatlari tushunchasini qo‘llagan holda dastlabki tadqiqotlar R.Kouz [42] tomonidan
firmalar faoliyatini tahlil qilish uchun o‘tkazilgan. Bunga 1960-yillarda
sanoati rivojlangan etakchi
mamlakatlarda ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning keskinlashuvi sabab bo‘lgan. Yagona xo‘jalik tizimini
yaratishga bo‘lgan intilish, mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, mulkning yangi turlari, masalan
intellektual mulkning paydo bo‘lishi, mulk huquqlarining alohida vakolatlarga bo‘linib ketishi –
bularning barchasi transaktsiya xarajatlarining sezilarli darajada o‘sishiga olib keldi.
Transaktsiya xarajatlari nazariyasi doirasida o‘tkaziladigan
tadqiqotlarni mikro va
makrodarajalarga bo‘lish mumkin. Mikrodarajada gap jarayonlarni korxona (firma), alohida iqtisodiy
sub‘ektlar darajasida tahlil qilish haqida, makrodarajada esa umuman iqtisodiy tizimni tahlil qilish haqida
boradi. Ushbu tahlil qilish belgisiga muvofiq transaktsiya xarajatlari nazariyasida ikkita yondashuv
mavjudligini izohlash mumkin: birinchisi, Kouz – Uilyamsonning transaktsion yondashuvi (barqaror
faoliyat ko‘rsatuvchi institutlarni tahlil qilish uchun) va ikkinchisi Nortning transformatsion yondashuvi
(institutsional o‘zgarishlarni tahlil qilish uchun).
Bunday yondashuvlar o‘tish iqtisodiyotiga ega bo‘lgan mamlakatlarda
transformatsion
jarayonlarning institutsional jihatlarini tadqiq etish imkonini beradi. Xususan birinchi yondashuvni davlat
va xususiy mulkchilik tuzilmalarining samaradorligini qiyosiy tahlil qilish, norasmiy institutlarning
shakllanish jarayonlarini, jamiyat va iqtisodiyotning kriminallashuvini izohlash uchun,
ikkinchi
yondashuvni esa buyruqbozlik tizimidan bozor iqtisodiyoti tizimiga o‘tishning institutsional sabablarini,
o‘tish iqtisodiyotiga ega bo‘lgan mamlakatlarda islohotlar jarayonlarining borishi va natijalarini tahlil
qilish uchun qo‘llash mumkin.
Transaktsiya xarajatlarini iqtisodiy tahlilga kiritish, R.Kouzning fikriga ko‘ra, bozorga qarama-
qarshi bo‘lgan firma kabi o‘zini-o‘zi ongli ravishda nazorat qilish imkoniga ega bo‘lgan ―orolchalari‖ning
mavjud ekanligini tushuntirish uchun zarur bo‘lgan.
O‘zining ―Firma tabiati‖, deb nomlangan maqolasida (1937) R.Kouz transaktsiya xarajatlarini
―narxlar mexanizmidan foydalanish xarajatlari‖, ―ochiq bozorda almashuv
transaktsiyalarini amalga
oshirish xarajatlari‖ yoki ―bozor xarajatlari‖ sifatida belgilagan. Keyinchalik ―Ijtimoiy xarajatlar
muammosi‖ maqolasida (1960) R.Kouz ―bozor transaktsiya xarajatlari‖ iborasidan foydalangan. Ularning
mohiyatini u quyidagicha ifodalagan: ―bozor transaktsiyasini amalga oshirish uchun kim bilan bitim
tuzish ma‘qulligini aniqlab olish, kim bilan va qanday shartlarda bitim tuzishni istayotganligi haqida
32
barchaga ma‘lum
qilish zarur, dastlabki muzokaralarni o‘tkazish, shartnomani tayyorlash, shartnoma
shartlarining bajarilishiga ishonch hosil qilish uchun ma‘lumotlarni yig‘ish va hokazolar‖12.
Ammo, iqtisodiyot adabiyotida ―transaktsiya xarajatlari‖ iborasi mustahkam o‘rin egallagan. Bunda
transaktsiya xarajatlariga berilgan quyidagi ta‘rif keng tarqaldi: ―transaktsiya xarajatlari – axborotni
yig‘ish va qayta ishlash xarajatlari, muzokaralar olib borish
va qarorlar qabul qilish, shartnomaning
bajarilishini nazorat qilish va yuridik himoyalash xarajatlari‖.
Ilmiy manbalarda berilgan ta‘riflarga muvofiq transaktsiya xarajatlarini quyidagi tarzda tasniflash
mumkin:
1) axborotni izlash xarajatlari (narxlar, mavjud tovarlar, etkazib beruvchilar va iste‘molchilar
to‘g‘risida axborotni yig‘ish va qayta ishlash uchun sarflangan vaqt);
2) muzokaralar olib borish xarajatlari;
3) almashuvga kirgan tovarlar va xizmatlarning miqdori va sifatini o‘lchash xarajatlari;
4) tafsirlash va mulkiy huquqlarni himoyalash xarajatlari;
5) opportunistik xatti-harakatdan himoyalash xarajatlari, bunda bitim shartlarini buzuvchi yoki bir
tomonlama foyda olishga yo‘naltirilgan noinsoflik xatti-harakat tushuniladi.
Transaktsiya xarajatlarini tasniflashga nisbatan turlicha yondashuvlar mavjud. Tasniflashni bitimni
tuzish bosqichlariga muvofiq amalga oshirgan ma‘qul. O.Uilyamson transaktsiya xarajatlarini bitim
tuzilguncha va bitim tuzilganidan so‘ng
yuzaga keladigan xarajatlar, deya ta‘riflaydi. Agar sherikni
qidirib topish, manfaatlarni muvofiqlashtirish, bitimning bajarilishini nazorat qilish bitim tuzishning
bosqichlari sifatida ajratilsa, u holda transaktsiya xarajatlarini tasniflash quyidagi 5.1-jadval ko‘rinishga
ega bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: