Glossariy akademiya


Kasb - insonning doimiy takrorlanib ishlab chiqarish faoliyati Ko’nikma



Yüklə 37,49 Kb.
səhifə6/12
tarix14.12.2023
ölçüsü37,49 Kb.
#176770
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
portal.guldu.uz-GLOSSARIY

Kasb - insonning doimiy takrorlanib ishlab chiqarish faoliyati
Ko’nikma – insonni o’zidagi bilimlariga tayanib va ma’lum talablarga rioya qilib mehnat jarayonlarini bajara olishi
Ko’rgazmali metodlar - predmet, hodisa yoki jarayonlar mohiyatini tabiiy holatda namoyish qilish, ularning maketlarini ko’rsatishda qo’llaniluvchi usullar.
Litsey (kollejda) ma’ruza – o’quv materialini o’quvchilarning idrok etish faoliyatlarini faollashtirish uslublari bilan birgalikda davomli og’zaki bayon etish (80-90 minut), berilayotgan materialning sxematik modelini tuzish (asosiy fikrni tezis yoki loyiha ko’rinishida yozib olish) va boshqalar.
Magistratura - aniq mutaxassislik bo’yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, bakalavriyat negizida ta’lim muaddati kamida ikki yil davom etadigan oliy ta’lim.
Madaniyat («cultura» so’zidan olingan bo’lib, parvarish qilish, ishlov berish ma’nosini bildiradi) – ijtimoiy taraqqiyot davomida insonlarning faoliyati tufayli qo’lga kiritilib, ularning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiluvchi moddiy va ma’naviy boyliklar tizimi.
Mazmun (ta’lim (bilim olish) mazmuni) – ta’lim jarayonida shaxs tomonidan o’zlashtirilishi zarur bo’lgan ilmiy bilim, amaliy ko’nikma, malaka, fikrlash hamda faoliyat usullari tizimi.
Maktabdan tashqari ta’lim - madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yo’nalishlarda yo’lga qo’yiluvchi, bolalar hamda o’smirlarning ta’limga bo’lgan, yakka tartibdagi, ortib boruvchi talab-ehtiyojlarini qondirish, ularning bo’sh vaqti va dam olishini tashkil etish maqsadida tashkil etiladigan ta’lim bosqichi.
Malaka muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli. Ongli ravishda bajariladigan ishning ko’p marta takrorlanishi, kishining kasb mahoratini va hunarni egallash darajasi
Materialni og’zaki bayon qilish metodlari – o’quv materiali mohiyatini ozg’aki (hikoya, tushuntirish, maktab ma’ruzasi kabi shakllarda) yoritishda qo’llaniluvchi usullar.

Yüklə 37,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin