4.1.-jadval
Iqtisodiyot konstitutsiyalari normalarining guruhlanishi
Bozor konstitutsiyasi
Buyruqbozlik iqtisodiyoti konstitutsiyasi
Murakkab utilitarizm
Oddiy utilitarizm
Ratsional maqsadli fe‘l-atvor
Mafkuraviy qadriyat ratsionalligi
Depersonifikatsiyalangan ishonch
Personifikatsiyalangan ishonch
Empatiya
«Sen – menga, men - senga»,
Ijobiy ma‘noda erkinlik
Qonunga ixtiyoriy bo‘ysunish
Qonunga tilda buysunish
2. Buyruqbozlik iqtisodiyoti normalari
Buyruqbozlik iqtisodiyotining normal holatlari uchun zarur bo‘lgan normalardan biri
oddiy utilitarizm hisoblanadi. Bunda individ tomonidan o‘z foydaliligini oshirilishi o‘ziga xos
ravishda namoyon bo‘ladi. Ya‘ni,
oddiy utilitarizm
- individning samarali faoliyati bilan bog‘liq
bo‘lmagan holda o‘z foydaliligini oshirishga intilishidir.
Individ iste‘mol madaniyatidagi oddiy utilitarizm ―kvartira – mashina – dala hovli‖
uchligida aks etadi. Individda bunday idealning tarqalishi va qulay hayot sharoitlarini
ta‘minlashga intilish sho‘rolar (sovetlar) jamiyati namunasida XX asrning 70-80-yillardagi
o‘ziga xos shaklga ega tendentsiyalar bilan tavsiflanadi. Bunda iste‘molning ma‘lum darajasiga
erishish uchun noyob (taqchil) resurslardan foydalanish imkoniyati samarali mehnat bo‘yicha
emas, balki ma‘lum kasb toifasidagi xodimlar (savdo sohasi, byurokratik apparat, temir yo‘l va
havo yo‘li transporti xodimlari, chet elga chiqish imkoniyatidagilar) o‘rtasida bo‘lingan edi.
Ya‘ni, utilitarizm normasi buyruqbozlik iqtisodiyotida faqat oddiy shaklda – individning
samarali faoliyat bilan bog‘liq bo‘lmagan holda foydalilikni oshirishga intilishi sifatida mavjud
bo‘lgan. Ikkinchidan, taqchillik sharoitidagi iste‘molda foydalilikni oshirishga intilish navbatda
27
turish zarurligi, asabbuzarliklar, ovoragarchiliklar, janjallar (nizolar) tufayli kelib chiqqan yuqori
ruhiy kechinmalar bilan cheklandi. Buyruqbozlik tizimining bu tavsifi «sabr chegarasi»
tushunchasi bilan ham izohlanadi. Sabr chegarasi deganda nizolar va keskinliklar jamlanishining
undan keyin iqtisodiy agentlar shikoyat qila boshlaydigan va norozilik namoyish etadigan
darajasi tushuniladi. Shunday qilib, buyruqbozlik iqtisodiyotining birinchi normasi
oddiy
va
cheklangan utilitarizmdan
iborat.
Buyruqbozlik iqtisodiyoti normalari tizimining ikkinchi unsuri to‘liqsiz ratsional faoliyat
bilan izohlanadi. Bunda, birinchi navbatda axborotning cheklanganligi va to‘liqsizligi bilan
shartlangan to‘liqsiz ratsionallik tushuniladi. Iqtisodiy agentlar erkin shakllanmagan narx va
taqchil resurslar sharoitida narxlardagi mavjud axborotni narxga taalluqli bo‘lmagan – zahiralar
hajmi, navbatlarning uzunligi va hokazolar haqidagi ma‘lumotlar bilan to‘ldiradilar. Sof
ko‘rsatkichlarda axborot olish esa, hamma vaqt uni yig‘ish bilan bog‘liq yuqori darajadagi
xarajatlarni keltirib chiqaradi. Natijada tizimda «nizo», ya‘ni sotuvchilar va xaridorlar
pozitsiyalarini muvofiqlashtirishda kechikishlar paydo bo‘ladi. Nizo prognozlardagi xatolar,
manfaatdor shaxsda boshqa sub‘ektlarning holati va maqsadlari to‘g‘risida axborotning mavjud
emasligi, manfaatdor shaxsning qaror qabul qilishdagi beqarorligi, o‘zgaruvchan sharoitga
moslashishdagi o‘ng‘aysizligi shakliga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, to‘liqsiz ratsional faoliyat,
iqtisodiy agent uchun faqat tashqaridan belgilangan maqsadlarga erishish vositalarini tanlash
erkinligi bilan shartlangan. Mafkura bilan belgilangan partiya-xo‘jalik apparatining mafkuraviy
maqsadlari reja topshiriqlari shaklini qabul qiluvchi muayyan ma‘muriy va xo‘jalik vazifalariga
aylanadi. Boshqacha aytganda, buyruqbozlik iqtisodiyotida iqtisodiy sub‘ektlarning faoliyati –
mafkuraviy qadriyat ratsionalligi normasiga asoslanadi.
Ishonch normasi ikkita shaklda davlatga ishonch sifatida va bir birini yaxshi bilgan
shaxslar doirasi bilan cheklangan mikrodarajadagi ishonch sifatida mavjud bo‘ladi. Har qanday
ahamiyatli bitimning davlat organiga: partiya, reja, ta‘minot organiga murojaat etish bilan
bog‘liqligi sababli davlatga ishonmasdan turib, yo‘l tutishning iloji yo‘q. Bunday vaziyatda
bevosita kontragentga ishonish mutaqo ortiqcha – davlat uchinchi tomon sifatida bitim
shartlarining bajarilishini kafolatlaydi. Biroq mikrodarajadagi
ishonch
baribir
maksimal
individuallashgan
shaklda mavjud bo‘ladi.
Bu norma ham uy xo‘jaligida, ham korxonada amal qiladi. Uy xo‘jaligining ijtimoiy va
iqtisodiy hayotida og‘irlik markazining oila-qarindoshchilik tarkibiga, do‘stlar va tanish-
bilishlarga ko‘chiriladi. Masalan, o‘zaro hamkorlik umuman vrach, sartarosh bilan emas, balki
tanish
vrach yoki sartarosh bilan amalga oshiriladi. Korxonalar xatti-harakatini ham huddi
shunday ta‘riflash mumkin. Ulardan har biri barqaror sherikchilik doirasiga ega bo‘lib, bunda
ushbu korxonalar rahbarlari o‘rtasida shaxsiy darajada ishonchli munosabatlar yo‘lga qo‘yiladi.
Ya‘ni, direktorlar o‘rtasida o‘zaro yordam va o‘zaro ishonch tamoyillari asosiga qurilgan
korporativ munosabatlar shakllanadi.
Buyruqbozlik iqtisodiyotining navbatdagi bazaviy normasi
«sen – menga, men - senga»
,
yoki o‘zaro xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi kelishuvdir. Taqchil resursni olishning keng
tarqalgan variantlaridan biriga ko‘ra, iste‘molchi va etkazib beruvchi vaqti vaqti bilan
vazifalarini almashtirib turadi, ya‘ni ―bugun men po‘lat berib turaman, sen esa ertaga boltdan
yordam qilib turasan‖. Aynan har qanday barter bitimining asosida «Sen – menga, men - senga»
normasidan foydalanish yotishiga ishonch hosil qilish mumkin. Hatto, barter almashuvi zanjir
bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin bo‘lsa-da, ushbu normaga lokal va tanish-bilishlar doirasi
bilan cheklangan xususiyatni yo‘qotish imkonini bermaydi.
Va nihoyat,
qonunga bo’ysunish
normasi. Har qanday o‘zaro munosabatning davlat
nazorati ostida bo‘lishiga qaramay buyruqbozlik iqtisodiyoti doirasida qonunlar partiya
manfaatlariga bo‘ysungan. Buning uchun rasmiy asos bo‘lmasa-da, partiya qarorlari
de fakto
qonun kuchiga ega bo‘lgan. Hatto e‘lon qilingan
de yure
umumxalq mulkchilik shakli ham
de
fakto
mulkchilik shakli bilan, xususan, byurokratik organlar – «idoralar» (vazirliklar va idoralar)
mulki bo‘lgan. Byurokratiyaning bunday o‘zboshimchaligi oddiy fuqarolarning qonunga
nisbatan munosabatiga aks ta‘sir o‘tkazgan. Boshqacha aytganda, buyruqbozlik iqtisodiyotida
28
iqtisodiy sub‘ektlarning xatti-harakati
qonunga tilda buysunish
normasi sifatida tavsiflanadi.
Demak, buyruqbozlik iqtisodiyoti konstitutsiyasining asosiy normalari tizimning muvozanatsiz
holatini barqarorlashtirga xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: |