Glossariy akademiya



Yüklə 37,49 Kb.
səhifə2/12
tarix14.12.2023
ölçüsü37,49 Kb.
#176770
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
portal.guldu.uz-GLOSSARIY

Bilimshaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma’lum obrazlar ko’rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui.
Bilim olish – borliqni idrok etish, o’rganish, mashq qilish va muayyan tajriba asosida xulq-atvor hamda faoliyat ko’nikma, malakalarining mustahkamlanib, mavjud bilimlarning takomillashib, boyib borish jarayoni.
Bilish - ob’yektiv borliqning inson ongida aks etish shakli; ilmiy bilimlarni o’zlashtirish jarayoni.
Vatanparvarlik (lotincha «patriotes» – vatandosh, «patris» – vatan, yurt) - shaxsning o’zi mansub bo’lgan millat, tug’ilib o’sgan vatani tarixidan g’ururlanishi, buguni to’g’risida qayg’urishi hamda uning porloq istiqboliga bo’lgan ishonchini ifoda etuvchi yuksak insoniy fazilat.
Gnoseologiya (yunon tilidan gnosis – bilim, ong, o’rganish) – bilish, ilmiy bilimlarning shakllanishi, xususiyatlari, qonuniyatlari, uslublari, ilmiy tafakkur shakllari, shuningdek, insonga xos bo’lgan borliqni anglash qobiliyati haqidagi nazariya, ta’limot.
Guldo’zi - gullarni tikmoq
Davlat ta’lim standarti – 1) ta’lim olish shaklidan qat’iy nazar bitiruvchilar erishishlari zarur bo’lgan ta’lim darajasini belgilovchi asosiy hujjat; 2) o’quv fani bo’yicha ta’limning yakuniy natijalarini belgilovchi asosiy hujjat; 3) ta’lim dasturlari mazmunining minimumi, o’quvchilar tomonidan bajariladigan o’quv ishlarining maksimal hajmi, shuningdek, bitiruvchilarning tayyorgarlik darajalariga qo’yiluvchi talablar.
Dars - bevosita o’qituvchi rahbarligida muayyan o’quvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta’lim jarayonining asosiy shakli.
Darslik – muayyan fan bo’yicha ta’lim maqsadi, o’quv dasturi va didaktik talablarga muvofiq belgilangan ilmiy bilimlar to’g’risidagi ma’lumotlarni beruvchi manba.
Didaktika (ta’lim nazariyasi) – (yunoncha «didaktikos» “o’rgatuvchi”, «didasko» – “o’rganuvchi”) - ta’limning nazariy jihatlari (ta’lim jarayonining mohiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, o’qituvchi va o’quvchi faoliyati mazmuni, ta’lim maqsadi, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish yo’llari va hokazo muammolari)ni o’rganuvchi fan.

Yüklə 37,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin