47
tadbirkornikiga qaraganda kam. Xufyona tadbirkor zarur hollarda zulm qo‘llanilishi bilan to‘xtab
qolmaydi, oshkora tadbirkor esa zulm o‘tkazish uchun davlat monopoliyasi oqibatida
erkinlikning ushbu darajasidan mahrum etilgan. Shuning uchun mafiya bilan bog‘liq
korxonalarning raqobat jihatdan ustunliklari raqobat natijasida emas, balki yakka (alohida)
monopoliyani hosil qilish va raqobatni cheklash natijasida yuzaga keladi.
Mafiya qoidalari
bo‘yicha faoliyat ko‘rsatuvchi bozor mukammal raqobat shartlaridan yiroqlashadi, bunday
qoidalarning mavjud bo‘lishi iqtisodiy mexanizmlarning amal qilishi tartibini o‘zgartiradi.
Navbatdagi me‘yor – ishonch – an‘anaviy xususiyatga ega, chunki u oila doirasida
lokalizatsiyalashgan. Oila ichida ishonch bo‘lmasa, uning boshlig‘ining sha‘ni tushunchasi o‘z
kuchini yo‘qotadi. Shu nuqtai nazardan ishonch an‘anaviy tarzda oila turmushining bazaviy
tamoyillaridan birini aks ettiradi va uning
tashqarisiga amal qilmaydi, demak, u bozor
konstitutsiyasida ko‘zda tutilganidek, oqilona harakatning sharti bo‘lishi mumkin emas.
Mafiyaning bazaviy tashkiliy birligi – sossa – 15-20 (ko‘pi bilan 70-80, kamida 7) kishidan
iborat va oila-qarindoshchilik aloqalari asosida shakllanadigan guruhni o‘zida namoyon etadi.
Sossa faoliyati doirasiga tushgan barcha shaxslar uning a‘zolari bilan do‘stona munosabatlar
orqali bir-biriga bog‘liq.
Oila ichidagi munosabatlarni qurish uchun foydalaniladigan ishonch mafiyaning iqtisodiy
faoliyatini ham belgilab beradi. Mafiya bilan bog‘liq tadbirkorlarning raqobat jihatdan yana bir
ustunligi bo‘lib ishonch asosida shartnoma munosabatlarini qurish hisoblanadi –
mafiya
shartnoma majburiyatlari bajarilishining eng yaxshi kafolati hisoblanadi. D.Gambetta
yozganidek, mafiyani bozorning ishonchning «tabiiy» darajasi haddan ziyod past bo‘lgan va
bitim tuzish imkonini bermaydigan sektorlarida va ana shunday mintaqalarda (Italiya Janubida
bunday holat o‘rin tutadi) ishonchni tug‘dirish, reklama qilish va sotish bilan shug‘ullanuvchi
alohida korxona sifatida namoyon etish mumkin. Shuningdek, ishonch yuqori bo‘lmagan
sharoitda amalga oshiriladigan oshkora tovarlar bilan istalgan xufyona bitimlarga va taqiqlangan
tovarlar (qurol, giyohvandlik moddalari) bilan istalgan bitimlarga ham e‘tibor qaratiladi. Tovar
sifatida ishonchning o‘ziga xos jihatini hisobga olgan holda, mafiya uni sotishni g‘ayrioddiy usul
bilan – oila-qarindoshchilik, do‘stona yoki mijozlik aloqalari sohasiga manfaatdor tadbirkorni
aralashtirish orqali amalga oshiradi. Xususan, mafiyaning iqtisodiy faoliyatini yoritish uchun
ko‘pincha mafiyaning oilaviy aloqalari asosida tashkil etiladigan «tarmoq»
tushunchasidan
foydalaniladi. Aynan o‘zgaruvchan sharoitlarga tez moslashuvchi tarmoqlar doirasida
«o‘zlariniki» o‘rtasida yuqori ishonch salohiyatidan foydalanuvchi mafiyaning asosiy iqtisodiy
faoliyati amalga oshiriladi.
Bitimlar bo‘yicha hamkorlarni «o‘ziniki» va «begona» toifasiga bo‘lish printsipial jihatdan
muhim, bu erda gap ikkita standart, ikki xil xatti-harakat haqida boradi. «O‘ziniki» doirasida
sha‘n va obro‘ga birgalikdagi sa‘y-harakatlar orqali erishiladi va himoya qilinadi, munosabatlar
ishonch asosida quriladi. «O‘ziniki» va «begona» o‘rtasida «hasadguylik raqobatchiligi» bo‘lishi
muqarrar, ishonch esa dushmanlik va zulmga o‘z o‘rnini bo‘shatib beradi. Xatti-harakatning ikki
yoqlama standarti mantig‘iga yana bir muhim me‘yor – mahfiylik kiritiladi. Ushbu me‘yor tashqi
olam bilan, ayniqsa, davlat vakillari bilan munosabatlarda to‘liq yopiqlikni belgilab beradi, uning
teskari tomoni sifatida to‘liq ochiqlik va oila a‘zolaridan faqat haqiqatni gapirishni talab qilish
ishtirok etadi. Haqiqiy mafiozlar hamma vaqt jim turishadi.
Dostları ilə paylaş: