Glossariy akademiya


Mashq va o’rgatish (faoliyatda mashqlantirish) metodlari



Yüklə 37,49 Kb.
səhifə7/12
tarix14.12.2023
ölçüsü37,49 Kb.
#176770
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
portal.guldu.uz-GLOSSARIY

Mashq va o’rgatish (faoliyatda mashqlantirish) metodlari- muayyan mashqyordamida bolalar faoliyatini oqilona, maqsadga muvofiq va har tomonlama puxta tashkil qilish, ularni axloq me’yorlari va xulq-atvor qoidalarini bajarishga odatlantirish usullari.
Ma’ruza – yirik hajmdagi o’quv materialini og’zaki bayon qilish shakli.
Menejment – mavjud minimal imkoniyatlardan maksimal natijalarga erishish uchun shaxs (xodim) yoki guruhga ta’sir o’tkazish asosida ularning faoliyatini tashkil etish tamoyillari, shakllari, metodlari va usullari.
Metod - yunoncha tarjimasi «tadqiqot, usul, maqsadga erishish yo’li» kabi ma’nolarni anglatadi.
Metodika (fan sifatida)– xususiy fanlarni o’qitishning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganadi.
Mehnat tarbiyasi - shaxsga mehnatning mohiyatini chuqur anglatish, ularda mehnatga ongli munosabat, shuningdek, muayyan ijtimoiy-foydali harakat yoki kasbiy ko’nikma va malakalarini shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik faoliyat jarayoni; ijtimoiy tarbiyaning tarkibiy qismi.
Munozara (tarbiya metodi sifatida) - tarbiyalanuvchilarga hissiy-og’zaki ta’sir ko’rsatish asosida ularda ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirishga yo’naltirilgan bahs-munozara usuli.
Mehnat xarakati – ishchining biron texnologik o’tish elementini bajarish.
Marker - Rangli qalin flamaster
Nazorat (ta’lim jarayonida) – ta’lim oluvchining bilim, ko’nikma va malakalari darajasini aniqlash, o’lchash va baholash jarayoni.
Oila – kishilarning nikoh yoki qon-qarindoshlik rishtalari, umumiy turmush tarzi, axloqiy mas’uliyat hamda o’zaro yordamga asoslanuvchi kichik guruhi.
Oilaviy munosabatlar – ota-onalar (yoki bolaning kamoloti uchun mas’ul bo’lgan shaxslar) hamda farzandlar o’rtasida turli yo’nalishlarda tashkil etiluvchi munosabatlar.
Oila tarbiyasi – ota-onalar (yoki bola kamoloti uchun mas’ul shaxslar) tomonidan tashkil etiluvchi hamda farzandlarni har tomonlama yetuk, sog’lom etib tarbiyalashga yo’naltirilgan pedagogik jarayon.
Oliy ta’lim - o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi negiziga asoslanib, ikki bosqich (bakalavriyat hamda magistratura)da tashkil etiladigan hamda mutaxassisliklar yo’nalishlari bo’yicha xalq xo’jaligining turli sohalariga oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlab beruvchi ta’lim bosqichi.

Yüklə 37,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin